Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

BIOLOGIK TAHLIL
Dorivor mahsulotlarning qimmatini — yuqori sifatliligini
aniqlashda kimyoviy tahlil bilan bir qatorda, biologik tahlil
ham keng qo‘llaniladi. Biologik tahlil natijasida dorivor mahsulot
yoki undan ajratib olingan biologik faol moddalarning ta’sir
etish kuchi aniqlanadi. Bu usul kimyoviy tahlil yordamida
dorivor mahsulot va ulardan ajratib olingan birikmalarning
yuqori sifatliligini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘l-
laniladi. Masalan, yurak glikozidlari yoki surgi dorilari va
boshqalarning ta’sir kuchini aniqlashda biologik usuldan
foydalaniladi. Dorivor mahsulotlarni tahlil qilishda ishlatila-
digan biologik usullar hayvonlarda (baqa, sichqon, kalamush,
mushuk, it, kaptar va boshqa hayvonlarda) o‘tkaziladi.
DORIVOR O‘SIMLIK MAHSULOTLARINING
TOVARSHUNOS TAHLILI
Tovarshunos tahlili farmakognoziya fani uchun o‘ziga
xos bo‘lib, uning yordamida dorivor mahsulotlarning sifati
hamda tozaligi aniqlanadi.


45
Har bir dorivor mahsulotda ruxsat etilmaydigan aralash-
malar va mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlardan tash-
qari, Davlat standarti (DAST), ayrim sohaga tegishli standart
(SST), vaqtincha texnik shartlar (VTST) va Davlat farmako-
peyasi (DF) tomonidan ruxsat etiladigan ma’lum miqdordagi
aralashmalar bo‘ladi. Bunday aralashmalar miqdori ruxsat
etilgan miqdorga nisbatan ortiq bo‘lganida dorivor mahsulot
sifati pasayib ketadi.
Ruxsat etilgan aralashma va nuqsonlar miqdori tovarshu-
nos tahlili yordamida aniqlanadi. Bu tahlil uchun DAST
(GOST), SST, VTST va Davlat farmakopeyasi qo‘llanma
hisoblanadi.
Dorivor mahsulot chinligi aniqlangandan keyin, uning
mahsulotga kirmaydigan organlari, mahsulotning qoraygan,
sarg‘aygan qismlari, hasharotlar bilan zararlanganlik darajasi
hamda boshqa organik, mineral aralashmalar va boshqalar
borligi miqdoriy jihatdan aniqlanadi. O‘simliklarning hamma
organlari ham farmatsiyada dorivor mahsulot sifatida ishla-
tilmaydi. Tarkibida ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar ko‘p
bo‘lgan organlargina dorivor mahsulot bo‘la oladi. Shuning
uchun mahsulot bo‘lmagan o‘simlik qismlari aralashmasining
yo‘l qo‘yiladigan miqdori DAST da ko‘rsatilgan.
Dorivor mahsulot, ayniqsa, barg, gul va o‘tlarni tayyor-
lash, quritish va saqlash jarayonlari noto‘g‘ri olib borilsa, ular
qorayib yoki sarg‘ayib qoladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi-
dagi o‘zgarishlar (qorayishi va sarg‘ayishi) uning tarkibidagi
kimyoviy birikmalarning parchalanganligidan dalolat beradi.
Agar qoraygan va sarg‘aygan bo‘lakchalar DAST da ko‘rsa-
tilgan miqdordan ko‘p bo‘lsa, dorivor mahsulot qaytadan nav-
larga ajratiladi yoki tashlab yuboriladi.
Dorivor mahsulot idishlarga joylashtirish va tashish vaqtida
sinishi, maydalanishi hamda kukunga aylanib ketishi mumkin.
Mo‘rt organlar ko‘proq maydalanadi. Maydalanib ketgan do-
rivor mahsulot sifatsiz hisoblanadi. Chunki kukun bo‘lib ketgan
qismni chang va tuproqdan ajratib bo‘lmaydi, ayni vaqtda do-
rivor mahsulotning havo kislorodi va namlikka duch keladigan
sathi ham ko‘payadi. Natijada dorivor mahsulot namligi oshadi.
Shu sababli maydalangan qismlar dorivor mahsulotda imkoni
boricha kam bo‘lishi kerak. Oson maydalanib ketadigan mo‘rt
mahsulotlar maydalangan qismining ruxsat etiladigan miqdori
DAST, SST, VTST va Davlat farmakopeyasida belgilangan.


46
Organik aralashmalar deganda boshqa o‘simliklarning qism-
lari: xashak, ko‘mir, qiðiq va boshqalar tushuniladi. Mineral
aralashmalar esa qum, kesak, temir, shisha, oyna parchalaridir.
Yuqorida ko‘rsatilgan nuqsonlar va aralashmalar bor-yo‘q-
ligi hamda ularning miqdori, ya’ni dorivor o‘simlik mahsuloti-
ning yuqori sifatli ekanligi tovarshunos tahlili bilan aniqlanadi.
Tovarshunos tahlili uchun yuborilgan o‘rtacha namuna
DAST da ko‘rsatilgan maxsus elaklarda elanadi. Elangan may-
da qismlar yana bir marta iðak elakdan o‘tkaziladi. Shunday
qilib, mahsulotning mineral aralashma hisoblanadigan kukun
qismi ajratib olinadi. Elangan qismlar tarozida tortiladi.
Mahsulotning elakdan o‘tmay qolgan qismini birorta sathi
tekis buyum, masalan, kleyonka, karton, faner ustiga to‘kiladi
va kichik karton kurakcha yoki cho‘tkacha bilan qoraygan,
sarg‘aygan bo‘lakchalar, organik va mineral aralashmalar,
dorivor o‘simlikning mahsuloti hisoblanmaydigan organlari
hamda DAST da ko‘rsatilgan boshqa aralashmalar ajratiladi,
so‘ngra alohida qilib tarozida tortiladi. Og‘irligi bo‘yicha foiz
chiqarib, DAST yoki SST, VTST shartlariga solishtiriladi.
Shundan so‘ng mahsulotni qabul qilib olish yoki olmaslik
to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Dorivor o‘simlik mahsulotini qabul qilish va tovarshunos
tahlili natijalari bo‘yicha quyidagi rasmiy hujjat (akt) tuziladi:

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish