SAPONINLARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI
Saponinlar organizm bezlarining suyuqlik ajratish xususi-
yatini kuchaytiradi, so‘lak va ter ajralishini oshiradi. Shuning
uchun saponinlar va saponinlar saqlovchi mahsulotlar tibbiyot-
228
da balg‘am ko‘chiruvchi va siydik haydovchi hamda tinchlan-
tiruvchi, organizm tonusini qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida ishlati-
ladi. Steroid saponinlardan steroid gormonlar sintez qilishda
arzon mahsulot sifatida foydalaniladi. Saponinlar yana turli
xildagi boshqa dori moddalari va zaharlarning hayvonlar ichagida
so‘rilish jarayonini kuchaytiradi. Saponinlarning bu xossalari
dori turlari tayyorlashda hisobga olinishi kerak.
Toza saponin ba’zi (brutsellyoz va kuydirgiga qarshi ishlatila-
digan) vaksinalarni tayyorlashda va xalq xo‘jaligida ko‘p ishla-
tiladi. Oziq-ovqat sanoatida (holva, pivo, limonad tayyorlashda),
o‘t o‘chiradigan asboblarda, yengil sanoatda (nafis gazlamalarni
yuvishda) va boshqa sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladi.
TARKIBIDA TRITERPEN SAPONINLAR BO‘LGAN DORIVOR
O‘SIMLIKLAR
QIZILMIYA ILDIZI – RADICES GLYCYRRHIZAE
(RADICES
LIQUIRITIAE)
O‘simlikning nomi.
Tuksiz (oddiy) qizilmiya (chuchukmiya,
shirinmiya) — Glycyrrhiza glabra L., dukkakdoshlar — Fabaceae
oilasiga kiradi (52-rangli rasm).
Qizilmiya ko‘p yillik, bo‘yi 50—100 sm ga yetadigan,
yerostki qismi kuchli taraqqiy etgan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi
ko‘p boshli, kalta, yo‘g‘on bo‘lib, hamma tomonidan yer
ostida gorizontal joylashgan, uchi kurtak bilan tamomlanuvchi
novdalar va pastga qarab bitta asosiy vertikal o‘qildiz o‘sib
chiqqan. Asosiy o‘qildizning uzunligi 4—5 m bo‘ladi. Poyasi bir
nechta, tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan,
tukli bo‘lib, mayda nuqtasimon bezlar yoki mayda tikanlar
bilan qoplangan. Bargi toq patli, murakkab, 3—7 juft barg-
chalardan tashkil topgan. Bargcha elliðssimon, cho‘ziq-tu-
xumsimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, yopishqoq bezlar
bilan qoplangan. Qo‘shimcha barglari mayda, lansetsimon
bo‘lib, to‘kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo‘ltig‘idan chiq-
qan shingilga to‘plangan. Gulkosachasi naychasimon, 5 ta
lansetsimon, o‘tkir tishli, gultojisi oqish-binafsharangli, ka-
palakguldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-biri
bilan birlashgan, o‘ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni yu-
qoriga joylashgan. Mevasi — pishganda ochilmaydigan yoki
poyasi qurigandan so‘ng ochiladigan dukkak.
lyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda
yetiladi.
229
Do'stlaringiz bilan baham: |