Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Dorivor preparatlari 
— qaynatma. Ildizpoya achchiq nas-
toyka, achchiq rovoch nastoykasi va me’da kasalliklarida ham-
da ishtaha ochish uchun ishlatiladigan yig‘ma-choylar tar-
kibiga kiradi.
Igir ildizpoyasining efir moyi buyrak va o‘t yo‘lari tosh
kasalligini davolashda hamda uning oldini olishda ishlatiladigan
„Olimetin“ preparati, ildizpoya kukuni — me’da va o‘n ikki
barmoq ichak yara kasalligida ishlatiladigan „Vikalin“ va „Vikair“
preparatlari tarkibiga kiradi.
KIYIKO‘TINING O‘TI (YER USTKI QISMI) — HERBA
ZIZIPHORAE PEDICELLATAE
O‘simlikning nomi. 
Gulbandli kiyiko‘t — Zizi phora pedi-
cellata Pazij et Vved., yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labgul-
doshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, asos qismi yog‘ochlangan, to‘rt qirrali, shox-
lanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan, bo‘yi 20—40 sm li
ko‘p sonli poyali o‘t o‘simlik. Barglari lantsetsimon yoki tor
lantsetsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali, qisqa bandli bo‘lib, po-
yada qarama-qarshi joylashgan. Gullari uzun, tukli gul bandida
osilgan holda joylashib, poya va shoxlari uchida ko‘pgulli
boshchasimon gulto‘plamni hosil qiladilar. Gulkosachasi tor
naychasimon, bilinar-bilinmas ikki labli, gul tojisi ikki labli,
och-gunafsha rangli. Mevasi — to‘rtta yong‘oqcha.


155
Iyun-avgustda gullaydi, iyul-sentyabrda mevasi yetiladi.
Geografik tarqalishi.
Bu o‘simlik O‘rta Osiyo (G‘arbiy
Tyan-Shan) ning tog‘li tumanlaridagi tog‘larning quyi va o‘rta
qismlaridagi adirlarda, toshli-shag‘alli tog‘ qiyalarida o‘sadi.
O‘zbekistonning faqat Toshkent viloyatida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash.
O‘simlik qiyg‘os gullagan vaqtida yer
ustki qismi (10—20 sm uzunlikda) o‘rib olinadi va soya yerda
quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Mahsulot butun yoki qis-
man maydalangan barglar va serbargli — gulli, uzunligi 20 sm
gacha bo‘lgan poyalardan tashkil topgan. Poyalar to‘rt qir-
rali, ingichka, asos qismi yog‘ochlangan, shoxlanmagan yoki
yuqori qismi shoxlangan. Barglari lantsetsimon yoki tor lant-
setsimon, o‘tkir uchli, qisqa bandli, tekis qirrali, qarama-
qarshi joylashgan. Gullari ikki labli bo‘lib, poya va shoxlari
uchida ko‘p bosh-chasimon gul to‘plamini tashkil qiladilar.
Barglari yashil-kulrang, gullari — och gunafsha rang, hidi
kuchli — yoqimli hushbo‘y, mazasi — o‘tkir, hushbo‘y.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish