Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Dorivor preparatlari.
Santonin (kukun — poroshok va
tabletka holida chiqariladi), gul g‘unchasi (murabbo, asal,
qand va sharbat bilan birga iste’mol qilinadi), efir moyi —
darminol, gvayazulen.
QAYIN KURTAGI VA BARGI – GEMMAE BETULAE ET
FOLIA BETULAE
O‘simlikning nomi.
Oq qayin — Betula pendula Roth. (Betula
verrucosa Ehrh., Betula alba L.), paxmoq qayin — Betula
pubescens Ehrh., qayindoshlar — Betulaceae oilasiga kiradi.
Oq po‘stloqli, bo‘yi 10—20 m ga yetadigan daraxt. Shoxlari
osilgan, novdalari (bir yoshdagilari) qizil-qo‘ng‘irrangda. Bar-
gi oddiy, uchburchak, romb shaklida yoki yuraksimon, o‘t-
kir uchli, qirrasi qo‘sh tishli, poyada bandi bilan ketma-ket
o‘rnashgan. Shoxchalari va barglari xushbo‘y hidli, smolali


147
bezlar yoki so‘galchalar bilan qoplangan. Gullari bir jinsli,
kuchalaga to‘plangan. Mevasi — yong‘oqcha.
Aprel-may oylarida gullaydi. Mevasi avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi.
Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiya-
ning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon-cho‘l hududlarida,
Shimoliy Qozog‘istonda, Kavkaz, G‘arbiy Tyanshanda va Sibir-
dagi aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Ba’zan bu yerlarda qayin
o‘rmonlar hosil qiladi.
Mahsulot tayyorlash.
Qayin daraxti kurtagi erta bahorda
(bo‘rtganida), o‘simlikda suv yurishgan vaqtda (ba’zan fevral
oyida) yig‘iladi. Supurgi qilinadigan shoxchalar kurtagi bilan
kesib olinadi va sovuqroq yerda quritiladi (issiqda kurtaklar
ochilib ketadi). Kurtaklar qurigandan so‘ng shoxchalardan
qoqib yoki terib olinadi, so‘ngra ochila boshlagan kurtak-
lardan va gullardan (kuchalalardan) tozalanadi.
Bargi hidli va yopishqoq bo‘lgan vaqtda — may oyida (daraxt
gullaganida) yig‘iladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. 
Tayyor mahsulot cho‘ziq,
konus shaklidagi o‘tkir uchli kurtakdan iborat. Kurtak tuksiz,
yopishqoq, uzunligi 3—7 mm, yo‘g‘onligi 1,5—2 mm, cheti
zich va cherepitsasimon o‘rnashgan, qizil-qo‘ng‘ir tangachalar
bilan qoplangan. Kurtaklar xushbo‘y hidga, burishtiruvchi va
smola mazaga ega.
Bargi yashil, xushbo‘y hidli, pastki tomonidan tomirlari
va tishchalari bo‘ylab qo‘ng‘irrangli bezlar o‘rnashgan. Qari
barglarning bezlari qurib qoladi. Mahsulotda sarg‘aygan barg-
lar bo‘lmasligi kerak.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish