Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

2.2. Oddiy qiyom (Sirupus Simplex)
 Oddiy qiyomni tayyorlashda yuqori navli tozalangan (rafi-
nad) qand ishlatiladi. Qiyom ikki qavat devorli va aralashtirgichi
bo‘lgan maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Qozonga 64 qism qand
va 36 qism suv solib, 60—70°C haroratgacha isitiladi. So‘ngra
haroratni qaynaguncha ko‘tarib, 20—25 daqiqa davomida ikki
marta qaynatiladi.
Qaynash vaqtida hosil bo‘layotgan ko‘pik cho‘mich yordamida
olib turiladi. Qaynash muddati va harorat ortiqcha (110°C) bo‘lsa,
qiyom sarg‘ayib ketadi. Bu qandning karamelga aylanganini
(polimerlanganini) ko‘rsatadi. Bu hodisa 180°C dan yuqoriroq
haroratda tezroq, 110–120°C da sekinroq ro‘y beradi.
Tayyor qiyom issiq holda qalin mato orqali suziladi. U rang-
siz, hidsiz quyuq suyuqlik bo‘lib, shirin mazaga va betaraf reak-
siyaga ega. Nur sindirish ko‘rsatkichi 1,451—1,454 bo‘lib, zichligi
1,308—1,315 ga teng. Bu ko‘rsatkichlar qiyomda qandning
64 % iga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Shisha idishlarda chiqariladi.
Ishlatilishi. Suyuq dorilarning ta’mini yaxshilash va boshqa
qiyomlar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Olcha qiyomi (Sirupus Cerasi).
Maymunjon qiyomi (Sirupus Rubi idaei). Bu qiyomlar 62 qism
qand va 38 qism achitib tindirilgan meva sharbatlaridan tay-
yorlanadi. Bu usulda tayyorlash mavsumiy xususiyatga ega
bo‘lganligi uchun sanoatda oziq-ovqatda ishlatiladigan eks-
traktlardan tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun 4 qism
olcha yoki maymunjonning quyuq ekstraktiga 96 qism qand
qiyomi qo‘shib aralashtiriladi.
Dorivor qiyomlar. Bularga gulxayri, rovoch, chuchukmiya, xolo-
sas, na’matak, pertussin, peritol, aloyning temirli qiyomi va bosh-
qalar kiradi. Ular dorivor modda va ta’m beruvchi sifatida ishlatiladi.


52
Gulxayri qiyomi (Sirupus Althaeae). Bu qiyom gulxayrining
quyuq yoki quruq ekstraktidan tayyorlanadi: 
Extracti Althaeae sicci — 2 qism;
Sirupi Simplicis — 98 qism.
 Gulxayrining quruq ekstraktini qand qiyomiga aralashtirib
eritiladi, so‘ngra suziladi. Bu qiyom tiniq, quyuqroq sarg‘ish
rangli, shirin mazali, o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan suyuqlik.
200 ml dan shisha idishlarda chiqariladi. Balg‘am ko‘chiruvchi
sifatida suyuq dorilar bilan birga (miksturalarda) ishlatiladi.
Xushbo‘y suvlar (Aquae aromaticae). Tarkibida suv yoki spirt-
suvda erigan efir moyi bo‘lgan eritmalar xushbo‘y suvlar deb
ataladi. Ular, asosan, tiniq yoki ba’zan xiraroq bo‘lib, tarkibiga
kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo‘y suvlar tarki-
bida efir moyi bo‘lgan o‘simlik xomashyosidan suv bug‘i
yordamida haydash, efir moylarini suv yoki spirtda eritish va
tarkibida efir moyi bo‘lgan eritma (konsentrat)larni suyultirish
yo‘li bilan olinadi. Ular ishlatilishi bo‘yicha davolovchi hamda
dori moddalarning hidi va mazasini yaxshilovchilarga bo‘linadi.
Xushbo‘y suvlarni suv bug‘i bilan haydab olish. Odatda, efir
moyini suv bug‘i bilan haydashdan oldin, xomashyo suv yoki
spirt-suvli aralashma bilan 12 soat davomida ivitib qo‘yiladi.
Bunda hujayra bo‘shliqlarida «birlamchi» sharbat hosil bo‘lib,
diffuziya jarayoni tezlashadi va konsentratsiyadagi xushbo‘y
suv olinadi. Agar xomashyo suv bilan ivitilib, suv bug‘i bilan
haydalsa suvli xushbo‘y suv (Aqua aromatica aguosa), spirt bilan
ivitilib, suv bug‘i bilan haydalsa, spirtli xushbo‘y suv (Aqua
aromatica spirituosa) hosil bo‘ladi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish