Farmatsevtika ishini tashkil qilish



Download 50,53 Kb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi50,53 Kb.
#264699
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Dori vositalarining assortimentini shakllantirishda marketingning roli

III. Amaliy qismi

3.1. Farmasevtik marketing ob'ekti sifatida dori vositalari assortimenti xususiyatlari.

O‘z navbatida korxonani ichki boshqarish tizimi bir qator kichik tizimlariga ajraladi: ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xizmati, ishlab chiqarish, narx belgilash, moddiy-texnika taminoti, reklama, savdo xizmatlari va hokazolar;

ularning yig‘indisi (majmui) korxona raxbariyati tomonidan nazorat qilinadigan marketingning ichki muhitini tashkil etadi.

Dori vositalari bozori murakkab iqtisodiy ob’ekt bo‘lib, u bozor qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga tovar sifatida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining o‘ziga xos xususiyatlari bu bozorning shakllanishidagi maxsus qonuniyatlarini belgilaydi.

Dori vositalari iste’mol tovari bo‘lib, organizmning patologik holatlarida va kasallikning oldini olish maqsadida qo‘llanadigan iste’mol vositalarining murakkab guruxini tashkil etadi. Dori vositalarining iste’mol mahsulotlari sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, ularni tanlashda iste’molchilar – bemorlarning o‘zlari ishtirok etmasligidir. Dori vositalariga bo‘lgan talab va taklif shakllanishida farmasevt (sotuvchi) va bemor (iste’molchi)lardan tashqari dori vositalarining ta’siri va qo‘llanish usullari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis – vrach ishtirok etadi. Dori vositalari iste’molining xajmi va tashkiliy tuzilishi ambulatoriya-poliklinika va statsionar vrachining ko‘rsatmasiga bog‘liqdir.

Dori vositalari birlamchi zaruriy tovarlarga kirib, ularning qo‘llanishi aholi sonining o‘sishi, insonlarning to‘lov qobiliyati va turmush tarzi yaxshilanishiga muvofiq ravishda o‘sadi. Shu bilan birga dori vositalari bozoriga kasallanish darajasi, aholining yosh bo‘yicha tarkibi, mavsumlar, epidemiyalar, geografik muhit, tabiiy ofatlar va bir qator tibbiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari dori vositalari marketingining o‘ziga xos tomoni shundaki, farmasevtika tizimida narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi, hayotiy zarur va muhim dori vositalari ro‘yxatining nazorati va retseptsiz beriladigan dorilarning xavfsiz qo‘llanishini ta’minlash asosida bozorning universal qonunlari cheklanadi.



3.2. Hozirgi zamon farmasevtik bozori marketing muxiti va uni tahlil qilish uslublari

Hozirgi zamon farmasevtik bozori marketingi - bozor qonuniyatlariga asoslanib rivojlanuvchi murakkab iqtisodiy borliqdir. Shu bilan birga dori vositalarining, tibbiy buyumlarning tovar sifatida o‘ziga xos xususiyatlari bu bozorni shakllanishida muayyan qonuniyatlarning bo‘lishini talab etadi.

Iste'mol maxsuloti sifatida dori vositalarining o‘ziga xos jihatlaridan biri -bu bemorlar tomonidan uni tanlash imkoniyatining yo‘qligidadir. Dori vositalariga bo‘lgan talab va taklifning shakllanishida farmasevt-sotuvchi va bemor-xaridordan tashqari dori vositalarining ta'sirini va qo‘llash uslublarini o‘ziga xos jihatlari haqida maxsus bilimga ega bo‘lgan vrach-mutaxassis ishtirok etadi. Dori vositalarini iste'mol qilish hajmi va tarkibi ambulator-poliklinika hamda stasionar muassasalar shifokorlarining tavsiyalariga bog‘liq.

Shuningdek dori vositalari bozorining hususiyati shundan iboratki, bu yerda bozorning universal qonunlarining amal qilishi - davlat tomonidan narx-navolarni tartibga solinishi, hayotiy zarur va muhim dori vositalarini ro‘yxatini nazoratga olinishi, reseptsiz preparatlarning xavfsiz iste'mol qilinishi cheklangan holda amalga oshiriladi.

Amaldagi xalqaro va milliy qonunchiligimizga muvofiq farmasevtika bozorining muhim hususiyatlaridan yana biri bu bironta ishlab chiqaruvchi o‘zining dori vositasini bevosita bemorga tavsiya etishga xaqli emas. Farmasevtik kompaniyalar bu faoliyatni vositachilar, ya'ni xar xil mutaxassislikdagi shifokorlar va dorixona xodimlari – provizorlar va farmasevtlar orqali amalga oshirishga majbur. Bunda shuni e'tiborga olish lozimki, yuqorida qayd etilgan vositachilar kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan dori vositalar sotilishida iste'molchi xam, xaridor ham bo‘lmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, korxona vakili o‘zida sinab ko‘rishni istamaydigan odamlarni, taqdim etilayotgan dori vositalari afzalligiga ishontirishi kerak bo‘ladi. Uning ishida vrachning qaysi dori vositasini yozib berishi (tavsiya etishi)ga ta'sir ko‘rsatish asosiy vosita bo‘lib xisoblanadi.

Boshqalardan farqli o‘laroq, farmasevtik bozorda tavsiya etilayotgan dori vositalarni sotib olish yoki qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishda hamjihatlik - kompleks ravishda kabul qilish zaruriyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli guruxlarda o‘z talablaridan kelib chiqqan holda bu qarorlar qabul qilinadi – amaliyot shifokorlarida - dori vositasining samaradorligi, xavfsizligi, qo‘llashda qulayligi, narhi, dorixonalarda doimiy mavjud bo‘lishi kabi talablar bo‘lsa, shifoxona ma'muriyatida esa umuman boshqa omillar (koyka aylanmasini oshishi, kundalik koyka xarajatlarining arzonlashishi, asoratlar sonining va kasalxonaga qayta yotqizish xolatlarining kamayishi va h.k.) hisobga olinadi. Shundan kelib chiqqan holda, dori vositalarini sotishda nafaqat aniq maqsadli iste'molchilarning extiyojini bilish, balki ushbu preparatni tavsiya etuvchi shifokorlarning mutaxassisligi, lavozimi va boshqa ko‘rsatkichlar asosida toifalashni bilish lozim. Bundan tashqari ma'lumki bugungi kunda dori vositalarining muvaffaqiyatli sotilishi faqatgina uning o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, yana u yoki bu konsepsiyaga ega bo‘lishiga bog‘liq: masalan “xayot tarzini yaxshilash”, “oilani kompleks rejalashtirish”, “resedivsiz davrni oshirish”, “bemorlarning umrini uzaytirish” va boshqa shu kabilar. Konsepsiya tushunchasini o‘z ichiga preparatning xaridor uchun zarur bo‘lgan sifatlarini oladi (samaradorlik, xavfsizlik, talab va sotilishkafolati va boshqalar).

Farmasevtik bozorning keyingi muxim jixatlaridan biri bir qator halqaro va milliy tashkilotlar tomonidan belgilangan etik cheklovlarning mavjudligi. Ma'lumki, AIPM - Farmasevtik ishlab chiqaruvchilarining xalqaro asosiasiyasi mavjud bo‘lib, ular xar yili “Dori vositalari sotuvlarida reklama bo‘yicha kodeks”, unda asosiy qoida va cheklovlar keltirilgan. Odatda bu cheklovlar dori vositalari sotuvlarini rag‘batlantirish jixatlariga ta'lluqli bo‘ladi (OAVda reseptli vositalarga bo‘lgan reklamani cheklash, xaridorlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan aldash, raqobatchilarning maxsulotlarini asossiz kamsitish).

Shuningdek etik cheklovlar ham kiritiladi, yozilayotgan reseptlar sonini oshirish maqsadida vrachlarni moddiy stimullash ta'qiqlanadi, raqobatchilarni asossiz tanqidlari ham shular jumlasidandir. Shuni ta'kidlash kerakki, tijorat faoliyatining boshqa sohalarida shunday keskin etik va xuquqiy reglamentasiya bo‘lgan bunday sohani topish qiyindir. Farmasevtika bozorining keyingi xususiyatlaridan biri shuki, dori vositalarini takomillashtirishda kompaniya asosiy e'tiborni shu soxada ishlovchi tibbiy xodimlarning faoliyatiga qaratish kerak: Birinchidan, etik cheklanmalar tufayli resept asosida beriladigan preparatlarni rivojlantirish, hamda shuningdek yanayam ishonchli bo‘lishi uchun tovar taqdimoti mijozlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda bu mahsulotni taraqqiy etishi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi – hisob bo‘yicha tibbiy xodim viziti o‘rtacha narxi farmasevtik kompaniyada 20 $ ga aylanadi, lekin yil bo‘yi televideniyada reklama berish ancha arzonroq (foydasi kamroq) bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham barcha farmasevtik kompaniyalar ko‘p harajat bo‘lsa ham vrachlarni hamda xodimlarni o‘zi bilan ish olib borishadi, chunki reklama qanchalik yorqin va mukammal bo‘lsada undan kamroq foyda bo‘ladi.




Download 50,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish