1. qabulxona (qabul bo'limi) etkazib beruvchilardan olingan tovarlarning sifatli va miqdoriy qabul qilinishi;
2. saqlash bo'limi - tovarlarni saqlash, dorixonalar va sog'liqni saqlash muassasalari buyurtmalar to'plami;
3. ekspeditsiya bo'limi - tovarlarni qadoqlash va dorixonalar va shifoxonalarga etkazib berish;
4. ta'minot bo'limi - etkazib beruvchilar, mijozlar bilan ishlash, shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
5. buxgalteriya hisobi - buxgalteriya hisobi, dorixona omborining xo'jalik faoliyatini hujjatlashtirish.
Dorixona omborlari bundan tashqari quyidagilarni taminlashi zarur:
Yuklarni tushirish, ochish va saralash;
Mahalliy ishlab chiqariladigan dori vositalarini vaqtincha saqlash;
Import qilinadigan tovarlarni vaqtincha saqlash;
Mexanizatsiya va transport vositalarining harakatlanishi va joylashishi;
Dori vositalarini (eritmalar, shu jumladan inyeksiya uchun) mexanik aralashmalar yo'qligini tekshirish;
Shikoyat qilish uchun tovarlarni vaqtincha saqlash.
Qabul bo'limi boshqa xonalardan ajratilgan bo'lishi kerak, ammo dori-darmonlarni asosiy saqlash joylari bilan aloqada bo'lishi kerak.
Asosiy funktsiyalarni bajarish uchun dorixona ombori rahbarlari va xodimlari uning faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarga amal qilishlari, farmatsevtika bozorida talab va taklifni o'rganish, sertifikatlash va sifat nazorati tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart.
II. Аdabiyotlar sharxi
2.1 Dorixona tarmoqlariga tibbiyot buyumlarini yetkazib beruvchi asosiy taminotchilar.2
Maxalliy taʼminotchilardan olinadigan dori vositalarini oʼzlari gohida esa ”Oʼzbekiston Respublikasi Dori taʼminoti” ning oʼzi olib keladi.
Qabul qilish boʼlimidan tashqari “Oʼzbekiston Respublikasi Dori taʼminoti” da (omborxonada) quyidagi boʼlimlar mavjud;3
1. Buxgalteriya boʼlimi.
2. Taʼminot boʼlimi (ekspeditsiya boʼlimi).
3. Dori saqlash boʼlimi
a). zaxarli, narkotik vositalari, prekursorlar
b). oddiy dori vositalari
v). rezina va shisha buyumlar.
4. Аvto garaj
5. АSU
Qabul qilish dalolatnomasida dori vositasining tartib nomeri, nomlanishi, kodi, seriya-partiyasi, sanasi, yaroqlilik muddati, sertifikat sanasi, tahlil natijalari, oʼlchov birligi, faktik miqdori, hujjat boʼyicha miqdori, asosiy narxi, omborxona qoʼyayotgan narx, kamchiliklari, ortiqchalari, singan va yaroqsizligi koʼrsatiladi. Dalolatnomadagi birinchi raqam uning nomeri, ikkinchi raqam boʼlim nomerini, uchinchi raqam esa sanani bildiradi. Qabul qilish dalolatnomasiga direktor, komissiya raisi va komissiya aʼzolari imzo chekadilar. Qabul qilish dalolatnomasining birlamchi hujjatlari ham boʼladi.
Ushbu hujjatda quyidagilar haqida maʼlumot boʼladi. Tovarning tartib nomeri, shifri, nomlanishi, seriyasi, yuborilgan miqdori va kelgan miqdori kamchiliklari, yaroqsiz boʼlib kelgani hisobdan chiqariladi.
Bundan tashqari ortiqchalari yoki yetishmovchiliklari boʼlsa arz qilinadi
Ulgurji narx bu xujjatda rasmiylashtiriladi. Ushbu xujjat avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (АSU) boʼlimiga topshiriladi. ular narx qoʼyadilar (kompyuterga narx qoʼyib kirgizadilar). Tibbiyot mollari tegishli boʼlimlarda, ularning fizik-kimyoviy xossalariga binoan saqlanadi. Ularning nomerlari, seriyasi, yaroqlik muddatlarini hisobga olgan holda soʼkchaklarda tartib bilan joylashtiriladi. Boʼlimlardagi mollarning alohida nomlari boʼyicha hisobi miqdor va summada “mollarni omborxona hisob varaqasi”da olib boriladi. Dorixona omboridan dorixonalarga dori-darmonlar va boshqa tibbiyot mollarini berish buyurtma-talabnoma asosida amalga oshiriladi. Talabnomalarga binoan omborning tegishli boʼlimlarida mollar ajratib, jamlanadi. Bu xujjatda mollarning nomlari, chakana va ulgurji narxi summasi aniq koʼrsatiladi. Tarkibida zaharli, narkotik moddalari va etil spirti boʼlgan dori-darmonlar uchun alohida schyotlar tuziladi. Dorixona omboridagi mollar harakati hisobi mexanizatsiyalashtirilgan tartibda olib borilib, joʼnatishga tayyorlangan mollar maʼlum shakldagi buyurtma yoki talabnomaga muvofiq ajratilgan boʼlsa, 5 nusxa “Mol transport yuk xati” toʼldiriladi. Birinchi va ikkinchi nusxalari mol olingan boʼlimda, 2 tasi oʼzida (DPMning buxgalteriya boʼlimida), 1 tasi ekspeditsiya boʼlimida qoladi. Ushbu xujjatning ham 3 ta nomeri boʼladi. Birinchi nomeri tartib sonini, ikkinchisi boʼlimni, uchinchisi sanani bildiradi. Ushbu xujjatda mollarning nomlanishi, nomeri, oʼlchov birligi, miqdori, chakana narxi, summasi koʼrsatiladi. Bu xujjatga boʼlim boshligʼi (ekspeditsiya) shu boʼlimning buxgalteriya va nazoratchisi imzo chekadi.
Moddiy boyliklarni omborxonadan berish rejali ravishda yuqori tashkilotning koʼrsatmasi boʼyicha beriladi. Buning uchun dorixona omborida buyurtmalarni berish boʼyicha tasdiqlangan grafik boʼladi. Operativ boʼlimlar omborxonaning qabul boʼlimida mollarni olayotganlarida har bir molni shaxsan tekshirib olishlari, laboratoriya analizi natijalarini keltirilgan mollarni xujjat asosida toʼgʼriligini har tomonlama tekshirib olishlari shart (yaʼni, mollarni toʼgʼriligini sanab, hisoblab olish, tortib yoki oʼlchab olish zarur).
Boʼlimlardagi hamma mollar va dori-darmonlar oʼzlarining fizik va kimyoviy xossalariga qarab saqlanishi shart. Boʼlim boshligʼi hamma mollar uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Shuning uchun boʼlimdagi mollarni sistemali ravishda taftish oʼtkazib turiladi.
Boʼlimdagi hamma mollar stelajlarga va tagiga taglik qoʼyilgan yerlarda nomlari,yu seriyalari va saqlash muddatlari aniq yozib qoʼyilgan holda saqlanadi. Har bir nomdagi dori yoniga stelaj kartochkasi yozilgan boʼlib, bu dorilarni oʼz vaqtida yaʼni, saqlanish muddatini oʼtkazmagan holda realizatsiya qilishga yaxshi yordam beradi.
Saqlanish muddati 2 yildan kam boʼlgan dorilarga boʼlimni oʼzida alohida jurnal yuritib, dorining seriyasi, aniq saqlash muddati, olingan muddati, molni miqdori va uning saqlash muddatini tugashiga 3 oy qolganda va har 1 oy uchun uning umumiy sarfi hisobga olinadi. Mabodo uning saqlash muddati qayta tekshirilib uzaytirilgan boʼlsa, u ham qayd qilinadi. narkotik moddalar qanday dori formasi boʼlishidan qatʼiy nazar alohida xonada, xonaning oynalari reshyotkali, eshiklar temir bilan qoplangan xonadagi temir seyflarda saqlanadi.
Xona shamollatgich (ventilyatsiya) va havoni soʼruvchi shkaf, saqlovchi (svetozvukovaya signalizatsiya, blokirovka), yaʼni eshik va oynalarga qoʼyiladigan signalizatsiyalar bilan jihozlanadilar.
Bajarilgan ishlariga qarab, omborxonalarda har xil boʼlimlar tashkil qilinadi. Ularda dori-darmonlarning saqlash, qadoqlash, ajratish, dorixona va davolash muassasalarini buyurtmalarini bajaradilar:
Hamma boʼlimlar 2ga boʼlinadi:
1. dori-darmonlar boʼlimi;
2. dori-darmonlar boʼlmagan boʼlimi (yaʼni boshqa boʼlimlar);
1-chi boʼlimga quyidagilar kiradi;
Quruq dorilar boʼlimi, suyuq dorilar boʼlimi, zaharli dorilar boʼlimi, antibiotiklar boʼlimi, qabul qilib olish boʼlimi.
2-chi boʼlimga quyidagilar kiradi.
Dezinfektsiyalovchi moddalar boʼlimi, bogʼlov materiallar boʼlimi, sanitariya gigiena buyumlari boʼlimi, koʼzoynaklar boʼlimi va tibbiy asbob-uskunalar boʼlimi, tara boʼlimi. Hamma boʼlimlarni boʼlim boshliqlari boshqaradilar va ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
- mollarni sifatli va toʼgʼri qabul qilish;
- dorixona va davolash-profilaktika muassasalariga oʼz vaqtida va toʼgʼri mol berish;
- dori-darmonlarga yillik buyurtma (zayavka-zakaz) loyihasini tuzish va baza mudiriga oʼz vaqtida topshirish;
- boʼlimlarda dori-darmonni qatʼiy ravishda davlat farmakopeyasi talablari asosida saqlash;
- boʼlimlarda sanitariya qoidalariga amal qilish;
- boʼlimlarda olib borilayotgan, yaʼni kartotekadagi hisob-kitob bilan uygʼunligini nazorat qilib borish;
- boʼlim xodimlarini ish yuritish malakasini oshirib borish va xokazo.
Tuzilgan shartnomalarga asosan tibbiyot sanoat korxonalari tomonidan (yaʼni farmzavodlar, fabrikalar va xokazolar) ajratilgan fondlar (yaʼni dori-darmonlar) dorixona omboriga kelib tushadi. Bu dori-darmonlar temir yoʼllar, suv yoʼli va havo yoʼllari orqali kelib, omborxona mashinalari yordamida tushirib olinadi. keltirilgan dorilar omborxonaning qabul qilib olish boʼlimiga kelib tushadi. Kelib tushgan mollarni qabul qilib, tegishli boʼlimlarga joʼnatish uchun 3 kishidan kam boʼlmagan tarkibda komissiya tuziladi. Qabul qilib olish boʼlimining boshligʼi shu komissiyaning raisi hisoblanadi. Komissiya tarkibiga omborxona mudirlari sifat boʼyicha nazoratchilar, jamoat tashkilotining vakillari qabulga aloqasi bor kishilar kirishi mumkin. ayrim xollarda komissiya tarkibiga mollar ekspertizasi vakillari va boshqa chetdan dorixona omborxonasiga aloqasi boʼlmagan kishilar kiradi. xokimiyat, jamoa xoʼjalik raislari, zavod direktorlari ularning profkom, mestkom raislari kirishi mumkin. komissiya tarkibi (korxona) omborxona mudirining tavsiyasi asosida “Dori darmon” kompaniyasi yoki birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi. Qabul komissiyasining raisi omborxona mudiriga boʼysinadi va qabul qilib olgan mollarni tegishli boʼlimlarga joʼnatguncha shu mollarga moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Omborxonaga keltirilgan mollar sinchiklab tekshiriladi va ularga toʼgʼri sharoit yaratish kerakki, ularni buzilishini oldini olish zarur. Omborxonaga keltirilgan zaharli va narkotik dori vositalari qabul qilish, boʼlinish bilan zaharli va narkotik dorilar boʼlimiga joʼnatiladi. hamma boʼlimlar shkaflar, stelajlar, tochkalar bilan jihozlanib, unda moddalar saqlanadi.
Dorixona omborlarida mollarni ortish va tushirish ishlarini alohida jihozlangan asboblar va mexanizmlar yordamida bajariladi. Ularga yuk koʼtargichlar, transportyorlar, oʼzi yurar ortib tushiruvchi mexanizmlar kiradi. Dori vositalari saqlanadigan xonalarda ventilyatsiya va isitish sistemalari boʼlishi lozim. Ularni sanitar meʼyorga amal qilgan holda ishlatish zarur. Ularni nazorat qilish uchun termometr va psixrometrlar boʼladi. Tibbiy va sunʼiy yoritgichlardan foydalanish ham meʼyorga muvofiq boʼlishi darkor. Shuning uchun derazalardan tushayotgan yorugʼlikni shkaflar va stelajlar bilan toʼsib qoʼyish qatʼiyan man etiladi.
Tez alanga oluvchi moddalar isitilmaydigan xonalarda saqlanadi. narkotik dori vositalari alohida xonalardagi seyflarda saqlanadi. Derazalarida temir reshyotkalar boʼlishi lozim. Ventilyatsiya, havo tortuvchi shkaf, svet – ovoz signalizatsiyasi, potoloklar, devorlar mustahkam qurilgan boʼlishi lozim. Dorixona omborining mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish lozim.
Oʼzbekiston Respublikasining 16 dekabr 2002 yilda 547 sonli “Dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi qoidalari. Аsosiy holatlar” - tarmoq standartini tasdiqlash haqidagi buyrugʼi chiqdi.
Dorixona omborxonasi – sogʼliqni saqlashning mustaqil tashkiloti boʼlib, u dorixonalarni, DPMlarning dori vositalari, tibbiy texnika mahsulotlari, dorixona jihozlari va inventarlari bilan taʼminlaydi.
Logistika – “logistika” - muhokama qilish sanʼati (iskusstvo rassujdatь). Ulgurji vositachilarning funktsiyalari:4
- tovarlarni qabul qilish, saqlash, tovar zahiralarini boshqarish.
- mahsulot realizatsiyasi.
- tovar transportirovkasi.
- oʼz klientlarini kreditlash (kreditga mollar berish).
- rejalashtirilmagan harakatlarni qayta tarqatish riski. (tavakkalligi)
- informatsiya.
- marketing-bozorni kompleks tekshirish.
Dorixona omborxonasiga tushgan mahsulotlar sifat nazoratidan oʼtadilar.Unda preparatning nomi, tashqi koʼrinishi, fizik xossalari, chinligi, tozaligi, yorliqlarning mos kelishi, hajmi, mexanik aralashmalar, oʼrtacha ogʼirligi, kamchiligi, parchalanishi, namligi, zichligi, erish harorati, taʼminlovchi, seriya nomeri, seriyadagi miqdori, yaroqlilik muddati, tahlilga sarflangan soni, boʼlimga topshirilgan qoldiq va xulosa farmatsevt imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Qabul qilingan mahsulotlarni qabul qilish va tegishli bo'limlarga topshirish uchun har bir dorixona omborxonasi yaratiladi qabul komissiyasikamida uch kishidan iborat. Qabul komissiyasining raisi qabul qilish bo'limining boshlig'i, va ozgina ish hajmi bo'lgan omborxonalarda - dorixona omborining boshlig'i.
Aktseptorlar mahsulotni qabul qilish qoidalarini miqdori, sifati va narxi, tibbiy buyumlarni etkazib berishning asosiy va maxsus shartlari, dori vositalarining jismoniy xususiyatlari, ularning chiqarilish shakli va boshqa muhim masalalarni yaxshi bilishlari kerak.
Barcha yetkazib berishlarni aniqlash uchun hujjatlar ilova qilinishi kerak: jo'natilgan sana, preparatning nomi (shu jumladan dozaning shakli va dozasi), etkazib berilgan miqdori, tarqatilgan dori narxi yoki preparatning narxi, etkazib beruvchi va oluvchining nomi va manzili.
Barcha mahsulotlarni qabul qilish bo'limida o'ramdan olib tashlash, tovarlar o'tkaziladigan bo'lim rahbarlari (o'rinbosarlari) ishtirokida amalga oshiriladi.
Tovarlarni etkazib berish shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma bo'yicha bir yoki bir nechta tovarlar qabul qilinishi mumkin.
Partiya (ulgurji omborlarida, omborxonalarda va chakana savdo do'konlarida) - bitta transport hujjati, transport hujjati yoki schyot-faktura olgan bir xil turdagi mahsulotlar.
Qabul qilishni boshlashdan oldin siz preparatning raf umriga e'tibor qaratishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |