Farmatsevtik yordam fanidan



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/156
Sana28.05.2022
Hajmi2,2 Mb.
#613182
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
Bog'liq
Farm. Yordam

Tayinlanishi: 
revmatizm va revmatik artritlarda, bo‘g‘im, mushak va umurtqa pog‘onasi 
revmatik bo‘lmagan kasalliklari, tayanch-xarakat tizimi travmatik shikastlanishlari, yallig‘lanish 
tabiatiga ega nevrologik kasalliklar (nevralgiyalar, radikulonevritlar), turli xil og‘riqli sindromlar-
bosh, tish, menustral og‘riqlar, isitma xolatlari, trombozlarni oldini olish maqsadida.
Man etiladigan holatlar:
OIS eroziv-yarali kasalliklari, bakterial artritlar, xomiladorlik va 
emiziklik davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, leykopeniyalar, jigar, yurak, buyrakning og‘ir 
shikastlanishlari. 
Nojo‘ya ta’sirlari:
1. OIS shilliq qavatini qitiqlanishi prostoglandinlarning OISni ximoyalovchi ta’siri susayishi 
bilan bog‘liq. NYAQV ta’sirida me’da shirasi kislotaligi ortadi, xujayralar membranasi
o‘tkazuvchanligi ortadi, glikoproteidlar va bikarbonatlar sintezi kamayadi. Natijada dispeptik 
xolatlar, gastrit, yara xosil bo‘lishi, perforatsiya va qon ketishlar kuzatiladi. Bu ta’sirni oldini olish 
uchun dorilar dozasini kamaytirish, parenteral va rektal yuborish usullariga o‘tish, ichakda eriydigan 
dori shakllarini qabul qilish, SOG-2 ni tanlab ingibirlaydigan preparatlar (Meloksikam, 
Nabumeton)ni ishlatish, parallel ravishda gastroprotektorlar berish lozim.
2. NYAQV qon yaratish tizimiga ta’sir etib, kamqonlik, trombotsitopeniya va leykopeniya 
chaqiradi. SHu sababli qon ketishga moyilligi bor bemorlarga nosteroidlarni berishda extiyot 
bo‘lish lozim. 
3. Allergik reaksiyalar-terida toshmalar, qichish, rinit, kon’yunktivit, Kvinke shishi ko‘rinishida 
o‘tishi mumkin, xattoki, bronxial astma rivojlanishigacha olib kelishi mumkin.
4. MNS tomonidan kuzatiladigan reaksiyalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, 
depressiv xolatlar, tirishishlar va b. Bu nojo‘ya ta’sirlar ko‘proq Indometatsinga xos. 
5. Buyrak faoliyati buzilishi-prostoglandinlar sintezi tormozlanishi va bevosita preparatlarni 
toksik ta’siri bilan bog‘liq. Prostoglandinlarni kamayishi buyrak tomirlari torayishi, qon aylanishini 
yomonlashishi, suv va tuzlarni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Buyraklarning shikastlanishi 
xattoki o‘tkir buyrak etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari buyrakda tosh xosil 


40 
bo‘lish xolatlari xam qayd etiladi. Nefrotoksik ta’sir 65 yoshdan kattalarda, buyrak patologiyasi bor 
odamlarda, diuretiklar birga qabul qilinganda, jigar faoliyati buzilgan odamlarda yanada ko‘proq 
namoyon bo‘ladi.
6. Mutagen va teratogen ta’sir-Aspirin va Butadion xromosoma abberatsiyalari chaqirishi, 
Amidopirin kanserogen ta’sir etishi aniqlangan.
7. Suv-tuz almashinuvini buzilishi. 
8. Ko‘zda bo‘ladigan o‘zgarishlar: shox pardani xiralashishi, ko‘ruv maydoni o‘zgarishi, ko‘ruv 
nervi yallig‘lanishi, retinopatiyalar. 
9. Jigar shikastlanishi-turli xil gepatitlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
10. Xomiladorlik davrining uzayishi va tug‘ruq faoliyati susayishi- miometriyni stimullovchi
prostoglandinlar E
2
va F

sintezining tormozlanishi bilan bog‘liq. 
Zamonaviy YAQNPlarni asosini karbon va enolin kislota unumlari tashkil etadi.
I. Karbon kislota unumlariga: 
1.
Salitsil kislota unumlari (atsetilsalitsil kislota, diflunizol, Bekartan va tosibenlar). 
2.
Sirka kislota unumlari (indometatsin, Sulindak, tolmetil, Ibufenak, Fenklorak, Sofenak, 
Pranoprofen va b. 
3.
Propion kislota unumlari (Ibuprofen, Naproksen, Ketoprofen, Pirprofen, Surgam, 
Fenoprofen va b. 
4.
Antranil kislota unumlari (flufenam, mefenam kislota, Valtaren, Aktal, Tolfenam kislota 
va b.) 
5.
Nikotin kislota unumlari (niflum kislota, Kloniksin va b). 
II.
Enolin kislota unumlariga 
1. Pirazalon unumlari (fenilbutazon, Oksifenilbutazon, Amidopirin, Butadion, Tomanol, 
Bumadizon va b). 
2. Oksikam unumlari (Piroksikam, Izoksikam va Sudoksikamlar). 
YAllig‘lanish bilan bog‘liq kasalliklarda qayd etiluvchi klinik simptomlarga- 
nevrit, pulpit, meningit, miozit, artrit, plevrit va miokardit va b. kiradi. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish