PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo’lsa, mo’rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va ko’l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko’rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo’kolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.
2-rasm. Hovonchalar
1 — qadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho’yan hovoncha; 4 — toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emulsiya tayyorlash uchun chinni hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik hovoncha.
Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi qurilmalar mavjud. Bularga misol tariqasida rezina g’ildirak ko’rinishidagi stol ustiga mahkamlash uchun mo’ljallangan qurilmani ko’rsatish mumkin.
Elaki dorilarni ko’p miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib qo’yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexaniq hovonchalar ishlatiladi .
Bunday hovonchalarning dastasi mexaniq aylantirgich — "qo’l"ga ulangan bo’lib, asosan katta o’lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 — 400 mm) mo’ljallangan. Hovoncha o’rnida ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo’lib, ulardan biri M. X. Islamgulov apparatidir (1.5.-rasm).
3-rasm. Islamgulov apparati 1
Maydalangan kukunni yana apparat qopqog’iga to’kib (agdarib), ichidagi kukun qopqoqqa o’tqaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. (1.6.-rasm).
4-rasm. PD-2 dozalash apparati
Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o’rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga ko’l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o’ng elkasi bunker to’kilish ogziga keltirilgan bo’lib, u dozalashga mo’ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap elkasida esa toshlarga mo’ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo’ljallangan mikrovint (7) elka o’rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) maxkamlangan bo’lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to’kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o’ng elkasiga bayrokcha (11) o’rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o’rnatilgan bo’lib, u richagga qo’yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to’lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo’ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo’lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og’irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2— shnek o’rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4— shnek o’rnatiladi. Dozatorning o’rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo’ladi.
5-rasm. VDA-1,5 dozalash apparati
1- elektromotor; 2- vertikal shnek; 3-bunker; 4-tortish sistemasi;
5-zapas shnek; 6- elektromexaniq tizim
Dozalaydigan idish tagiga o’rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula qog’ozidan qo’yiladi. Priborda "aralashtirish" va "dozalash" ko’rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmoqqa ulaydigan muruvvatlari bor. "Aralashtirish" muruvvati ulanganda kukunni aralashtiradi va dozalash muruvvati orqali dozalanadi. Dozalash pallasining to’lish jarayonida elkalar to’gri holatga keladi va bayroqcha fotoelementga o’tayotgan nur yo’lini bo’shatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |