7 - Ma’ruza.
MAVZU 7. Murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari
Ma’ruza maqsadi: Suyuq dori turlariga ta’rif. Ularning tasnifi. Eritmalarni o’ziga xos tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari
Reja:
1. Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
2. Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq, byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Murakkab miksturalar tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma”ga asosan olib boriladi. “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati”
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo’yicha qo’llanma “O’zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati” III-kitob (Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo’jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov)
O’zSSV ning 582 sonli bo’yrug’iga asosan:
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og’irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og’irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ruyxati ilovada keltirilgan.
Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.
Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat bo’ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to’g’ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko’paytirish kerak.12
582 sonli bo’yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko’rsatilgan bo’lsa;
Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis
Natrii salicylatis ana 2,0
Tincturae Valerianae 5 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Hisoblash:
Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml
Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml
Valeriana nastoykasi 5 ml
qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml
Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml
Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og’irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi.
Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya’ni “gacha-ad” so’zi belgilangan bo’lsa,
Rp: Natrii benzoatis 2,0
Natrii hydrocarbonatis 1,0
Elixiris pectoralis 3 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae ad 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Pasporti:
Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml
Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20)
1*20=20 ml
qand sharbati 10 ml
Kukrak eliksiri 3 ml
Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 ml
Umumiy hajm 100 ml
Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |