26 Ma’ruza
MAVZU 26. Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari.
Ma’ruza maqsadi: Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblariga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar:
Linimentlar-quyuq suyuqlik
Linira-surtish
Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar
Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar
Gomogen-bir xil yoki o’xshash faza
Geterogen- turli xil yoki har xil faza
Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile- uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti
Reja:
Linimentlarning xususiy texnologiyalari
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash.
Sovunli linimentlarni tayyorlash.
Linimentlarni sifatini nazorat qilish
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum ammoniatum seu Linimentum volatile) va oxakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib keltirishimiz mumkin.
DF IX bo’yicha tarkib:
Rp: Solutio Ammonii caustici 25,0
Acidi oleinici 1,0
Olei Helianthi 74,0
M.DS.
Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungabokar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil ok rangli suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat ammoniy utaydi.
C17H33COOH + NH3 = C17H3COONH4
Uchuvchan liniment bir xil ok-sargish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan holda bu liniment keragida tayyorlanadi.
Sovunli linimentlar — Saponimenta
Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol, fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi.
Rp.: Saponis medinalis 8,0
Spiritus aethylici 84,0
Camphorae 2,0
Ol. Citri
Ol. Rosmarini 0,4
Ol. Thymi 0,2
Sol. Ammonii caustici 5,0
MDS. Revmatizmda surtish uchun.
Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab tulik soviguncha sovitgichga quyiladi.
Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M va M/S tipiga bo’linadi.
Oling: Kungaboqar gioyi 74,0
Ammoniy eritmasi 25,0
Olein kislota 1,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Buginlarga so’rtish uchun Yuqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani kungaboqar moyida eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yahshilab aralashtiriladi. Bu liniment uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile)
Oling: Zigir moyi
Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0 Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Kuyganjoyga ishlatilsin.
Tayyoriash: 25 g zigir moyi va 25g kaltsiyli suv shisha idishda yahshilab chayqatib aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment (Linimentum calcis) deb ham yuritiladi. Aralashma tipdagi linimentlami tayyoriash Aralashma tipdagi linimentlarga IX—DF da keltirilgan streptotsid va s into mite in linimentlami keltirish mumkin. CHunki bu linimentlar tarkibida bir vaqtning suspenzion va emulsion tipdagi linimentlar keltirilgan. 1% Sintomitsin liniment tarkibi:
Tarkib: Sintomitsin 1,0
Kanakunjut moyi 20,0 Emulgator 9,0 Timol 0,15 yoki
Salitsil kislota 0,125 Tozalangan suv 100 ml gacha Dorihona sharoitida yuqorida qayd qilingan liniment tayyoriash jarayoni 2 bosqichda olib boriladi.
Kanakunjut moy ini emulsiyasi tayyorlanadi.
Tayyor emulsiyaga maydalangan sintomitsinni suspenziya holatida qo’shiladi.
Hovonchada 9 g emulgator 14 ml suv bilan aralashtiriladi. so’ngra qizdirilgan 20g kanakunjut moyida timol yoki salitsil kislota eritilib aralashtirish davom ettiriladi, toki birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha. Keyin suvning qolgan qismi oz-ozdan qo’shib, aralashtirib boriladi. Undan keyin havonchada Ig sintomitsin 0,5g tayyor emulsiya bilan eziladi. so’ngra oz-ozdan emulsiyaning qolgan qismi qo’shib aralashtiriladi va bemorga beriladigan idishga yuvib utkaziladi. "Sirtga”, "Salqin joyda saqlansin” yorlig’i bilan jihozlanadi. Emulgator sifatida sulfat kislotaning tsetil efir, natriyli tuzi (S16N33 - 0S02 - ONa) ishlatiladi.(emulgator № 1).
Agarda dorixonada yuqorida nomi qayd qilingan emulgator bo’lmasa, emulsiyani to’rg’unligini oshiruvchi arab elimi. o’rik elimi, jelatozaiarni ishlatish lozim. Tarkibdagi 20g kanakunjut moyi uchun;. arab elimidan yoki- o’rik elimi dan 5g, jelatozadan 20 g olish mumkin. Birlamchi emulsiya uchun olinadigan suv miqdori moy va emulgator yig’indisini 1/2 qismi hisobida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |