Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselinum). Neftni qayta ishlanganda kerosin haydab olingandan so’ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon, rangsiz suyuqlik bo’lib, hidsiz va surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o’simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarini suspendirlashda ishlatiladi.
Sun’iy vazelin (Vaselini artificiale) — qattiq va suyuq parafin, serezin yoki smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murakkab kotishma. Oddiy kotishma esa 1 qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu kotishma saqlanganda tez buziladi. Serezin yoki petrolatum saqlagan qotishmalar chidamli bo’ladi.
Naftalan nefti (Naphtha Naphthalani). Naftalan Ozarbayjonda kazib olinadi. Avvallari naftalanda neft bilan tuldirilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar. Xozir alohida neftli vannaga ega bo’lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga uxshash o’ziga xos hidli, zangori fluoressensiyaga ega bo’lgan kora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi. Spirtda kam eriydi. Moy, yog’ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfeksiyalovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. I va II darajali kuyishni davolashda foyda qiladi. Surtma asosi bo’lishi uchun unga parafin yoki vazelin qo’shilishi kerak.
Silikonli asoslar
Silikonli yoki poliorganosiloksanli birikmalar-yuqori molekulali kremniy saqlovchi organiq birikmalardir. Ular shunday molekulalar zanjirini hosil qilib, o’zgaruvchi tarmoklardan tashqil topib, kremniy va kislorod atomlaridan tashqil topadiki, bo’larda kremniyning bush valentlari metil, etil, fenil radikallari bilan urin almashadi. Silikonli polimerlar chiziqsimon yoki tursimon tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Silikonli polimerlar rangsiz, yog’simon suyuqliklar bo’lib, xalk xujaligining turli tarmoqlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Farmatsiya uchun ushbu xom ashyoning fiziologik bezararligi, kimyoviy jixatdan indifferentligi, gidrofobligi, qovushqoqligining haroratga bog’liq emasligi muxim ahamiyatga ega.
Silikonli surtmalar teriga surtilganda kitiklovchi, para-allergik xossalarga ega emas. Ular xuddi yog’lar kabi kishi terisi orqali issiqlik va gaz almashuvini bir oz sekinlashtiradi. Bu xususiyatlari bilan vazelinli va uglevodorodli asoslardan farq qiladi. Silikonli suyuqliklarni kuz uchun ishlatiladigan surtmalarga qo’shish mumkin emas, chunki ular kuzga kitiklovchi ta’sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan silikonli suyuqliklardan polidietilsiloksanlar dorivor moddalarga nojuya ta’sir ko’rsatmaydi. Kondensatsiya darajasi «5»ga teng bo’lgan polimer — «Esilon-4», 15 ga teng bo’lgan polimer esa qisqacha «Esilon-5» deb ataladi. «Esilon-5» va «Esilon-4» surtma asoslari tarkibiga kiradi. Ular vazelin moyi va o’simlik moylari bilan aralashadi, vazelin, parafin, serezin, xayvon va o’simlik yog’lari bilan esa kotishma hosil qiladi. Ammo, balik moyi, olein kislotasi, skipidar va metilsalitsilat bilan aralashishi uchun bu moddalar kerakli miqdorda olinishi kerak. Mentol, kamfora, fenol, fenilsalitsilat, koramoy kabi moddalar polidietilsilakson suyuqliklarida eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |