Farmatsevtik texnologiya


Surtmalarning tasniflanishi



Download 2,9 Mb.
bet115/189
Sana12.04.2022
Hajmi2,9 Mb.
#546550
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   189
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya (1)

Surtmalarning tasniflanishi
Surtmalar tibbiyotda qo’llanishiga qarab tasniflanishi mumkin. Ammo surtmalarda foydalaniladigan surtma asoslarini hisobga olgan holda fizik-kimyoviy tuzilishi buyicha tasniflanish surtmalar to’g’risida aniqrok ma’lumot beradi. Surtmalar dorixati xilma-xildir. Bu bir tomondan surtma asoslarining ko’pligi, ikkinchi tomondan surtma tarkibiga kiruvchi dori moddalarning xilma-xilligi bilan tushuntiriladi.
Surtma yumshoй dori turi bo’lib, sirtga va shilliq qavatlarga ishlatish uchun mo’ljallangan dori turi.
Pastalar quyuq, qattiq surtmalar bo’lib, tеri tеmpеraturasida eriydigan, himoya vazifasini bajaradi. Odatda pastalar 25% dan ko’p dori modda saqlaydi.
Krеmlar tiniq emas еki quyuq suyuqliq, sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan. Dori modda va suvli еki moyli fazaga kiritilgan bo’lib, asosan moy-suv, suv-moy tipdagi quyuq emulsiyalar ko’rinishida bo’ladi.
Losonlar sirtga ishlatish uchun suyuq emulsiyalar еki suspеnziyalar bo’lib, quyoshdan himoyalovchi vositalar tarkibiga kiradi.
Surtma(surtma, pasta, krеm, loson) turining tanlashda uning tеriga bo’lgan trandеrmal ta'siri va dori qo’llanilmoqchi bo’lgan tеri holatini hisobga olish zarur. Krеmlar suvli yaralarga qo’llanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki krеmlar dеgidratatsiya xususiyatiga ega bo’lib, tеri yuzasidagi suyuqlik asos bilan aralashib, tеri yuzasidan chiqariladi. Losonlar asosan tеrining o’zaro bir biri bilan tеgib turuvchi qismlariga qo’llaniladi (masalan: barmoqlar orasi, son orasi, qo’ltiq osti) chunki ular yumshatuvchi xossasi bor45.
Surtmalarning asos tipi bo’yicha tasniflanishi:
1. Gidrofob asosli surtmalar
2. Gidrofil asosli surtmalar
3. Emulsion (difil) — asosli surtmalar
a) suv/yog tipidagi emulsion asosli surtmalar
b) yog’/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar
Dispers sistemalar bo’yicha surtmalarning tasniflanishi.
1. Gomogen surtmalar: a) qotishma tipidagi surtmalar, b) eritma tipidagi surtmalar, v) ekstraksion surtmalar.
2. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko’p fazali sistemalar
3. Emulsion surtmalar: a) suv/yog tipidagi emulsion surtmalar, b) yog’/suv tipidagi emulsion surtmalar.
4. Aralash tipdagi surtmalar
Gomogen surtmalar guruhiga o’zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo’lgan yog’li surtmalar, surtma asosida erigan dorilardan hosil bo’lgan surtmalar va dorilarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo’li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu guruhchasi dorilar va surtma asoslari urtasidagi oralik fazasining yukligi bilan harakterlanadi. Biroq bunday surtmalarni tulik gomogen sistema deb qarash xato bo’ladi, chunki surtma asoslarning o’zi turli xil mikro-va ultramikrokristallik qo’shimchalardan iborat bo’lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog’da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin, pirogallol, rux sulfat, simob dixlorid, segnet tuzlari ham suspenziya yo’li bilan kiritiladi, bu moddalar suvda eriydi, ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta’sir ko’rsatadi. Yana shunday moddalar suspenziya yo’li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko’p miqdorda suv talab qiladi; bo’larga natriy tetraborat, bor kislotasi kiradi. Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo’lishi mumkin, lekin ularning har biri o’z oraliq faza chegarasiga egadir. Xuddi mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko’p fazali sistemalarga bo’li­nadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo’lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo’lib, undagi dispers muxit moyli asos hisoblanadi.
Ko’pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada yuqori dispers va turg’un bo’ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers muxitning yuqori qovushqoqligi sababli turg’undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat bo’ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo’ladi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish