Farmatsevtik omillarni dorilarni



Download 59 Kb.
bet2/4
Sana19.09.2021
Hajmi59 Kb.
#179240
1   2   3   4
Bog'liq
Farmatsevtik omillarni dorilarni

Polimorfizm. Dori moddalarning texnologik xossalarini belgilovchi omillardan biri modda zarrachalarini tuzilishi bo’lib, ular tabiatda kristall va amorf shaklida uchraydi. Olimlarning tadqiqotlari kimyoviy tarkibi bir hil bo’lgan ko’pchilik organik va anorganik moddalarning fizikaviy va texnologik xossalari har hil bo’lishini ko’rsatdi. Bu esa moddalar har hil kristallik xolatda bo’la olishi mumkinligidan dalolat beradi. Natijada bitta dori modda har hil fizikaviy xossalarni namoyon etadi. Bitta oddiy moddaning har hil kristallik shakli (modifikatsiya) da bo’la olish xossasiga polimorfizm deyiladi. Moddalarni polimorfizm xolatlarini A,B,C harflari bilan yoki I,II,III,IV,V va boshqa raqamlar bilan belgilanadi. Ko’pchilik birikmalar 5,6,7 va undan ko’p kristallik xolatlarda bo’lishi mumkin. Polimorfizm xolatlari ko’pincha salitsilatlar, barbituratlar, gormonlar va sulfanilamidlarda uchraydi. Masalan, atsetisalitsil kislotasi olti xil, kortizon atsetat besh hil, levamitsetin ikki hil kristallik holatda bo’la olishi isbotlangan. Bu kristallik xolatdagi moddalarning eruvchanligi, suyulish harorati, oksidlanuvchanligi bir-biridan farq qiladi va shuning uchun ularning suyulish harorati, oksidlanuvchanligi bir biridan farq qiladi va shuning uchun ularning so’rilishi va dori turlarining turg’unligi har hil bo’ladi.

Polimorfizm hodisasi hozirgi zamon farmatsevtik texnologiyasi uchun katta ahamiyatga ega, chunki dori turi qaysi kristallik holatdan tashkil topganligiga qarab uning biosamaradorligi turg’unligi har hil bo’ladi. Aksariyat turg’un bo’lmagan kristallik holatga ega bo’lgan moddalar biosuyuqliklarda yahshi erib, tanaga oson va tez so’riladi. Dorilarning qaysi kristallik holatda bo’lishi, ularning olinish usuliga, quritish maydalash, dori turning tayyorlash jarayoniga va saqlanishiga bog’liqbo’ladi.

Kimyoviy holati. Bir hil modda bir necha kimyoviy holatda ishlatilishi mumkin. Masalan: shohkuya o’simligidan olinadigan alkaloid har hil kislotalar bilan hosil qilgan tuziga qarab, har hil nomlanadi: ergotin-sirka kislotali, kornuzol-uzum kislotali, ergotal-fosfat kislotali tuzi, adrenalin gormoni esa gidroxlorid va gidrotartrat turzlari holida bo’ladi. Har hil tuzlar texnologik, kimyoviy, fizik va biofarmatsevtik tomondan har hil bo’ladi, ya'ni so’rilish tezligi va biologik ta'siri ham har hil bo’lishi mumkin. Masalan, askorbin kislotasining bitta vodorodi natriy ioniga almashtirilsa, butunlay yangi hususiyatli modda hosil bo’ladi. Bu askorbin kislotadan farqli o’laroq, tanada elektrolitik holatni o’zgartirish, insulin ishlab chiqaradigan bezlarning ish faoliyatini kamaytirish hususiyatiga ega bo’ladi. Amidopirin oq rangli plastinka shaklidagi kristall modda bo’lib, suvda sekin eriydi (1:20). Amidopirin molekulasidagi bitta vodorod natriy sulfonat guruhiga almashtirilsa, suvda yahshi eriydigan , och sarg’ish, tayoqcha va prizmasimon shakldagi analgin hosil bo’ladi.

Morfin alkaloidining kimyoviy molekulasiga metal guruxi kiritilsa kodein, etil guruhi kiritilsa dionin hosil bo’lib, ikki hil fizik-kimyoviy xususiyatga va ta'sirga ega bo’lgan yangi moddalar hosil bo’ladi.

Maydalik darajasi. Dori moddalar zarrachalarning maydalik darajasi faqatgina ularning sochiluvchanligiga, bir hil aralashishiga, sochilma zichligiga va aniq dozlarga bo’linishiga ta'sir qilib qolmasdan, balki biofarmatsevtik hususiyatlarga ham ta'sir qiladi. Bu ayniqsa murakkab dori turini tayyorlashda yaqqol namoyon bo’ladi. Dori qaysi turda tavsiya qilinishidan qafiy nazar, uning so’rilish tezligiga, dori zarrachalarning maydalik darajasi albatta ta'sir qiladi. Ko’pchilik dori tolqonlarning maydalik darajasi ortishi bilan ularning tanaga so’rilish tezligi, terapevtik unumdorligiga mutanosib ravishda ortib boradi. Lekin bunda ularning turg’unligi va qo’shimcha ta'siri o’zgarmasligi kerak. Masalan, atsetil salitsil kislotasining maydalik darajasi 30 marta ortsa, uning terapevtik unumdorligi 2 baravar oshishi aniqlangan; sulfadimezinning o’ta maydalangan tolqon odamlarga berilganda, uning qondagi yuqori konsentratsiyasi odatdagiga nisbatan 2 soat oldin hosil bo’lib, umumiy so’rilgan miqdori 20% ko’p bo’ladi.


Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish