Moddalarning eruvchanligi. Dori moddalarning ko’pchiligi suvda yomon eriydi yoki erimaydi. Uning so’rilishini yahshilash uchun eruvchanligini oshirish lozim. Sirt faol moddalar ishtirokida yomon eriydigan yoki erimaydigan moddalarni eriydigan holatga o’tkazish mumkin. Masalan, tvin-80 ishtirokida sinestrolning eruvchanligini 31 marta, metiltestosteron eruvchanligini 20 marta, dietilstilbistrolning eruvchanligini 110 marta oshirish mumkinligi amalda isbotlangan. Shu maqsadda glitserizin kislotasining ammoniyli tuzi ham ishlatilib, uning 0.1% li eritmasi (glitseram) gidrokortizonning eruvchanligini 100 marta oshiradi. Glitseramning 0.2% li ishqoriy eritmasi furagin moddasi eruvchanligini 300 marta, furadoninnikini esa 75 marta oshiradi.
CP-7 va SP-10 sirt faol moddalari mono "ki" poliglikol dialkil efirlari bo’lib, asaley, astiron va palfitserin dorilarning eruvchanligini 50 martagacha oshirishi mumkin. Keltirilgan misollarda ko’rinib turibdiki, dori turlarini tayyorlashda dorilarning kristallik holatini, maydalik darajasini, eruvchanligini va kimyoviy holatini hisobga olgandagina yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori turi yaratish mumkin ekan.
Dori turining ahamiyati. Dori bilan davolash uning eng qulay ishlatish yo’lini tanlashga bog’liq. Shuning uchun dori ishlab chiqarishning o’sishi uni tayyorlash jarayoning takomillashuvi va yangi dori turlarining yaratilishi bilan bog’liq bo’ladi. Dori turi dialektik nuqtai nazardan dori va yordamchi moddalar hamda texnologik jarayonlar majmuasidir. Dori turlarini tanlash uni tanaga yuborish yo’lini ham ifodalaydi. Shu sababdan dorilarning so’rilishi, ta'sir qilishi uchun ketgan vaqt hamda qaysi a'zoda ta'sir ko’rsatishi dori turini yuborish usuliga bog’liq bo’ladi. Masalan, nitroglitserinning tabletka dori turi til ostiga qo’yib qabul qilinganda, 2-5 daqiqa ichida o’z ta'sirini ko’rsatadi. Aerozol holida oktil nitrat og’iz bo’shlig’iga purkalganda esa 30 soniya ichida stenokardiya xurujini to’xtatadi. Astma kasali huruj qilganida ishlatiladigan prednizolon va efedrin ham aerosol dori turida tabletkasiga qaraganda bir necha marta tez ta'sir qiladi. Bu dori turi ta'sir qilish tezligi bo’yicha ko’pincha inyeksiya uchun ishlatiladiganlaridan ham ustun keladi. Ayrim hollarda og’iz orqali yutiladigan dori turiga nisbatan yo’g’on ichak orqali (rektal) yuboriladigan dori turi afzalroq hosoblanadi. Masalan, sistamin gidroxlorid tabletkasi qabul qilingach, so’rilish 58% ni tashkil etsa, xuddi shu miqdorda shamcha shaklida ishlatiladiganda 85.3% ni tashkil etadi. Amidopirin shamcha shaklida ishlatilganda 5 daqiqadan so’ng qonga so’rilib, o’tganligi aniqlangan. Tolqon holida ishlatilganda esa 15-20 daqiqadan so’nggina aniqlangan. Huddi shunday xolat, izadrin gidrohloridda ham kuzatilgan.
Tiotriazazin preparati jigar kasalliklarida va yaralarni davolashda ishlatiladi. Uning uch hil dori turi yaratilib (eritma, tabletka, shamcha) har hil usullar bilan (og’iz orqali, yo’g’on ichakka, mushak orasiga va qorin bo’shlig’iga) yuborib ko’rilganda, ularning hammasi jigar kasalligini davolashni tezlashtirishi, lekin tabletka dori turi terapevtik unumdorligining yuqoriligi kuzatilgan.
Etaden qiyin bitadigan yaralarni davolashda ishlatiladi. Uning venaga, yo’g’on ichakka yuboriladigan va og’iz orqali qabul qilinadigan dori turlari tayyorlangan. Ular ichida shamchalarning terapevtik unudorligi yahshiroq aniqlangan.
Triftazin qiyom holida ishlatilganda tabletka hoiidagidan ko’ra tez so’riladi va uzoq muddat ta'sir etadi.
Furagin kapsula xolida so’rilishi 87%, tabletka xolida 50% ni tashkil etadi.Ovqatdan so’ng qabul qilinganida esa so’rilishi 8 marta ortadi.
Fenosal granula xolida tabletka va tolqonlar xolidagiga nisbatan faolroq ta'sir ko’rsatishi tajribada isbotlangan.
Yordamchi moddalarning ahamiyati. Dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan barcha yordamchi moddalar, ularning kimyoviy, fizik va boshqa tomonlardan betaraf bo’lishiga qaramasdan, biofatmatsevtik nuqtai nazardan befarq deb bo’lmaydi. Ular ma'lum darajada dori moddalarning ajralib chiqish va so’rilish tezligiga ta'sir ko’rsatib, dorilarning ta'sir kuchini oshiradi yoki susaytiradi. Shuning uchun dori turini tayyorlashda tanlab olinadigan yordamchi moddalar har bir dori modda uchun o’ziga hos bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir . Asossiz ravishda tanlab olingan yordamchi moddalar dori ta'sirini kamaytiribgina qolmay, umuman yo’qqa chiqarishi mumkin. Ta'sir qiluvchi modda bilan yordamchi moddalar o’zaro birikib, kompleks birikma hosil qilishi, adsorbsiyalanishi natijasida so’rilish tezligi keskin o’zgarishi mumkin. Adabiyotlarda yordamchi moddalarning biofarmatsiyagata'sirini ko’rsatadigan ilmiy ishlar ko’p.
Fenobarbitaldan PEO-400 yordamchi moddasi bilan tayyorlangan shamcha va tabletka suvda qiyin eriydigan kompleks hosil bo’ladi. Natijada fenobarbitalning so’rilishi juda yomonlashadi, shuning uchun ta'sir qilmaydi. Agar shunday dori turlari natriy barbital yoki boshqa barbituratlar bilan tayyorlansa ishlatilgan PEO dorilar ta'siriga hech qanday salbiy ta'sir ko’rsatmaydi.
Ko’p ishlatiladigan, befarq hususiyatga ega deb qarab kelingan sut qandi ham biofarmatsiya nuqtai nazaridan bunday emas ekan. Masalan, testosteron sut qandi bilan birgalikda ishlatilganda so’rilish tezligi ortadi, pentabarbitalniki kamayadi. Sut qandi ta'sirida ko’p dorilarning turg’unligi yo’qoladi.
Ampuladagi B41 0 darmon dorisi natriy sulfit, natriy metabisulfit va boshqa sulfitlar ishtirokidaturg’unligi kamayadi.
Shu ma'noda yuqorida keltirilgan yordamchi moddalarni tabletkalar terapevtik faolligini susaytirishi bo’yicha quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:
qand 7. glyukoza 7, sut qndi 7, kalsiy karbonat
Xuddi shu hodisa piratsen, kobalt -30, kupir tabletkalarida ham kuzatiladi. Zamburug’larga qarshi ishlatiladigan nitroksalin PEO, qattiq yog’ va kakao moyi asoslarida tayyorlangan surtma va klizma dori turlarining antimikotin faolligi tekshirib ko’rilganda, PEO asosdagisining afzalligi kuzatiladi.
Texnologik omillarning ta 'siri. Dori turning sifati, turg’unligi, terapevtik unumdorligi uni tayyorlash jarayoniga ko’proq bog’liq bo'ladi.Dori tayyorlashda ma'lum bo’lgan omillar maydalash, quritish, donadorlash, taxtakachlash va x.k. lar tayyor dorilarning terapevtik unumdorligiga ta'sir ko'rsatadi.Shuning uchun bu omillar hisobga olinsa, maqsadga muvofiq dori turini tanlash va uni faolligi ta'minlanadi. Taxtakachlash bosimining biofarmatsevtik ko’rsatkichlarga ta'sirini stafilokokk anatoksini misolida ham ko’rish mumkin. 100 mPa bosimda olingan tabletkalarning faolligi 4-5 bo’lib, 250 mPA bosimda 22.2-27.7% va 16% ni tashkil qiladi.
To’g’ridan-to’g’ri taxtakachlab olingan tabletkalardagi dori moddalarning so’rilish tezligi ko’pincha donadorlash orqali olinganiga nisbatan yuqori ekanligi amaliyotda tasdiqlangan. Sifatli turg’un va yuqori terapevtik unumdorlikka ega bo’lgan dori tayyorlash uchun maqsadga muvofiq texnologik omillarni tanlab olish bu misollardan ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |