Farmatsevtik kimyo



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   437
Bog'liq
farmxim

KOKAIN GIDROXLORID 

Cocaini hydrochloridum 

Benzoilekgoninning metil efiri, gidroxlorid 

 

Kokain  Janubiy  Amerikaning  tropik  o‗rmonlarida,  Hindiston,  SHri  Lanka  va  YAva  orolida 



ko‗p tarkalgan koka (Erythexylaceae sosa) o‗simligining bargida bo‗ladi. Bargning tarkibida kokainga 

yakin  boshqa  har  xil  alkaloidlar  ham  bo‗lib,  ularning  umumiy  miqdori  o‗rta  hisobda  1  —1,5  % 

gachadir. Uning taxminan 0,5 %ni  o‗simlikning asosiy alkaloidi — kokainga to‗g‗ri keladi. Usimlik 

tarkibidagi 

alkaloidlarga 

kokaindan 

tashqari 

benzoilekgonin, 

tropakokain, 

metilekgonin, 

sinnamilkokain,  a  va  (3-truksillin  kabi  alkaloidlar  kiradi.  Farmakologik  ta‘siri  jihatidan  kokain 

ulardan birmuncha kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

267 


 

Koka bargidagi barcha alkaloidlarning kimyoviy tuzilishining asosini bitsiklik aminooksikislota 

ekgonin tashkil qiladi. Ular o‗zaro bir-birlaridan ekonindagi karboksil guruhiga metil spirti qoldig‗ining 

efirsimon birikkan  

yoki  birikmaganligi  hamda  ikkilamchi  gidroksil  guruhiga  birikkan  kislota  qoldig‗ining  har  xilligi 

bilan farqlanadi. 

 

Koka  o‗simligining  bargidan  ajratib  olingan  alkaloidlarning  aksariyat  ko‗pchiligi  kokainga 



o‗xshash ekgonin xosilasidan iborat. SHuning uchun xam xozirgi vaqtda kokainni yarim sintetik usul 

bo‗yicha  olishda  o‗simlikni  sulfat  kislota  bilan  ishlab,  undan  ajralib  chiqqan  alkaloidlar 

yig‗indisini eruvchan sulfat tuziga o‗tkaziladi. So‗ngra eritmadan natriy gidroksid eritmasi ta‘sirida 

alkaloidlarning  barchasini  asos  holida  cho‗ktiriladi.  CHo‗kmani  yig‗ib  olib,  natriy  gidroksid 

eritmasida  qizdirish  yordamida  gidrolizlab  ekgoninning  natriyli  tuziga,  keyinchalik  esa  uni  sulfat 

kislota bilan neytrallab ekgoninga o‗tkaziladi. Natijada shu yo‗l bilan olingan ekgonindagi karboksil 

guruxni metillab, so‗ngra esa undagi ikkilamchi gidroksil guruxidagi vodorod o‗rniga benzoat kislota 

qoldig‗i biriktirib kokain olinadi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

268 


 

Koka bargidan ajratib olingan barcha ekgonin qator alkaloidlarini parchalab ekgonin olish va 

so‗ngra  uni  qayta  ishlab  kokainga  o‗tkazish  birmuncha  qulaylikka  ega  bo‗lib,  hozirgi  vaqtda 

kokainni olishda asosiy va birdan-bir usul hisoblanadi. 

Tibbiyotda  kokainning  gidroxlorid  tuzi  qo‗llanadi.  U  hidsiz,  achchiq  mazali,  rangsiz, 

ninasimon kristall yoki oq kristall kukun bo‗lib, suvda juda oson eriydi, 95 % li spirtda, xloroform 

va  glitserinda  eriydi,  efirda  esa  erimaydi.  Preparat  100—105°S  haroratda  suyuqlanadi.  Kokain 

gidroxlorid kristalidan til ustiga qo‗yilsa, uni jonsizlantiriladi va og‗riq sezmaydigan qilib qo‗yadi. 

Kokain  chinligini,  unga  konsentrlangan  sulfat  kislota  ta‘sir  ettirib,  suv  xammomida 

qizdirilgandan  so‗ng,  biroz  suv  qo‗shilishi  bilan  xushbo‗y  hidli  benzoat  kislotasining  metil  efiri 

hosil  bo‗lishi  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bu  reaksiya  kokainni  kislota  ta‘sirida  gidrolizlanib,  benzoy 

kislota va metanolga parchalanishi va ularning o‗zaro birikib, benzoy kislotaning metil efirini xosil 

qilishiga  asoslangan.  Aralashma  uzoq  vaqt  turishi  natijasida  sovib,  kristall  shaklida  spirtda 

eriydigan benzoy kislotasini ajratib chiqaradi.     

Preparatning  eritmasiga  1  %  li  kaliy  permanganat  eritmasi  qo‗shilganda,  binafsha  rangli 

kristall cho‗kma holida kokainning permanganat tuzi hosil bo‗ladi.

16

 

C



17

H

21



NO

4

 • HCI + KMnO



4

 → C

17

H

21



NO

4

* HMnO



4

↓ + KSl  

Kokain gidroxlorid ushbu reaksiya orqali novokaindan farqlanadi. Kokain gidroxlorid xam boshqa 

alkaloidlarga  o‗xshash ko‗pchilik umumiy  alkaloidlarni  cho‗ktiruvchi reaktivlar, jumladan  pikrin 

kislota, Dragendorf reaktivi va boshqalar bilan turli rangga bo‗yalgan cho‗kmalar hosil qiladi. 

Kokain gidroxloriddagi xlor ionini odatdagicha kumush xlorid xolida cho‗ktirib aniqlanadi. 

Preparatning miqdorini barcha tropan qator alkaloidlariga o‗xshash suvsiz muhitda kislota-asos 

titrlash usuli bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda ma‘lum miqdordagi  preparatning  suvsiz  sirka  kislotadagi 

eritmasini simob (II)-atsetat va kristallik   binafsha   indikatori   ishtirokida   perxlorat kislotasining 

suvsiz sirka kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Kokain  gidroxloridning  miqdorini  yana  uning  tarkibidagi  kislota  qoldig‗i  asosida  spirtdagi 

eritmasini,  xloroformda  va  fenolftalein  indikatori  ishtirokida  natriy  gidroksidning  0,1  mol/l  eritmasi 

bilan titrlab xam aniq-lanadi. 

Preparatni  mahalliy  anesteziyalovchi  modda  sifatida,  ko‗z,  quloq,  tomoq  va  burun 

kasalliklarida  2,5—5%  li  eritmasi  ishlatiladi.  Kokain  gidroxloridning  katta  kamchiliklaridan  biri, 

unga kishi organizmining tez o‗rganib qolishi (kokainizm) va natijada og‗ir kasallikka chalinishidir. 

Kokain gidroxlorid ohzi maxkam berkitilgan idishlarda «A» ruyxati bo‘yicha saqlanadi.  

 Nazorat savollari 

1.  Muammoli ta‘lim texnologiyalarining o‗qitishdagi ahamiyati. 

2.  Muammoli ta‘lim turlari 

3.  Muammoli vaziyat metodi 

4.  Muammoli ta‘lim texnologiyalarining qanday imkoniyatlarga ega? 

                                                             

13. 


16

 

A.N.Yunushodjaev,  Q.A.Ubaydullaev  va  b.  Farmatsevtik  kimyo.    Toshkent,  «Extremum 



press», 2011 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

269 


 

5.  Muammoli vaziyatlarni hal qilish necha bosqichda kechadi? 

6.  Muammoli vaziyatning turlari 

7.  Muammoli vazifalarni tashkil qilish. 

 


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish