Farmatsevtik kimyo


Miqdori: Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash  usuli    Ishlatilishi



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   437
Bog'liq
farmxim

Miqdori: Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash 

usuli   


Ishlatilishi: Mahalliy aneste-ziyalovchi 

modda sifatida qo‗llaniladi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

263 


 

Atropin,  skopolamin,  tropatsin  va  tropafenlarning  chinligini  ularni  barchasiga  xos  Vitali-

Moren  reaksiyasi  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  preparatning  namunasiga  bir  necha  tomchi 

konventrlangan  nitrat  kyaslotasi  qo‗shib,  suv  hammomida  bug‗lantiriladi.  Keyinchalik  unga  kaliy 

gidroksidining spirtdagi eritmasi va atseton qo‗shilganda, biroz turish natijasida binafsha rangli, xinoid 

tuzilishidagi modda hosil bo‗ladi. 

Reaksiyani  atropin  va  tropatsin  misolida  kuyidagi  kimyoviy  tenglamalar  bo‗yicha 

ifodalash mumkin: 

 

 

 



Gomatropin gidrobromid Vitali-Moren reaksiyasini bermaydi va shu bilan boshqa tropan qator 

preparatlaridan farqlanadi.  Atropin  bilan  gomatropinning  chinligini  ularning  eritmalaridan  ishkoriy 

muhitda  asos  holida  cho‗ktirib  olib  ham  aniqlanadi.  Masalan,  atropin  sulfat  eritmasidan  atropinii 

ammiak  eritmasi  ta‘sirida  asos  holida  cho‗ktirib,  so‗ngra  uni  ajratib  quritiladi  va  suyuqlanish 

harorati aniqlanadi. Atropin asos 115—117°S haroratda suyuqlanib ketishi lozim. 

 

Gomatropinni  asos  holida  uning  gidrobromidli  tuzining  eritmasidan  natriy  gidroksid  eritmasi 



ta‘sirida  cho‗ktiriladi.  CHo‗kmani  xloroform  yordamida  ekstraksiya  qilib  olib,  so‗ngra  xloroformni 

bug‗lantiriladi.  Keyinchalik  gomatropin asosga 2 %  li simob dixloridning 60 %  li spirtdagi eritmasi 




Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

264 


 

qo‗shilsa,  u  avval  sariq  rangga,  so‗ngra  esa  qizilgishtsimon  rangli  cho‗kmaga  o‗tadi.  Bu  reaksiya 

gomatropinni atropindan farqlantiradi. 

Tropatsinning  chinligi  uning  pikrat  kislota  bilan  197—199°S  haroratda  suyuqlanib 

ketadigan sariq cho‗kma hosil qilishi bo‗yicha ham aniqlanadi. Bunda tropatsin pikrat kislota bilan 

ko‗sh molekulyar birikma hosil qiladi. 

Tropafenning  chinligi  Vitali-Moren  reaksiyasidan  tashqari,  uning  kimyoviy  tuzilishidagi 

efirsimon birikkan sirka kislota qoldig‗i asosida o‗ziga xos hidli etilatsetat efiri hosil qilish reaksiyasi 

bo‗yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatni avval kaliy gidroksidning spirtdagi eritmasi bilan 

gidrolizlab, so‗ngra unga 50 % li sulfat kislota qo‗shib qizdirilganda etil atsetat efiri hosil bo‗ladi. 

 

Tropan  alkaloidlari  ham  boshqa  alkaloidlarga  o‗xshash,  cho‗ktiruvchi  reaktivlar  bilan  turli 



tarkibdagi cho‗kmalar  hosil kiladi. Masalan, yod eritmasi bilan qo‗ng‗ir rangli poliyodid, Dragendorf 

reaktivi bilan esa to‗q sariq cho‗kma beradi. 

Dragendorf  reaktivi  bilan  bo‗ladigan  reaksiyani  farmakopeya  maqolasida  tropafenning 

chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida tavsiya qilinadi. 

Atropin sulfatdagi sulfat ionini bariy sulfat, tropatsin va tropafendagi xlor ionini kumush xlorid 

holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

Skopolamin  va  gomatropin  gidrobromidlardagi  brom  ionini,  ularning  eritmasidan  kislotali 

muhitda  xloramin  ta‘sirida  erkin  brom  holida  ajratib  chiqarib,  so‗ngra  uni  eritmaga  qo‗shilgan 

xloroformni to‗q sariq rangga bo‗yashi bo‗yicha aniqlanadi. 

 

Tropan  qator  alkaloidlarning  miqdorini  suvsiz  muhitda  kislota-asos  titrlash  usuli  bo‗yicha 



aniqlanadi. Bunda alkaloidlarning galogen vodorodli tuzlarining suvsiz sirka kislotadagi eritmasini 

simob  (II)  atsetat  kristallik  binafsha  indikatori  ishtirokida  perxlorat  kislotasining  suvsiz  sirka 

kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

265 


 

Atropin  sulfatni  simob  (I I)   atsetat  qo‗shmagan  holda  titrlanadi.  Reaksiyani  atropin  sulfat  va 

tropatsin misolida quyidagi tenglamalar bo‗yicha ifodalash mumkin: 

 

Preparatlarning  miqdorini  ulardagi  kislota  qoldig‗i  asosida  neytrallash,  galogenovodorodli 



tuzlarini  esa  yana  argentometrik  usullar  bo‗yicha  ham  aniqlanadi.  Masalan,  atropin  sulfat  va 

gomatropin  gidrobromidning  suv-spirt  aralashmasidagi  eritmasi  xloroform  va  fenolftalein  indikatori 

ishtirokida  natriy  gidroksidning  0,1  mol/l  eritmasi  bilan  titrlanadi.  Reaksiya  natijasida  hosil 

bo‗lgan alkaloid asosni ekstraksiya qilish maqsadida titrlash xloroform ishtirokida olib boriladi. 

Skopolamin  gidrobromidning  miqdorini  argentometrik  usul  bo‗yicha  ham  aniqlashda 

preparatning eritmasini sirka kislota muhitida bromfenol ko‗ki indikatori ishtirokida kumush nitratning 

0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

Tropatsinni  neytrallash  usulida  aniqlashda  avval  uni  kaliy  gidroksidning  spirtdagi  eritmasi 

bilan  qaynatish  yordamida  gidrolizlanadi.  Natijada  hosil  bo‗lgan  kaliy  difenilatsetatni.  xlorid  kislota 

bilan  neytrallab,  difenilatsetat  kislota  holida  cho‗ktiriladi.  So‗ngra  uni  efir  bilan  ekstraksiya  qilib 

olinadi.  Undan  efirni  bug‗latgandan  keyin,  difenilatsetat  kislotasini  spirtda  eritib,  eritmani 

fenolftalein indikatori ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

Tropan  qator  preparatlarini  tibbiyotda  turli  kasalliklarni  davolashda  qo‗llanadi.  Masalan, 



atropin  sulfatni  me‘da va o‗n  ikki barmoq  ichak  yaralarida, ichak va  siydik  yo‗llarining spazmasida, 

shuningdek  holetsistit,  bronxial  astma  va  boshqa  kasalliklarni  davolashda  qo‗llanadi.  U  ko‗z 

kasalliklarida diagnostika uchun ko‗z qorachig‗ini kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

266 


 

Atropin  sulfatni  0,25—0,  5  mg  dan  kuniga  2—3  marta  ichiriladi.  Ko‗z  tomchisida  0,25  %  li 

eritmasi ishlatiladi. 

Skopolamin 

gidrobromidni  ba‘zida 

psixoterapiyada 

(tinchlantiruvchi 

vosita 


sifatida), 

parkinsonizm  va  boshqa  kasalliklarda  ishlatiladi.  Undan  atropin  sulfatga  o‗xshash  ko‗z  korachig‗ini 

kengaytiruvchi modda sifatida foydalaniladi. Preparatni 0,25—0, 5 mg dan ichiriladi, yoki 0,5—1 ml 

dan 0,05 %li eritmasi teri ostiga yuboriladi. Uning 0,25 %li eritmasi ko‗z tomchisi sifatida ishlatiladi. 

Skopolamin  «Aeron»  tabletkasi  (0,0001  g  skopolamin  kamforat  va  0,0004  g  giassiamin 

kamforat) holida dengiz va havo kasalliklarining oldini olishda va davolashda ham qo‗llaniladi. 

Gomatropin  gidrobromid  farmakologik  ta‘siri  jihatidan  atropin  sulfatga  yaqin  turadi.  Biroq 

unga qaraganda birmuncha  kuchsiz  va  qisqa  muddat ta‘sir  ko‗rsatadi. Gomatropin gidrobromidni 

asosan  0,1—0,25  %  li  eritmasi  ko‗z  tomchisi  holida  ko‗z  qorachig‗ini  kengaytiruvchi  sifatida 

ishlatiladi.  Tropatsinni  parkinson,  falaj  va  mushak  tonusining  kuchayib  ketishi  natijasida  kelib 

chiqadigan ba‘zi kasalliklarni davolashda 0,01—0,025 g dan kuniga 1—2 marta yoki uning 1 % li 

eritmasi 10—15 tomchidan kuniga 2—3 marta ichiriladi. 

Tropafenni  periferik  qon  aylanishining  buzilishidan  kelib  chiqadigan  turli  kasalliklarni, 

jumladan  endarteriit,  akrotsianoz,  Reyno  xastaligi  va  boshqalarda  ishlatiladi.  U  qon  tomirlari 

spazmasini yo‗qotadi va organizmda qon almashinuvini kuchaytiradi. 

Tropafenni gipertoniya kasalligining oldini olish va davolashda ham ishlatiladi. Uni 0,5—I—

2 ml dan 1% yoki 2% li eritma holida teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi. 

Atropin sulfat, skopolamin gidrobromid, gomatropin gidrobromid va tropatsinlar  «A»,tropafen 

esa  «B»  ro‗yxati  bo‗yicha  og‗zi  mahkam  berkitilgan  idishlarda,  yorug‗lik  tushmaydigan  joylarda 

saqlanadi. 




Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish