Farmatsevtik kimyo


Adenozin uchfosfor kislota



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/437
Sana26.09.2021
Hajmi7,47 Mb.
#186417
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   437
Bog'liq
farmxim

Adenozin uchfosfor kislota  

Acidum adenosintriphosphoricum  

Adenozin-5'-uch fosfor kislota 

 

 

Preparatni  adenozintrifosfat  kislotaning  suvdagi  eritmasini  natriy  gidroksid  eritmasi 



bilan suyuqlikda rN qiymati 7,0—7,3 ga teng bo‗lguncha neytrallab olinadi. 

Natriy  adenozintrifosfat  hidsiz,  oq  kristall  kukun  bo‗lib,  suvda  engil  eriydi,  spirt, 

xloroform va efirda erimaydi. 

Preparatning  chinligini  aniqlashda  quyidagi  reaksiyalardan  foydalaniladi.  Masalan, 

preparatning molekula tuzilishidagi riboza qoldig‗ini aniqlashda unga orsin (5-metil rezorsin), 

xlorid  kislota  va  temir  ( III) -xlorid  aralashmasidan  iborat  reaktiv  qo‗shib,  suv  hammomida 

isitilganda ko‗k-yashil rangga bo‗yaladi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

334 


Natriy  adenozitrifosfatning  suvdagi  eritmasiga  ammoniy  xlorid,  ammiak  va  magniy 

sulfat  eritmalaridan  qo‗shib,  qaynoq  suv  hammomida  15  minut  davomida  qizdirilganda,  oq 

cho‗kma  holida  magniy  ammoniy  fosfat  tuzi  hosil  bo‗ladi.  Bu  reaksiya  orqali  preparat 

tarkibidagi efirsimon birikkan fosfat kislota qoldig‗i isbotlanadi. 

 

Preparat  tarkibidagi  fosfat  kislota  qoldig‗ini  yana  uni  sitrat  kislota  bilan  qizdirish 



yordamida  gidrolizlab,  so‗ngra  eritmadan  fosfat  ionini  ammoniy  molibdat  eritmasi 

ta‘sirida sariq rangli fosfat molibden kislota — N

3

RO

4



* 12MoOz ga o‗tkazib aniqlanadi. 

Natriy  adenozintrifosfatdagi  natriy  ioni  odatdagicha  alanganing  rangsiz  qismini  sariq 

rangga bo‗yashi orqali yoki sinkuranilatsetat bilan sariq cho‗kma holida cho‗ktirib aniqlanadi. 

Preparatning  miqdori  spektrofotometrik  usul  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  ma‘lum 

miqdordagi  preparatning  suvdagi  eritmasini  5  %  li  ammiak  eritmasi  yordamida  rN 

qiymatini  8,5—9,  5  ga  keltirib,  so‗ngra  eritmaning  ma‘lum  bir  qismi  sorbent  solingan 

xromatografik  naychadan  o‗tkaziladi.  Naychadagi  preparatni  avval  suv  bilan  (adenozin 

qo‗shilmalaridan tozalash maqsadida) yuviladi, keyin esa natriy xloridning 0,01 mol/l xlorid 

kislotadagi  0,02  mol/l  eritmasi  bilan  (adenozinmonofosfat,  adenozindi-fosfatlardan  ozod 

qilish maqsadida) yuviladi. Keyinchalik xromatografik naychadagi adenozintrifosfat kislota 

natriy  xloridning  0,01  mol/l  xlorid  kislotadagi  0,2  mol/l  eritmasi  bilan  yuviladi.  Naychadan 

o‗tgan suyuqlikning (elyuatni) rN qiymati 2 ga teng bo‗lguncha xlorid kislotasining 2 mol/l 

eritmasidan qo‗shib, spektrofotometrda uning optik zichligi 260 nm to‗lqin uzunligida o‗lchab 

miqdori aniqlanadi.  

Preparatning  miqdori  yana uning  tarkibidagi  azot asosida Keldal usuli yordamida  yoki 

fosfat  kislota  qoldig‗i  bo‗yicha  aniqlanadi.  Bunda  preparatni  oldindan  nitrat  kislota  bilan 

qizdirib  gidrolizlanadi  va  hosil  bo‗lgan  eritmadan  fosfat  kislotani  molibden  suyuqligi  bilan 

fosfatmolibden  kislotaga  o‗tkaziladi.  So‗ngra  unga  birorta  qaytaruvchi  xossali  modda, 

jumladan  askorbin  kislota  ta‘sirida  ko‗k  yashil  rangli  birikma  «molibden  ko‗ki»ga  o‗tkazib, 

optik zichligini fotoelektrokolorda aniqlanadi. 

Adenozintrifosfat  kislotaning  natriyli  tuzi  koronar  tomirlarni  kengaytiradi,  yurak 

mushak oziqlanishini yaxshilaydi, arterial bosimga ta‘sir ko‗rsatadi, ko‗ndalang targ‗il va 

silliq  mushaklarni  qisqartiradi  yoki  birlashtiradi.  Preparatni  mushak  distrofiyasi  va 

atrofiyasi,  periferik  tomir  spazmasi  va  boshqa  turli  kasalliklarni  davolashda  ishlatiladi. 

Natriy  adenozintrifosfatning  1%  li  eritmasi  (Solutio  natrii  adenosintriphosphotis  1  %  pro 

injectionibus)  holida 1 ml dan ampulalarda  chiqariladi. Preparat quruq va  harorat 20° 

dan yuqori bo‗lmagan xonalarda og‗zi maxkam berkitilgan idishlarda saqlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors: Iminova I.M., Olimov X.Q., Zaripova N.T.. 

 

335 


Riboksin 

preparatiga 

kelganda, 

kimyoviy 



tuzilishi 

jihatidan 

9-β-D-

ribofuranozilgipoksantin 



(gipoksantin-ribozid) 

murakkab 

sistema 

bo‗lib, 


uni 

adenozintrifosfat kislotasi hosil bo‗lishida boshlang‗ich modda deb hisoblanadi. 




Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish