Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
49
argentometrik (Mor) usul bo’yicha aniqlanadi.
Kaliy va natriy bromidlarni tibbiyotda turli asab kasalliklariga (nevrasteniya, nevroz, uykusizlik,
serjaxllik) davo qilishda tinchlantiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Ularni kuniga 3—4 marta 0,1
— 1 g dan ichiladi.
Preparatlar oqzi maxkam yopiladigan idishlarda yoruqlik ta'siridan extiyot qilingan qolda, quruq
joylarda saqlanadi.
3
NATRIY VA KALIY YODID
Natrii jodidum NaJ
M. m. 149,89
Kalii jodidum KJ M. m. 166,01
Natriy va kaliy yodidlar xam ushbu elementlarning bromid tuzlariga o’xshash olinadi. Bunda
avval sof temir qirindisini sof yod qirindisi bilan qizdirib, temir (II)-yodid bilan temir (III)-yodid
tuzlaridan tashkil topgan aralashma (Fe3J8) olinadi. Keyinchalik unga kaliy yoki natriy karbonat
ta'sir ettirib, tegishli yodid tuzlariga o’tkaziladi.
Olinishi
sof temir qirindisini sof yod qirindisi bilan qizdirib, temir (II)-yodid bilan temir (III)-yodid
tuzlaridan tashkil topgan aralashma (Fe3J8) olinadi. Keyinchalik unga kaliy yoki natriy karbonat
ta'sir ettirib, tegishli yodid tuzlariga o’tkaziladi.
Natriy va kaliy yodidlar sho’rtang-taxir, xidsiz, oq kristall kukun bo’lib, suvda juda engil eriydi,
etanol va glitserinda eriydi. Ularning ikkalasi xam gigroskopik moddadir.
Preparatlar natriy, kaliy, yodid ionlariga chinlik reaktsiyalarini beradi.
Reaktsiya natijasida ajralib chiqqan yod, suyuqlikka xloroform qo’shib chayqatilganda, uning
qatlamini binafsha rangga bo’yaydi.
Miqdori
2.
3
A.N.Yunushodjaev, Q.A.Ubaydullaev va b. Farmatsevtik kimyo. Toshkent, «Extremum
press», 2011
Pharmaceutical chemistry
Autors: Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T. R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova
50
Natriy va kaliy yodidlar mikdori argentometrik (Fayans) usul bo’yicha aniklanadi. Buning uchun
aniq, miqdorda tortib olingan preparatning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi sirka kislota va
natriy eozinat indikatori qo’shib, uni kumush nitratning 0,1 mol/l eritmasi bilan eritmadagi qizil
rang to’la cho’kmaga o’tmagunga qadar titrlanadi.
Natriy va kaliy yodidlarni organizmda yod etishmasligi natijasida kelib chiqadigan gipertireoz,
endemik buqoq kasalliklarini davolashda, shuningdek nafas yo’llari va ko’z kasalliklarini
(katarakt, glaukoma va x. k.) davolashda eritma va mikstura xolida 0,3—1 g, kuniga 3—4
marta ichiriladi.
Yod preparatlari og’zi maxkam yopiladigan qo’ngir shisha idishlarda saqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: