Farmatsevtik kimyo



Download 14,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/610
Sana16.01.2022
Hajmi14,06 Mb.
#376005
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   610
Bog'liq
farmatsevtik kimyo fanidan oquv uslubiy majmua

KLIOXINOL. ENTEROSEPTOL

 

ENTEROSEPTOL 

8-xlor-7-yod-8-oksixinolin 

Och sariq rangli, kristall kukun bo‘lib, suvda 

erimaydi, 95 % li spirt va boshqa organik 

erituvchilarda  eriydi. U 172°S haroratda 

suyuqlanadi. 

CHinligi: 

 

1.



 

Fenol gidroksiliga temir (III)  xlorid 

bilan reaksiyasi 

2.

 



Xlor ioniga xos kumush nitrat eritmasi 

bilan oq pishloqsimon cho‘kma hosil 

bo‘lish reaksiyasi 

3.

 



Spektrofotometrik usul 

Miqdori: 

Suvsiz muhitda kislota asos titrlash 

usuli 

Ishlatilishi:

Amyobali dizenteriyada 

qo‘llaniladi   

 

YUqorida nomi keltirilgan preparatlarning chinligini aniqlashda umumiy reaksiya sifatida, ular 



molekulasidagi fenol gidroksiliga xos temir (III) xlorid bilan turli rangga bo‘yalgan birikma hosil qilish 

reaksiyasidan foydalaniladi. Masalan, xinozolning suvdagi eritmasi temir(III) xlorid ta’sirida 

ko‘kimtir-yashil, nitroksolinning 0,1 mol/l xlorid kislotadagi eritmasi qoramtir-yashil, 

klioxinolning eritmasi esa ko‘kimtir-yashil rangli birikmalar hosil qiladi. 

Xinozolning suvdagi eritmasiga natriy karbonat eritmasi qo‘shilsa, och sariq cho‘kma holida 

sof 8-oksixinolin cho‘kadi. U natriy karbonatning ortiqchasida eruvchan fenolyat hosil kiladi. 

 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

323 


 

Xinolzoldagi sulfat kislota qoldig‘ini bariy sulfat holida cho‘ktirib aniqlanadi. 

Nitroksolindagi nitroguruh asosida azobo‘yoq hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha ham uning 

chinligi aniqlanadi. Bunda avval nitroguruh rux kukuni va xlorid kislota yordamida 

aminoguruhgacha qaytariladi. So‘ngra unga natriy 

nitrit  va  β-naftolinning ishqordagi eritmasi 

qo‘shilsa, to‘k sariq-qizil rangli cho‘kma holida azobo‘yoq hosil bo‘ladi. 

 

Nitroksolinning chinligi farmakopeya maqolasida keltirilgan temir (III)   xlorid va azobo‘yoq 



hosil qilish reaksiyalaridan tashqari, boshqa reaksiyalar bo‘yicha ham aniqlanadi.  Masalan, kukun 

holidagi nitroksolinga bir necha tomchi natriy gidroksid eritmasi ta’sir ettirilsa, u boshqa 

nitroaromatik birikmalarga o‘xshash, qizil rangli psevdonitrotuz hosil qiladi. 

 

Preparat tarkibidagi nitroguruhni yana konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida difenilaminni 



ko‘k rangga bo‘yashi bo‘yicha ham aniqlanadi. 

Klioxinolning chinligini aniqlashda yukorida ko‘rsatib o‘tilgan temir ( I I I ) xlorid bilan undagi 

fenol gidroksiliga xos reaksiyadan tashqari, uni spektrofotometrik hamda xromatometrik usullar 

orqali ham aniqlanadi. 

Preparatdagi organik birikkan xlor va yodni aniqlashda uni natriy, kaliy karbonat va kaliy 

nitrat tuzlaridan tashkil topgan aralashma bilan yukori haroratda qizdirib parchalanadi. So‘ngra 

aralashmani suvda eritib, eritmadagi  xlor va yod ionlarini o‘ziga xos reaksiyalar yordamida 

aniqlanadi. Masalan, yod ionini aniqlashda eritmaga xlorid kislota, natriy nitrit eritmasi va xloroform 

qo‘shib chayqatilsa, reaksiya natijasida ajralib chiqqan erkin yod xloroform qatlamini binafsha rangga 

bo‘yaydi. 

Xlor ionini eritmadan nitrat kislota muhitida kumush nitrat bilan cho‘ktirib aniqlanadi. Bunda 

bir vaqtning o‘zida sariq cho‘kma holida kumush yodid ham cho‘kadi. Kumush xlor va kumush 

yodlarni ammiak eritmasiga bo‘lgan munosabatlari orqali ajratib aniqlanadi. 



Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

324 


 

Xinozolning miqdori uning tarkibidagi sulfat kislota asosida neytrallash usuli bo‘yicha 

aniqlanadi. Bunda ma’lum miqdordagi preparat eritmasi fenolftalein indikatori va xloroform 

ishtirokida natriy gidroksidning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

 

Xinozolning miqdorini yana ko‘pchilik fenollarga o‘xshash quyidagi reaksiyalarga 



asoslangan holda bromatometrik va yodxlorometrik usullar bo‘yicha ham aniqlanadi. 

Reaksiyaga kirishmay qolgan brom yoki yodxlorning ortiqchasini eritmaga kaliy yodid 

qo‘shib, so‘ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. 

 

 



Nitroksolinning mikdori suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Buning 

uchun ma’lum miqdordagi preparatning dimetilformamiddagi eritmasini timol ko‘ki indikatori 

ishtirokida natriy metilatning 0,1 mol/l eritmasi bilan suyuqlik sariq rangdan ko‘k-yashil  rangga 

o‘tguncha titrlanadi. 

 

 

Klioxinolning miqdori ham suvsiz muhitda kislota-asos  titrlash usuli bo‘yicha aniqlanadi. 



Preparatning suvsiz sirka kislotadagi eritmasi kristallik binafsha indikatori ishtirokida perxlorat 


Pharmaceutical chemistry  

Autors:  Juraeva A.A., Muhitdinova K.Sh., Zaripova N.T.  R.A.Xusainova, A.D.Tashpulatova 

 

325 


 

kislotaning 0,1 mol/l suvsiz sirka kislotadagi eritmasi bilan suyuqlik och yashil rangga bo‘yalguncha 

titrlanadi. 

Xinozol antiseptik va qon to‘xtatish xususiyatiga ega. Uning suvdagi (1:1000,2:1000) 

eritmalari antiseptik modda sifatida yaralarni yuvishda va ginekologiya amaliyotida ishlatiladi. Uni 

talk yoki kraxmal bilan bo‘lgan 2 % li aralashmasi sepma va 5 % li malham holida ham ishlatiladi. 

Nitroksolinni asosan urologiya amaliyotida pielonefrit, sistit, uretit va boshqa kasalliklarni 

davolashda  0,1 g dan kuniga 4 marta ichiriladi. Preparat 0,05 g dan ko‘ng‘ir qobiq bilan 

qoplangan tabletkalarda chiqariladi. 

Klioxinol enterokolit, amyobali va bakteriyali dizenteriya va boshqa kasalliklarni 

davolashda 0,25 g dan chiqariladi. 

Xinozolni oddiy sharoitda og‘zi mahkam berkitilgan i dis hda  sa qla nadi.  Nitr oks olin va 

klio xin ol  e sa   «B» ro‘yxati bo‘yicha, yorug‘lik ta’siridan ehtiyot qilingan holda quruq joylarda 

saqlanishi zarur. 




Download 14,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   610




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish