Farmatsevtik biotexnologiya


O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish



Download 4,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/134
Sana28.09.2022
Hajmi4,16 Mb.
#850569
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   134
Bog'liq
farmatsevtik biotexnologiya (1)

O'simliklarni mikroklonal ko'paytirish 
O'simliklarni 
 
in vitro
sharoitda vegetativ 
ko'paytirish 
mikroklonal ko'paytirish
deb 
ataladi. Urug'li o'simliklar ikki hil yo'l bilan ko'payadi; urug'i orqali va vegetativ usulda. Ikkala 
usulning afzallik va kamchiliklari bor. Urug' orqali ko'paytirishdagi kamchiliklar: 

uzoq vaqt talab etiladi; 

ekiladigan material genetikasining turli-tumanligi. 
Vegetativ ko'paytirishda genotip saqlanadi, uzoq vaqt talab etilmaydi. Biroq aksariyat 
o'simliklarni vegetativ usulda ko'paytirib bo'lmaydi. Sababi: 

ko'pchilik navlar (masalan, eman, qayin, archa, yong'oqmevalilar va boshq.) hattoki 
yosh novda paytida ham vegetativ usulda samarali ko'paymaydi; 

yog'och shohli o'simliklar yoshi 10-15dan katta bo'lsa, ularni vegetativ usulda 
ko'paytirib bo'lmaydi; 

standart ekuv materialini olishning murakkabligi; 

yoshi katta o'simliklarni payvandlash jarayonining murakkabligi; 

yil davomida genetikasi bir hil material olish qiyin, buning uchun ishlab chiqilgan 
tehnologiyalar ham samarasiz 
O'simlik hujayralari va to'qimalari kul'turasi sohasida erishilgan yutuqlar natijasida 
o'simliklarni vegetativ ko'paytirishning yangi usuli - mikroklonal ko'paytirish usuli vujudga 
keldi. Usulning mohiyati o'simliklarning 
totipotentlik
hossasiga asoslanadi. O'simliklarni 
mikroklonal ko'paytirish usuli boshqa an'anaviy usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega: 

genetikasi bir hil ekuv materiali tayyorlash mumkin; 

meristema to'qimasidan foydalanilganligi boisidan, o'simlik viruslardan qutuladi

ko'payish koeffitsientining yuqoriligi; 

selektsiya vaqtining qisqarishi; 

o'simlik reproduktiv rivojlanish fazasiga tezroq o'tadi; 

an'anaviy usullarda ko'paytirish qiyin bo'lgan o'simliklarni ham ko'paytirish imkoniyati; 

ekuv materiali uchun katta er maydoni shart emas.
XX asrning 50-yillarida Jorj Morel' ilk marotaba orhideya o'simligini mikroklonal usulda 
ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi.
Ozuqa muhiti solingan konteynerlarga ekuv 
materiallari ekilgan. 
O'sha 
davrda 
o'simliklarning 
apikal 
meristemasini 
in vitro
sharoitda ko'paytirish 
tehnikasi ishlab chiqilgan edi. J.Morel' o'z ishida 
ushbu tehnikadan samarali foydalandi. 
50-yillarda 
apikal 
meristemani 
ko'paytirishda dastlabki eksplant sifatida chinnigul, 
no'hot, kungaboqar, makkajo'hori, qoqio't kabi 
o'simliklardan foydalanilgan. O'simlikning rivojlanishi 
va regeneratsiyasiga ozuqa muhitining tarkibi qanday 
ta'sir qilishi o'rganilgan. 
J.Morel' tadqiqotlarida simbidium apikal 
meristemalarini 
kuzatgan. 
Simbidium 
apikal 


96 
meristemalari sharsimon sferalar -
protokormlar
hosil qilgan. Protokormlarni bo'lib, alohida har 
bir bo'lagini ozuqa muhitiga ekish mumkin. Har bir bo'lak ildiz chiqarib ko'chat holiga keladi. 
Morel' bu ishlarni uzluksiz amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Natijada yuqori sifatli, 
viruslardan holi, genetikasi bir hil ko'chatlar olish usuli yuzaga keldi.
Mikroklonal ko'paytirish usulida turli-tuman o'simliklarni, jumladan, yoshi katta 
yog'och shohli darahtlar, ayniqsa ignabarglilar, dorivor o'simliklarni ko'paytirish mumkin. Butkul 
yo'qolib ketish havfi bo'lgan o'simliklarni ham shu usul yordamida saqlab qolsa bo'ladi.
Yog'och shohli o'simlik to'qimalari kul'turasi haqidagi dastlabki ma'lumotlar fransuz 
olimi Gotre tomonidan XX asrning 20-yillarida chop etilgan. Unda qayrag'och, qarag'ayning 
ayrim turlari 
in vitro 
sharoitda kallus hosil qilishi mumkinligi aytilgan. 40-yillarda olib borilgan 
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qayrag'ochning turli to'qimalaridan adventiv shohchalar o'sar ekan. 
Biroq shohchalar o'sib, ko'chat bo'lib etilishi haqida ma'lumotlar olinmagan. 60-yillarning 
o'rtalarida Mates tog'terakdan olingan regenerantni (o'simlik tanasining biror eridan kesib 
olingan va qayta tiklangan to'qima yoki organ) ko'chat holigacha etishtirishga muvaffaq bo'ldi. 
Ignabarglilar to'qimalari kul'turasi olimlar uchun uzoq yillargacha tadqiqot ob'ekti bo'lib 
kelgan. Sababi, o'sha davrda o'simliklardan ajratilgan hattoki yosh to'qimalarni ham o'stirishda 
muammolar etarli edi. Ma'lumki, darahtlar ayniqsa, ignabarglilar sekin o'sadi, ildizining 
rivojlanishi ham qiyin kechadi. Bundan tashqari, ignabarglilardan juda ko'p miqdorda ikkilamchi 
moddalar (fenollar, terpenlar va boshq.) ajraladi. O'stirish uchun daraht tanasidan to'qimalar 
ajratilganda ushbu ikkilamchi moddalar fenolaza fermentlari ta'sirida oksidlanadi. Oksidlangan 
moddalar esa o'z navbatida hujayralarni bo'linishini va ularni o'sishini, rivojlanishini to'htatadi. 
Lekin shunga qaramay, olimlar tadqiqot uchun aynan darahtlarning organ va to'qimalarini 
tanlamoqdalar. Bugungi kunga kelib, 200 dan ortiq daraht turlarini (kashtan, eman, qayin, 
tog'terak, tog'terak va terak gibridi, qarag'ay, zarang, archa va boshq.)
in vitro
sharoitda 
o'stirishga erishildi. Soha bo'yicha ilmiy izlanishlar dunyoning ko'plab shaharlarida hali davom 
etmoqda.

Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish