akariotlar
(hujayra yadrosi bo’lmagan organizmlar-viruslar, viroidlar)
prokariotlar
(haqiqiy yadro o’rniga membrana bilan ajratilmagan genofor yoki nukleoid
bo’lib, u bitta halqasimon xromosomadan iborat.Prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv
o’tlari, sianobakteriyalar kiradi.)
eukariotlar
(ularda hujayra yadrosi bor.Yuqorida nomlari tilga olingan organizmlardan
boshqa barcha organizmlar-zamburug'lar, suv o’tlari, o’simliklar va h ayvonlar eukariotlarga kiradi)
Bu uch guruh vakillarining barchasida genetik material bo’lsada, akariotlarda ayrim nuklein
kislotalar yo’q. Ular tirik hujayra tashqarisida ko’paya olmaydilar.
Bakteriyalar hujayraviy tuzilishga ega bo’lgan organizmlardir, ularda nuklein kislotalarning
ikkisi-DNK va RNK mavjud. DNK ularda uzuksimon xromosoma ko’rinishida. Ularning
ko’pchiligi ozuqa muhitlarida ko’payadi. Bakteriyalar orasida parazit turlari xam bor. Lekin
bakteriyalarning parazitizmini hujayraviy, viruslarnikini esa genetik deyish mumkin.Chunki
viruslarda parazitizm genetik darajada rivojlanadi. Shunday qilib bakteriyalar- funktsional va
genetik jihatdan bir-biri bilan bog'langan strukturalardan iborat organizmlar. Bakteriya
hujayrasining genetik materiali barcha funktsiyalarni to’liq bajarsa xam, yadro ko’rinishida
jamlanmagan. Shuning uchun bakteriyalar prokariot organizmlar guruhiga kiritiladi.
Zamburug'lar, o’simliklar va hayvonlar hujayralarida sitoplazmadan ajratilgan, haqiqiy yadro
mavjud. Shuning uchun ular eukariot organizmlar guruhiga kiritiladi.
Viruslar eng mayda organizmlar bo’lib, ularning o’lchami 20—300 nm(nanometr)ga teng
bo’ladi. 1 nanometr=10
-9
metr ya'ni metrning milliarddan bir ulushi.
Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o’taolmaydigan filtrlardan o’ta olganligi uchun
filtrlanuvchi viruslar
xam deyiladi. Viruslarni o’rganuvchi fan virusologiya deb ataladi.Viruslarni
1892-yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. Viruslar o’zining parazitizmi bilan boshqa
organizmlardan ajralib turadi.O’simliklar, hayvonlar, bakteriyalar va xatto zamburug'larda parazitlik
qiluvchi viruslar aniqlangan.
Virusning tuzilishi deyilganda uning strukturaviy bloklardan iborat spetsifik «qurilishi» yoki
arxitektonikasi (yunoncha
archi
-boshlang'ich, dastlabki,
tecton
-usta, master) nazarda tutiladi.
Organizmdan tashqarida virus kristall ko’rinishda bo’ladi va u
virion
deyiladi. Har bir virion
toza xolda bir-biri bilan kovalent bog'lanmagan nuklein kislota va oqsildan iborat. Virion-intakt
(lotincha
intactus
-tegilmagan, shikastlanmagan), yuqish xossasiga ega virus.
Do'stlaringiz bilan baham: |