Farmatsevt asosiy vazifalaridan biri - jamiyat va bemor kishi salomatligi yo'lida holis mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorga diqqate'tibor, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdir. O‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish, farmatsevt xodimining yuksak vazifasini anglash, o‘z Vataniga mehrmuxabbat va sadoqatni, burchiga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning olijanob an'analarini saqlash hamda ko‘paytirishdan iboratdir. Buyuk allomalar fikricha, ahloqda diyonat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, burch, javobgarlik, mas'uliyat, iffat, hayo, idrok, hayrixohlik, sadoqat, muxabbat, qadr-qimmat, nomus, xulq-atvor, baxt kabi insoniy hislatlar mujassamlashgandir. Yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan farmatsevt xodimi o‘z burchini aniq va sifatli bajaradi.
Farmatsevt deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tibbiyot va farmatsevt xodimlar xulq-atvorining natijasini yana ham oshirishga
qaratilgan qoidalarni o‘rganish;
- farmatsevtika sohasidagi noqulay omillarga chek qo‘yish;
- farmatsevt xodimlar bilan bemorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish;
- samarali bo‘lmagan farmatsevtik faoliyatining zararli oqibatlarini tugatish.
Korxona rahbari yoki dorixona mudirining topshiriqlari, ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida aniq bekamu-ko‘st, vijdonan bajarishi hamda kasbiy faoliyatining ahloqiy asoslarini va madaniyatini yuksaklikka ko‘tarishni tadbiq etish farmatsevtning asosiy deontologik vazifalaridan biridir.
Farmatsevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib, xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak. Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik, manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat hisoblanadi. Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, xodimlarning yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan jamoalarda - intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik bilan yechiladi. - Farmatsevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib, xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak. Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik, manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat hisoblanadi. Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, xodimlarning yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan jamoalarda - intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik bilan yechiladi.
Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi
Kasb-hunarlar orasida tibbiyot xodimi, farmatsevt kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir ustida ishlaydilar. Binobarin, bu ikki tomon nutq madaniyati yoki nutq odobi bir-biriga chambarchas bog‘langanligini ko‘ramiz. Bilvosita biz odob tushunchasining mohiyatini eslaylik. Odob jamiyatda, kishilar bilan muomilada o‘zini tuta bilish; axloq tarbiya va uning normalaridir. Biz ko‘zda tutgan nutq tabiiyki, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta, tibbiyot ilmi bilan ham bog‘liqdir. Odob tushunchasi esa axloq, tarbiya, uning normalari bilan izohlanadi. Shu ma'noda, yuqorida keltirilgan fikrlar tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek, farmaеsevt, shifokor va bemorlar orasidagi turli munosabatlarni namoyon yetuvchi muhim tushunchalardir. Ularning zamirida esa tibbiyot deontologiyasi mujassamligini ko‘ramiz. Albatta, tibbiyot deontologiyasi – tibbiyot xodimlarining burchi, odobi haqidagi fan bo‘lib, shifokorlar, farmatsevtlar uchun ma'naviy va mafkuraviy dastur amalidir. Yana shu o‘rinda takidlash muhimki, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi 5590-sonli «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora tadbirlari dasturining 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019 yilning 17 iyulida 161-sonli buyrug‘iga asosan, «Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksi» tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |