Farmatsevtika atamashunosligida yunon-lotin terminlari ko’p uchraydi. Atamashunoslikni o’rganish termin element (TE) deb nomlanuvchi alohida komponentlarning tahliliga asoslanadi. Har qanday so’z yasovchi element (o’zak, negiz, old qo’shimcha (prefiks), suffiks) termin element deyiladi. Termin elementlar muayyan ma’noga ega. Shuning uchun bir nechta termin elementlardan tuzilgan terminlarni tahlil qilishda asosiy ma’noni bildiruvchi termin elementlarga ilmiy jihatdan yondoshish zarurdir2. Masalan: dyspepsia (dys-yunoncha old qo’shimcha, faoliyatni buzilishini ko’rsatadi + pepsis – hazm qilish) – dispepsiya- ovqat hazm qilinishning buzilishi; colitis (kolon – yug’on ichak (yunoncha) + itis yunoncha suffiks bo’lib, yalig’lanish degan ma’noni bildiradi) – kolit - yug’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi.

Termin bir yoki bir necha so’z yasovchi elementlardan: old qo’shimcha + o’zak + suffiksdan iborat bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik yunon va lotin terminlari o’zbek tiliga tarjimasiz ko’chiriladi. Masalan: infarctus, us, f – infarkt.
Ba’zi hollarda termin bilan birga uning tarjimasi ham berilishi mumkin.
Masalan: transplantatio, onis, f – transplantatsiya, kuchirib o’tkasizh.Termin elementlarni o’zlashtirish talabalarning so’z boyligini kengaytirib, tibbiyotga oid terminlarni bemalol tushunishlari uchun imkon beradi.
Dorivor vosita (medicamentum, remedium) bu odam va hayvonlarning kasalliklarini davolash, oldini olish yoki aniqlash maqsadida ishlatish uchun ruxsat etilgan farmakologik vositadir. Dorivor modda (materia medica, substantia pharmaceutica) bu alohida kimyoviy birikmadan yoki biologik moddadan iborat bo‘lgan dorivor vositadir. Dorivor o‘simliklar xomashyosi bu davolash maqsadida qo‘llash uchun ruxsat etilgan o‘simliklar xomashyosi. Dorivor vosita yoki dorivor o‘simlik mahsulotiga kerakli davolash ta’siriga erishish uchun berilgan qulay holat dori shakli (forma medicamentorum) deb aytiladi. Dori preparati (praeparatum) bu ma’lum dori shaklidagi dorivor vositadir. Murakkab dori vositalari bu bir dori shaklida belgilangan dozalarda birdan ortiq ta‘sir etuvchi modddalarga ega bo‘lgan dorivor vositalardir. Dorivor vositalar nomenklaturasi (D.V.N.) – bu hozirgi vaqtda ishlatishga ruxsat berilgan hamma dorivor vositalar nomining yig‘indisidir.Dorivor vositalarning hozirgi zamon nomenklaturasi tabiiy paydo bulgan va qat’iy tuzilish qoidasiga ega emas. Har bir dorivor vosita ma’lum bir nomlanishga ega bo‘ladi. Nomlar esa ixtiyoriy ravishda o‘ylab chiqariladi.
Dorivor vositalar nomenklaturasiga vatanimizda ishlab chiqarilgan vositalar nomi bilan birga chet eldan keltirilgan vositalarning nomi ham kiradi.
Zavodlarda ma’lum belgilangan standartlar bo‘yicha tayyorlanadigan dorivor preparatlarning nomlari. Bular – nastoykalar, ekstraktlar va sharbatlarning nomlari bo`lib, ikkita otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi. Ikkinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi. Masalan: tinctura Valerianae – valeriana nastoykasiextractum Crataegi – do‘lana ekstrakti
sirupus Glycyrrhizae – shirinmiya sharbati 2. Damlama va qaynatma nomlari. Ular uchta otdan iborat bo‘lgan so‘z birikmalaridir. Birinchi ot dori turining nomini ko‘rsatadi va bosh kelishikda turadi.Ikkinchi ot o‘simlik organini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi. Uchinchi ot o‘simlik nomini ko‘rsatadi va qaratqich kelishigida turadi. Masalan: infusum foliorum Sennae – sano barglarining damlamasi
decoctum herbae Hyperici – dalachoy (sariqchoy) yer ustki
qismining qaynatmasi.
HOZIRGI VAQTDAGI JUDA HAM KO`PLAB DORI VOSITALARINING NOMI LOTIN TILIGA ASOSLANIB QOYILADI.