Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Qalbaki dori vositalari to‘g‘risida tushuncha



Download 1,63 Mb.
bet64/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Qalbaki dori vositalari to‘g‘risida tushuncha.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositalari dunyoning 28 mamlakatida aniqlangan. Halqaro farmasevtik ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi 1992 yildaJSST bilan hamkorlikda o‘tkazgan dori vositalarini qalbakilashtirish muammolariga bag‘ishlangan 1-halqaro anjumanda “Qalbaki dori vositasi” tushunchasiga ta’rif berildi.
Qalbaki dori vositasi - bu oldindan ko‘zda tutilgan holda va aldov yo‘li bilan chinligi / yoki olinish manbalari bo‘yicha yolg‘on yorliqlar bilan ta’minlangan farmasevtik mahsulotdir” Qalbakilashtirish nafaqat original preparatlar, balki generik dori vositalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Qalbaki dori vositalariga kerakli ingredientli yoki boshqa ingredientli, aktiv ingredienti yo‘q bo‘lgan yoki keragidan kam miqdorda aktiv ingredient saqlagan hamda qalbaki upakovkaga qadoqlangan dori vositalari kiradi.
Farmasevtik bozori tizimiga qalbaki mahsulotlarning kirib kelishi natijasida quyidagi nojo‘ya holatlar kuzatilishi mumkin:

  1. Dori vositasi tarkibida asosiy ta’sir qiluvchi moddaning kam miqdorda bo‘lishi yoki umuman mavjud emasligi bilan bog‘liq holda bemor organizmida tegishli farmakoterapevtik ta’sir vujudga kelmaydi.

  2. Agar preparat yorliqda ko‘rsatilmagan ta’sir qiluvchi moddani saqlasa, bemor organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi zaharli yoki keraksiz biologik aktiv moddaning tushib qolishiga olib keladi.

  3. Rasmiy ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotiga nisbatan ishonchning susayishi kuzatiladi.

  4. Ishlab chiqaruvchi firmalar va davlat tashkilotlariga iqtisodiy zarar yetadi.

Qalbakilashtirilgan dori vositalarining tasniflanishi.
O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan va sotilgan qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilishi sharoitlariga ko‘ra 6 ta guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh - ta’sir qiluvchi moddasi umuman bo‘lmagan dori vositalari. Bunday dori vositalarini “plasebo” (bo‘sh preparatlar) deb ataladi. Bu dori vositalarini ishlab chiqarishda odatda oddiy neytral komponentlar (talk, ohak, bo‘r va x.k.), hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, sabzi va boshqalar) qo‘llaniladi. Bunday qalbakilashtirish turi kam uchraydi va qalbaki preparat originaldan oson farqlanadi. Bu dori vositalari nisbatan xavfsiz bo‘lsada, lekin davolanish jarayonida samara bermaydi. Bu usul bilan asosan tabletka, surtma dori va gellar qalbakilashtiriladi.
Ikkinchi guruh - bu guruh preparatlari tarkibiga asosiy ta’sir qiluvchi modda o‘rniga boshqa unga o‘xshash ingredientlar kiritiladi, ya’ni asosiy ta’sir qiluvchi modda o‘rniga arzonroq, ammo samarasizroq modda qo‘shiladi. Ko‘pincha arzonroq dori vositasining upakovkasi qimmatbaho preparatning upakovkasiga almashtiriladi. Masalan: oddiy fiziologik eritma flakoniga samarali og‘riq qoldiruvchi yoki onkologik preparatlarning yorliqlari yopishtiriladi. Bunday guruh dorilar havfli bo‘lib, kutilayotgan terapevtik ta’sirni ko‘rsatmaydi.
Uchinchi guruh - bu guruh preparatlari yorlig‘ida ko‘rsatilgan asosiy ta’sir qiluvchi moddadan olinishi bo‘yicha farqlanadigan modda saqlaydi. Tekshirish natijasida dori vositasining tarkibi mos keladi. Ammo baribir preparat qalbaki bo‘ladi. Masalan: Baer nemis konsernining aspirin qutichasiga mahalliy ishlab chiqarilgan aspirin solingan bo‘ladi. Bu guruh dorilari bemorga katta ziyon keltirmaydi, ammo qo‘llanilayotgan preparatning terapevtik ta’siri past bo‘ladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish