Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Dori vositalarining qalbakilashtirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar



Download 1,63 Mb.
bet63/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Dori vositalarining qalbakilashtirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
Qalbaki dori vositalari miqdorining ko‘payishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bu omillar yaxshilab o‘rganib chiqilib, muammoni xukumat miqyosida belgilab, dori vositalarini taqsimlash tizimida qalbakilashtirishning oldini olish bo‘yicha samarali dasturlar ishlab chiqilishi kerak. Quyida qalbakilashtirilishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar keltirilgan.
Qonun bazasining yetarli emasligi
Har bir mamlakatda dori vositalari qalbakilashtirilishining oldini olish va bu muammoni bartaraf etishga qaratilgan qonunlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini nazorat qiluvchi qonunlar yetarli bo‘lmasa yoki umuman yo‘q bo‘lsa, qalbakilashtirish jazosiz qolishi mumkin.
Amaldagi qonunlarni yetarli darajada qo‘llanilmasligi
Mavjud qonunlarning so‘zsiz bajarilishi yo‘lga qo‘yilmaganligi qalbakilashtirish kabi jinoyatlarning sodir bo‘lishiga olib keladi, chunki bu holda qamalish yoki jazodan qo‘rqish hissi bo‘lmaydi.
Jazo sanksiyalarining kuchsizligi
Dori vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo sanksiyalarining yumshoqligi yoki umuman jazolanmaslik holatlari qalbakilashtirish ko‘lamlarining kengayishiga olib keladi.
Ko‘p sonli vositachilar ishtirokidagikelishuvlar
Mahsulot ko‘plab vositachilar yoki rasmiy kelishuvlardan o‘tsa, va nazorat tizimi yetarli bo‘lmasa, bu xolatda dorilarni qalbakilashtiruv-chilarga bozorga o‘z mahsulotlarini kiritishga qulay imkoniyat yaratiladi.
Talabning taklifdan yuqoriligi
Dorilarga talabning taklifdan ustunligi, qalbakilashtirishni keltirib beruvchi omil hisoblanadi. Chunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab chiqarish va sotish katta foyda olish imkonini beradi. Ba’zan dorilarga talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan hollarda ham iste’mol qilinishi tufayli yuzaga keladi.
Narxlarning yuqoriligi
Dori vositalari narxlarining yuqoriligi va narxlar orasidagi katta farqlarning bo‘lishi arzonroq qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi.
Dorilarni noqonuniy ishlab chiqarish jarayonining takomillashganligi
Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun taklif etilayotgan murakkab zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi tufayli, qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni murakkablashtirdi. Chunki, bu holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi.
Manfaatdor tomonlar orasidagi hamkorlikning yo‘qligi
Ishlab chiqaruvchilar, ulgurji ta’minotchilar, dorixona va davolash muassasalari tegishli nazorat organlariga dori vositalarining qalbakilashtirish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish istagining yo‘qligi milliy hokimiyat organlariga ushbu faoliyatni to‘xtatishiga imkon bermayapti.
Eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida nazoratning mavjud emasligi
Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmasevtik preparatlar mazkur mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqargan dori vositalariga qabul qilingan standart bo‘yicha nazorat qilinmaydi. Undan tashqari xorijiy mamlakatlar uchun mo‘ljallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin savdo zonalari orqali eksport qilinadi. Bu esa shu zonalarda qayta qadoqlash va yorliqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada qalbaki dorilar savdosi ko‘payadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish