Dori vositalarining qalbakilashtirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Qalbaki dori vositalari miqdorining ko‘payishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Bu omillar yaxshilab o‘rganib chiqilib, muammoni xukumat miqyosida belgilab, dori vositalarini taqsimlash tizimida qalbakilashtirishning oldini olish bo‘yicha samarali dasturlar ishlab chiqilishi kerak. Quyida qalbakilashtirilishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar keltirilgan.
Qonun bazasining yetarli emasligi Har bir mamlakatda dori vositalari qalbakilashtirilishining oldini olish va bu muammoni bartaraf etishga qaratilgan qonunlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini nazorat qiluvchi qonunlar yetarli bo‘lmasa yoki umuman yo‘q bo‘lsa, qalbakilashtirish jazosiz qolishi mumkin.
Amaldagi qonunlarni yetarli darajada qo‘llanilmasligi Mavjud qonunlarning so‘zsiz bajarilishi yo‘lga qo‘yilmaganligi qalbakilashtirish kabi jinoyatlarning sodir bo‘lishiga olib keladi, chunki bu holda qamalish yoki jazodan qo‘rqish hissi bo‘lmaydi.
Jazo sanksiyalarining kuchsizligi Dori vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo sanksiyalarining yumshoqligi yoki umuman jazolanmaslik holatlari qalbakilashtirish ko‘lamlarining kengayishiga olib keladi.
Ko‘p sonli vositachilar ishtirokidagikelishuvlar Mahsulot ko‘plab vositachilar yoki rasmiy kelishuvlardan o‘tsa, va nazorat tizimi yetarli bo‘lmasa, bu xolatda dorilarni qalbakilashtiruv-chilarga bozorga o‘z mahsulotlarini kiritishga qulay imkoniyat yaratiladi.
Talabning taklifdan yuqoriligi Dorilarga talabning taklifdan ustunligi, qalbakilashtirishni keltirib beruvchi omil hisoblanadi. Chunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab chiqarish va sotish katta foyda olish imkonini beradi. Ba’zan dorilarga talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan hollarda ham iste’mol qilinishi tufayli yuzaga keladi.
Narxlarning yuqoriligi Dori vositalari narxlarining yuqoriligi va narxlar orasidagi katta farqlarning bo‘lishi arzonroq qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi.
Dorilarni noqonuniy ishlab chiqarish jarayonining takomillashganligi Dori vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun taklif etilayotgan murakkab zamonaviy asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi tufayli, qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni murakkablashtirdi. Chunki, bu holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi.
Manfaatdor tomonlar orasidagi hamkorlikning yo‘qligi Ishlab chiqaruvchilar, ulgurji ta’minotchilar, dorixona va davolash muassasalari tegishli nazorat organlariga dori vositalarining qalbakilashtirish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish istagining yo‘qligi milliy hokimiyat organlariga ushbu faoliyatni to‘xtatishiga imkon bermayapti.
Eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida nazoratning mavjud emasligi Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmasevtik preparatlar mazkur mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqargan dori vositalariga qabul qilingan standart bo‘yicha nazorat qilinmaydi. Undan tashqari xorijiy mamlakatlar uchun mo‘ljallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin savdo zonalari orqali eksport qilinadi. Bu esa shu zonalarda qayta qadoqlash va yorliqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada qalbaki dorilar savdosi ko‘payadi.