Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet62/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Nazorat savollari

  1. Farmasevtik maxsulotni sertifikatlashtirish tartibi

  2. Xujjatlarni rasmiylashtirish

  3. Namuna olish jarayoni

  4. Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish

  5. Farmasevtik maxsulotni sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirishtirish

  6. Inspeksion nazorat o‘tkazish tartibi

  7. Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini ta’minlashda sertifikatlashtirish jarayonining ahamiyati va uning qonuniy asoslari

  8. O‘zbekiston Respublikasida farmasevtik maxsulotni sertifikatlashtirish tizimi

  9. Farmasevtik maxsulotni sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari


    1. MAVZU

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMASEVTIKA BOZORIDA ISTE’MOLCHILAR XUQUQLARINI HIMOYALASH VA DORI VOSITALARINI QALBAKILASHTIRISH


Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi farmasevtik bozorida dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi va uning holati.

  2. Dori vositalarining qalbakilashtirilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.

  3. Qalbaki dori vositalari haqida tushuncha. Qalbaki dori vositalarining tasniflanishi.

  4. Qalbaki dori vositalarining standartga muvofiq kelmaslik ko‘rsatkichlari

  5. O‘zbekiston Respublikasi farmasevtik bozoridagi dori vositalariniqalbakilashtirishning oldini olish chora-tadbirlari



Tayanch iboralar:qalbaki dori vositasi, plasebo, yarimqalbaki, nusxa – preparatlari, “yorliqlanish”ko‘rsatkichi, “jixozlash” ko‘rsatkichi, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari, iste’molchilar, standart.
Farmasevtika bozorida dori vositalarining sifati va bezararligini ta’minlashning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasining1996 yil 26 aprelda chiqarilgan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan xarid qilinayotgan tovarlarning sifati va bezararligini ta’minlanib berilishi - iste’molchilarning asosiy huquqi bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida dori vositalari sifatini nazorat qilish davlat tomonidan tartibga solinishi zarur bo‘lib, bu dori vositalari sifatini baholashda yagona davlat siyosatining ta’minlanishi va iste’molchilarning huquq - manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Dori vositalarining sifatini ta’minlash - muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy muammo bo‘lib, dori vositalarini yaratilishidan to bevosita iste’molchiga yetib borishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda turli omillar majmuini hisobga olishni talab qiladi. Dori vositalarining muomalasiga aloqadorturli muassasalar - ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash- profilaktika muassasalari, dori vositalar bilan ulgurji va chakana savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalarining sifatini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishlari zarur. Dori vositalarini bozorga chiqarishda sifat, samaradorlik va bezararlik kabi ko‘rsatkichlar ularni baholashning negizini tashkil etishi kerak.
Ko‘pchilik mamlakatlarda dori vositalarining sifati bevosita davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi. Oxirgi yillarda dori vositalarining sifatini kafolatlashga qaratilgan bir qancha zarur chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Ularning ichida eng asosiylari dori vositalarining qalbakilashtirilishi muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlardir.
O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozorida dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi va uning holati
XX asr oxirida butun jahon hamjamiyati farmasevtik bozorga qalbaki dori vositalarining kirib kelishi kabi katta muammoga to‘qnashdi. Qalbakilashtirish to‘g‘risida birinchi ma’lumotlar Jahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1982 yilda aniqlangan. Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi hozirda butun dunyo uchun dolzarb. Halqaro farmasevtik ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositalari rivojlangan mamlakatlar farmasevtik bozori ulushining 5-8% ini tashkil etadi.
Bundan 6-8 yil avval dori vositalari sifatining kuchli nazorati tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasini ham dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi chetlab o‘tmadi. Birinchi qalbaki dori vositasi to‘g‘risidagi ma’lumot 1998 yil Krasnoyarskning “Krasfarma” farmasevtik zavodi ishlab chiqargan, qon o‘rnini bosuvchi qalbaki “Poliglyukin” dori vo-sitasi asosida aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va-zirligi ma’lumotiga ko‘ra qalbaki dori vositalarining miqdori 1998 yilga nisbatan 10 marta oshgan. Bunda faqat absolyut o‘sish emas balki, assorti-mentning kengayishi ham belgilanadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston farma-sevtika bozorida barcha farmakoterapevtik guruhlar bo‘yicha qalbaki dori vositalari aniqlangan. Ular quyidagi guruxlar asosida taqsimlanadi:

  1. Antibakterial preparatlar - 47,8%;

  2. Gastroenterologik dori vositalari – 13,5%;

  3. Analgetiklar - 10,9%;

  4. To‘qimalar almashinuviga ta’sir qiluvchi vositalar - 9,5%

  5. Zamburug‘larga qarshi preparatlar - 7,7%

  6. Gormonal preparatlar - 5,6%

  7. Boshqa dori vositalari - 5%

Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosining ko‘lamlari haqida ma’lumotlar hozircha yetarli emas. Hozirgi paytda bu muammo rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarga ham ta’sir qilmoqda. Bu muammo ko‘proq dori vositalarini ishlab chiqarish, importi, tarqatilishi, yetkazib berish tizimining tartibga solinishi va nazorati kuchsiz bo‘lgan mamlakatlarda kuzatiladi15.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish