Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet24/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Xodimlarni boshqarish bu - korxonada band bo‘lgan ishchilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimidir.
Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagi yo‘nalishlardan iborat:

  • Xodimlar bilan ishlash siyosati (kadrlar siyosati);

  • Xodimlarni tanlash;

  • Xodimlarni baholash;

  • Xodimlarni joy-joyiga qo‘yish;

  • Xodimlarni o‘qitish.

Bu yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi quyidagi muhim xujjatlarda aks ettiririlgan: korxona nizomi, korxona falsafasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlar bilan tuzilgan shartnoma, korxona shtatining jadvali, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash to‘g‘risida nizom, bo‘linmalar to‘g‘risida nizom, lavozim yo‘riqnomalari.


Korxona falsafasi - korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatiga yo‘naltirilgan xodimlar o‘zaro munosabatlarining ma’naviy va ma’muriy meyyorlari va qoidalarining majmuasi.
Korxona falsafasi quyidagi bo‘limlardan iborat: korxona maqsadi va vazifalari; boshqarish faoliyatida kadrlar bilan ishlash yo‘nalishlari; xodimlar xuquqining deklaratsiyasi; xodimlarning ma’naviy sifatlari va qobiliyatlari; mehnat uchun yaratilgan sharoitlar, ish joyi; mehnatning baholanishi va mehnat uchun xaq to‘lash; ijtimoiy kafolatlar.
Ichki mehnat tartibi qoidalari quyidagi bo‘limlardan iborat:

  • Umumiy nizom;

  • Xodimni ishga qabul qilish va bo‘shatish tartibi;

  • Ish va dam olish vaqtlari;

  • Ma’muriyatning asosiy burchlari;

  • Xizmat va tijorat sirlari;

  • Rag‘batlantirish va jazolash chora-tadbirlari.

Xodimlarni boshqarish tizimining ob’ekti sifatida farmasevtik tashkilotning xodimlari va ularning tasniflanishi
Farmasevtik korxonada faoliyat yurituvchi barcha xodimlarni ularning bajaradigan vazifalariga asosan quyidagicha toiflash mumkin - ma’muriy, ishlab chiqarish va savdo xodimlari.
Ma’muriy xodimlar korxona faoliyatini bevosita boshqarish jarayonida ishtirok etadilar va ular ikki asosiy – rahbariyatva mutaxassis menejerlar guruxiga bo‘linadi. Boshqaruvchilar boshqaruv qarorlarini qabul qilish huquqiga va o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlariga ega bo‘lishi bilan mutaxassis-menejerlardan farq qiladi.
Rahbariyatyuqori (korxona rahbari va o‘rinbosarlari), o‘rta (bo‘lim va sex boshliqlari) va quyi bo‘g‘in (masterlar) rahbarlariga bo‘linadi.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish