Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi hududiy mahsulot, yalpi milliy daromad, sanoat, qishloq xo‘jaligi, invistitsiya, transport, dori vositalari muomalasi ko‘rsatkichlari, ichki va tashqi bozorda dori vositalarini sotilishi hajmi, pul muommalari, kapital aylanishi va narxlar dinamikasi, ishsizlik va infilyatsiya darajalari mavjud.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga dori vositalari bozorining xolati, talab va taklif, narx, talabning qondirilishi darajasi, dori vositalarini ishlab chiqarish, uning sotilishi, yangi dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalarini qurilishi kiradi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning umumiylik tomo shundaki, ular bir-biri bilan bog‘liq va davlatning iqtisodiyoti bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tganda ularda o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilish, mahsulot, dori vositalari, va dorixonada xizmat ko‘rsatish eksport va import ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro‘y bersa ham, u oxirgi talab hajmini va har doim mamlakat iqtisodiyoti xolatini boholashda muhim o‘rin egallaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti kon’yunkturasida ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar manbai bo‘lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlariga ishlab chiqarish indeksi, ishlab chiqarilgan dori vositalari, tibbiy buyumlarning mutloq hajmi, dori vositalarini ishlab chiqarish imkoniyatlari, mehnat unumdorligi, ish haqi, buyurtmachilar, investitsiya va boshqalar. Ular tahlil qilinadi hamda bozor holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Agar ishlab chiqarish sohalarida tugatilmagan ob’ektlar soni kamaysa, dori vositalari ko‘payadi va bozorda taklif talabdan yuqorilashadi. Ichki chakana savdo hajmi ko‘rsatkichlari mamlakat iqtisodiyotining va bozor kon’yunkturasining mag‘izidir. Chunki chakana savdo hajmi, tarkibi, undagi o‘zgarishlar va barcha ko‘rsatkichlar bozorning asosiy xolati, talab va taklif muvozanatiga bog‘liq.
Dori vositalarining chakana savdosi, dorixonada xizmat ko‘rsatish, dori vositalarining ulgurji vositachilar aylanmasining umumiy hajmi, tarkibi, tuman shahar, viloyatlar bo‘yicha tahlili, dorixonalar va ularning joylashishi, hajmi kabilar muhim ko‘rsatkichlardir. Chakana savdoning tahlili, uning dori vositalari bilan ta’minoti manbalari, ulgurji savdo firmalari bilan birgalikda olib boriladi. Chunki ulgurji savdoning rivoji chakana savdo turi uchun katta omil.
Dori vositalarining tashqi savdosi ko‘rsatkichlari ichki bozor kon’yunkturasining shakllanishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Chunki dori vositalari tashqi savdosi orqali mamlakat ichki bozori jahon bozori bilan bog‘lanadi. Dori vositalarining tashqi savdosi aylanmasi eksport va import hajmi va tarkiblari, savdo balansi qoldig‘i, mamlakatning jahon bozorida ulushi, eksportga ishlab chiqarilgan dori vositalari, iste’molda importning o‘rni va tashqi savdo narxlari tahlil qilinadi va farmasevtika bozori kon’yunkturasiga ta’siri anaqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |