3. Jamoa shartnomalari mehnat munosabatlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Mehnat bozorida taraflarning o‘z manfaatlari va maqsadlari mavjud bo‘lib, mehnat bozori sub’ektlari bo‘lgan xodimlar va
ish beruvchilar o‘zaro munosabatlarda nizolarga yo‘l qo‘ymaslik kafolatini
bera olmaydilar, albatta. Biroq, mazkur shartnomalarda mehnat nizolarini
ko‘rib chiqish tartibi ko‘zda tutilishi sababli taraflarni qoniqtirishi mumkin bo‘lgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqilishiga imkon tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq mehnat munosabatlari sub’ektlari — ish beruvchi va xodimlar jamoa shartnomasi
mazmuni va tuzilishini mutlaqo erkin belgilay oladi. Shunday bo‘lsa-da, amaliyotdajamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin
Mehnatga haq to‘lash tartibi va shartlari tizimi Mehnatga haq eng avvalo to‘lash shakli, miqdori, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlarni qamrab oladi. Shuningdek, jamoa shartnomasida narxlarning o‘zgarib borishi, pulning qadrsizlanish darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haqto‘lashni
tartibga solish vositalarini ham ko‘zda tutadi.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan mehnatga haqto‘lashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
- mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi;
- mehnat haqi uning shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa hujjatlar bilan belgilanadi;
- mehnatga haqto‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz (istisno tariqasida, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) yo‘l qo‘yilmaydi;
- mehnatga haq qoida tariqasida pul shaklida to‘lanadi. Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimning bajargan ishi uchun haqni belgilangan (kamida har yarim oyda bir marta) muddatlarda to‘lashi shart;
- mehnat haqidan xodimning yozma roziligi bilan, belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va ba’zi boshqa hollarda ushlab qolinishi mumkin.
Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |