Taym-menejmentni tashkil etish va uning asosiy tamoyillari. Mehnat intizomi va uni ta’minlash.
Ishdan maqsad: Mazkur mavzuning maqsadi talabalarda respublikamizning amaldagi qonunchiligiga binoan mehnatga oid qonunchilik asoslari bo‘yicha nazariy bilimlarni va mehnat xujjatlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Masalaning qo‘yilishi:farmasevtik menejment fanini o‘qitishda test, “Esse” ta’lim texnologiyasidan foydalanish lozim.
Ishni bajarish uchun namuna Talabalar boshlang‘ich bilimlarini aniqlash uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan savollarni beradi.
.Mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish maqsadida test, “Esse” usulidan foydalanadi
O‘quv-uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan mustaqil bajarish uchun vazifalarga izoh beradi.
Vazifalarni bajarish uchun tarqatma materiallar beradi.
O‘quv-uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan testlarni muxokama qiladi.
ESSE Esse hajmi taklif qilingan mavzudagi 1000 so‘zdan 5000 so‘zgacha bo‘lgan asardir.
Esse – bu muallifning alohida individual pozitsiyasiga ega erkin shakldagi bayoni bo‘lib, qandaydir buyum yoki qandaydir sabab bo‘yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr-mulohazalardan iborat bo‘ladi.
Dalillangan esse bu qo‘yilgan savolga dalillangan javob mavjud bo‘lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozitsiyaga ega va uni himoya qiladi, o‘z pozitsiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi. Maqsad – muallif o‘zi qo‘llaydigan nuqtai nazarga boshqalarni ham ishontirishni xohlaydi.
Agar Siz o‘quvchilarni fikran tasavvur qila olsangiz va esseni yozish jarayonida fikran ular bilan muloqot yurita olsangiz, unda dalillangan esseni yozish osonlashadi.
Nazorat savollari 1 Xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat.
2 Dam olish vaqtining turlarni ko‘rsating.
3 Kundalik dam olish vaqtining muddati qancha.
4 Ish vaqti.
5 Mexnat intizomi.
6 Jazo choralarini qanday turlarini bilasiz?
Ishdan maqsad: Talabalarni kommunikatsiyaning mohiyati, uning turlari, kommunikatsion jarayonning asosiy elementlarini tavsiflaydigan nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirish, farmasevtika tashkilotida samarali boshqaruv jarayonini tashkil etish uchun optimal kommunikatsion jarayonni ta’minlash ahamiyatini ochib berish mavzuning maqsadini belgilaydi.
Masalaning qo‘yilishi: farmasevtik menejment fanini o‘qitishda kaskad ta’lim texnologiyasidan foydalanish lozim.
Ishni bajarish uchun namuna 1 Talabalar boshlang‘ich bilimlarini aniqlash uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan savollarni beradi.
2 Mavzu yuzasidan bilimlarni kengaytirish maqsadida o‘quv-uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan mustaqil bajarish uchun kaskad vazifalarga izoh beradi va bajariladi