Preparatlar.
N e o d i k u m a r i n (Neodicumarinum). 0,1 g dan tabletka
holida ishlab chiqariladi. Birinchi kun 0,3 g dan 2—3 marta
ichish uchun, keyinchalik sekin-asta bir kecha-kunduzda
0,2—0,1 g gacha kamaytiriladi. Bir martalik eng yuqori dozasi
0,3 g, kecha-kunduzligi — 0,9 g.
F e p r o m a r o n (Phepromaronum). 0,01 g li tabletka holida
ishlab chiqariladi. Ichish uchun birinchi kuni 0,03—0,05 g,
keyin 0,01—0,05 g dan kuniga 1 marta beriladi.
S i n k u m a r (Syncumar). 0,002 g dan tabletka holida ishlab
chiqariladi. 1-kuni 0,016—0,012 g dan ichish uchun
buyuriladi, keyin asta-sekin dozasini 0,004—0,002—0,001 g
gacha kamaytiriladi.
G e p a r i n (Heparimun). Glukuron kislota va glukozamin
saqlovchi polisaxarid. Flakonda 5 ml dan (1 ml da 500 ÒB
dan) ishlab chiqariladi. Bir kecha-kunduzda 20000—50000 ÒB
parenteral yo‘l bilan yuboriladi.
N a t r i y s i t r a t (Natrii citras). 4% li sterillangan
eritmaning 10 ml 100 ml qonga stabilizator sifatida qo‘shiladi.
D i t s i n o n (Dicynonum). 0,25 g dan tabletka holida,
12,5% li eritmasi 2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 12,5%
278
li eritmaning 1—2 ml (operatsiya boshlanishidan 1 soat oldin)
venaga yoki mushaklar orasiga yuboriladi, yoki 0,5—0,75 g
dan (operatsiyadan 3 soat oldin) ichiriladi.
P r o t a m i n s u l f a t (Protaminum sulfas). 1% li eritmasi
2 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Venaga asta-sekin yoki
tomchilatib yuboriladi (5 ml gacha).
K a l s i y x l o r i d (Calcii chloridum). Kukun, 10% li
eritmasi 10 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 5—10% li
eritmadan desert yoki choy qoshig‘ida ovqatdan oldin kuniga
2—3 marta ichiladi. 10% li eritmasi 5—15 ml dan faqat venaga
(!) yuboriladi.
V i k a s o l (Vicasolum). 0,015 g dan tabletka holida, 1% li
eritmasi 1 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. 1 tabletkadan
1—2 marta kuniga ichish uchun, 1% li eritmasi 1 ml dan
mushaklar orasiga yuboriladi.
S t r e p t o k i n a z a (Streptokinase). Gemolitik streptokokk
kulturasi filtridan olinadigan streptokinaza. Har bir komplekt-
da bir martalik shpris bilan yuborish uchun ampulada 250000
ÒB da ishlab chiqariladi. 100000—200000 XB natriy xlorning
50 ml izotonik eritmasida eritiladi, 30 daq. davomida
tomchilatib venaga yuboriladi. Keyin 750000 XB 500 ml
izotonik eritmada, undan keyin esa 100000 XB 3—4 soat
ichida yuboriladi.
A m i n o k a p r o n k i s l o t a (Acidum aminocaproniñum).
100 ml natriy xloridning izotonik eritmasida tayyorlangan 5%
li eritma holida flakonda, 60 g granula shaklida bolalar uchun
ishlab chiqariladi. 0,1 g/kg har 4 soatda ichiladi. Bir kecha-
kunduzlik dozasi 10—15 g. 5% li 100 ml eritmasi tomchilatib
venaga yuboriladi.
Rp.: Tab. Neodicumarini 0,1 N. 10
D.S. 1 tabletkadan kuniga 2—3 marta ichiladi.
#
Rp.: Sol. Calcii chloridi 10%—10 ml
D.t.d.N. 10 in amp.
S. 10 ml dan venaga (!) yuboriladi.
#
Rp.: Sol. Vicasoli 1%—1 ml
D.t.d.N. 10 in amp.
S. 1 ml dan muskullar orasiga yuboriladi.
279
Do'stlaringiz bilan baham: |