Fiziologiya fanining asosiy vazifasi Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan kursi bo‘yicha farmatsevtika institutining talabalari umumiy biologik qonuniyatlarini va tizimlarini anatomik va gistologik tuzilishi, sog‘lom organizmdagi fiziologik jarayonlarini mukammal o‘rganadi.
Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o‘qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma’lumotlarni a’zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog‘liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganishda, ayniqsa a’zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog‘liqligi morfologik ma’lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o‘zlashtirishini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |