Fanni o‘qitishdan maqsad va uning vazifalari.
Inson organizmining tuzilish va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada takomillashgandir. Ma’lumki, inson organizmining rivojlanishida uning yashash uchun kurashi, o‘ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabat zarurati muhim
ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha evalyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‘zgarishlar mahsulidir. Odam organizmining barcha to‘qima va a’zolari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‘lanish asab va endokrin tizimlari orqali boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |