Muskullar va asab fiziologiyasi. Asab va asab xujayrasi fiziologiyasi.
O‘tkazuvchanlik asab tolalarining taxaluslashgan, ya’ni o‘ziga xos funksiyasidir, mana shu funksiya tufayli asab– impulslari retseptorlarddan markaziy asab tizimigacha, markaziy asab tizimidan esa ijrochi a’zolarga tarqalib boradi. Mazkur jarayonni bir necha qonuni aniqlangan.
Qo‘zg‘alish va qo‘zg‘aluvchanlik xaqida umumiy tushuncha. Ichki va tashqi adekvat va noadekvat qo‘zg‘atuvchilar. Qo‘zg‘atish va qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlash usullari. Asab va mushaklar stimulyasiyasi usuli. Qo‘zg‘alishni yozib olish.
Bioelektrik hodisalar va ularning kashf etish tarixi.Tinchlik va harakat potensiallari.Maxalliy va 'tarqaluvchi qo‘zg‘alish, ularning xususiyatlari.YAkka tolalarda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi.tarqalish jarayoni haqida tushuncha. Giperpolyarizatsiya hodisasi va hujayra membranasining mustaqil depolyarizatsiyasi.
MAT fiziologiyasi. MAT umumiy xossalari. MAT umumiy anatomiya va fiziologiyasi.
Organizm hayot faoliyatida markaziy asab tizimi (MAT)ning funksiyasi.roli va tuzilishdagi umumiy xarakteristika.
MATning anatomiyasi. Bosh va orqa miya .odamlarda ularning joylanishi.Uning shakllari.Orqa miya segmentlari.Oldingi va orqa miya ildizi.Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari. Orqa miya kanali.Miyaning ustun qismi va katta yarim sharlari. Bosh miya qorinchalari, serebrospinal suyuqlik va ularning roli.Uzunchok miyaning tuzilishi.Orqa miyaning tuzilishi (varoliev ko‘prigi va miyacha).Oraliq miyaning tuzilishi (ko‘ruv do‘mboqlari.do‘mboq osti qismi.tizzasimon tana).O‘rta miya(to‘rt tepalik va miya oyoqchalari).Oxirgi miya(katta yarim sharlari.targ‘il tana).
Retikulyar formatsiyaning tuzilishi va joylanishi.Bosh miya fiziologiyasining
umumiy kismi. MATning funksiyalarini o‘rganish usullari: qo‘zg‘atish.buzish, ekstirpatsiya, qirqish, bioelektrik holatlarni yozib olish.
Refleks haqida ta’limot. Reflektor yoyi nazariyasini rivoj-lanishdagi asosiy etaplar (Dekart, Proxasko, Sechenov, Berington, Pavlov).Reflektor yoyining bo‘limlari. Neyron turlari.Qo‘zg‘alishning membrana nazariyasida tormozlanish va qo‘zg‘alish. Markaziy asab sinapslari. Sinapslarga qo‘zg‘alishni o‘tkazish mexanizmi.Atsetilxolin va boshqa mediatorlar roli.Markazlar haqida fiziologik ta’limot. Markazlarning asosiy fiziologik xossalari:bir tomonlama o‘tkazuvchanlik, qo‘zg‘alishlar summatsiyasi, konvergensiya va transformatsiyasi, qo‘zg‘alishlar irradiatsiyasi va konsentratsiyasi. Asab markazlarining tonusi.MATning charchashi va plastikligi.Uning kompensator mexanizmlari.MATda tormozlanish.Sechenov tajribasi. Tormozlanishning tabiati va uning umumiy fiziologik ahamiyati MATda qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘zaro bog‘liqligi.
Yuldosh gormonlari. Erkak jinsiy gormonlarining anatomiyasi.Urug‘donning joylanishi va anatomik tuzilishi.Erkak jinsiy organlarining fiziologiyasm. Spermatogenez va uning davrlari.Spermatozoid va uning tuzilishi. funksiyasi. Androgen gormonlari.Testosteron va uning birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarining paydo bulishdagi roli.Jinsiy bezlarning rivojlanmaganida bo‘ladigan o‘zgarishlar.
Organizm funksiyasini idora etishda vegetativ asab tizimining umumiy ahamiyati.
Vegetativ asab tizimining umumiy tuzilishi. Parasimpatik va simpatik asab tizimi.
Parasimpatik asab tizimining markazlari(uzunchoq miya, o‘rta miya,orkq miyaning dumg‘aza qismlarida).Simpatik asab markazlari (orqa miyaning bel-ko‘krak qismi).CHegaralovchi simpatik ustun.Organ ichidagi parasimpatik gangliyalar. Umurtqa oldi simpatik gangliya.Vegetativ asab tizimining fiziologiyasi. Vegetativ gangliyalar funksiyasi va fiziologik xossalari. Mediatorlar haqida umumiy tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |