Фармацевтика таълим ва тадқИҚот институти “тасдиқлайман”



Download 4,45 Mb.
bet122/125
Sana02.04.2022
Hajmi4,45 Mb.
#525402
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
мажмуа 2021 фарм ФТТИ

Yo‘q qilish usuli:




______________________________________________________________
______________________________________________________________
______________________________________________________________
______________________________________________________________
______________________________________________________________
______________________________________________________________

Komissiya a’zolarining imzosi:
















Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 29 oktyabrdagi 
472-son qaroriga 
3-ILOVA 
O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
1. Mazkur Nizom tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tashish hamda foydalanish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit (transfer) o‘tuvchi bemorlar davolanish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida» 2000 yil 31 iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan, II Ro‘yxat va III Ro‘yxatga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida Davlat nazoratida bo‘lgan quyidagi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni o‘zlari bilan olib o‘tishlari mumkin:
LexUZ sharhi
2-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 iyundagi 211-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
etti kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda giyohvandlik vositalari;
15 kun qabul qilishga mo‘ljallangan dozadan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda psixotrop moddalar. 
3. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan bemorlar Davlat chegarasidan o‘tish chog‘ida kirish punktida o‘zlarida mavjud giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirishlari hamda:
bemor yashagan mamlakatning tibbiyot muassasalari tomonidan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddaning nomi, uning dori turi, vrach tomonidan tayinlangan giyohvandlik vositasi yoki psixotrop moddasini qabul qilish va davomiylik muddati ko‘rsatilgan hujjati (davolovchi vrach xulosasi)ni; 
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatini (retsept nusxasi);
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni bojxona organlariga ko‘rsatishlari shart. 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligini hamda bemorda bo‘lgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning nomiga va miqdoriga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi.
4. Yo‘lovchilarda tibbiy hujjatlarda ko‘rsatilgan hamda bojxona organiga ma’lum qilingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning miqdori ortiq bo‘lgan taqdirda, ortiqcha giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar olib qo‘yiladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldirmagan yoki yashirin holda tashigan taqdirda qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligiga muvofiq sanksiyalar qo‘llaniladi. 
LexUZ sharhi
4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 iyundagi 211-sonli qarorigaasosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5. Agar bemor O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qo‘shimcha sotib olish lozim bo‘lsa, unda ular O‘zbekiston Respublikasida berilgan retsept asosida beriladi. 
6. Retseptlar vrach ko‘rigidan o‘tib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar zaruriyati sabab bo‘lgan kasallik tashxisi tasdiqlangandan keyingina beriladi.
Tranzit tarzida o‘tuvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joydagi hududiy tibbiy muassasalarining vrach-mutaxassislari tomonidan yoxud tranzit tarzid o‘tuvchi yo‘lovchilar kasalligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar vrachlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 
7. Retseptlar qabul qilingan qoidalarga muvofiq belgilangan namunadagi blankalarga yozib beriladi. 
8. YOzib berilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bevosita tranzit tarzida o‘tuvchi bemorlar tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga O‘zbekiston Respublikasining tegishli dorixona muassasalaridan sotib olinadi. 
9. Davlat chegarasida chiqish punktidan o‘tish vaqtida bemorlar: 
O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish yoki uning hududida sotib olish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni (vrach xulosasi va retsept nusxasi); 
bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning qoldig‘ini bojxona organlariga ko‘rsatadilar. 
LexUZ sharhi
9-bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 iyundagi 211-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 
2003 yil 29 oktyabrdagi
472-son qaroriga 
4-ILOVA 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish