Фармацевтика таълим ва тадқИҚот институти “тасдиқлайман”


-rasm. Retseptni ekspertiza qilish



Download 4,45 Mb.
bet12/125
Sana02.04.2022
Hajmi4,45 Mb.
#525402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
Bog'liq
мажмуа 2021 фарм ФТТИ

1.5.1-rasm. Retseptni ekspertiza qilish

Retsept yozishda tibbiyot xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni quyidagicha guruhlash mumkin:



  1. retsept tarkibidagi moddalarning nomini yozishdagi xatolik (lotin tilida, qisqartirishlar, tushunarsiz yozuvlar).

  2. dozasidagi xatoliklar (dozalarning noaniqligi, foiz ko‘rsatkichini tushunarsiz yozilgani).

  3. tavsiya qilishdagi xatolik (noto‘g‘ri tavsiya kilingan)

  4. rasmiylashtirishdagi xatolik (noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan).

bunday retseptlarga “retsept o‘z kuchini yo‘qotgan” deb muhr bosiladi va maxsus jurnalda kayd qilinadi.

Retseptlarni ekspertiza qilish, ro’yhatga olish va berish tartibi




Har bir retseptda asosiy va majburiy rekvizitlar bo’lishi shart: DPM shtampi, retsept yozsib berilgan sana, kasalning familiyasi, ismi, Yoshi, shifokorning famioliya ismi, dori vositasining nomi, shifokorning shaxsiy muhri va imzosi.
Qo’shimcha rekvizitlarga dori vositasi tarkibi va retseptura blanka formasi kiradi.
Retseptni taksirovka qilish – bu retsept tarkibidagi ingredientlarning har biri narxini xisoblash hamda quyidagi jadvalga muvofiq ravishda haq olish demakdir. Retseptni ekspertiza qilish – bu retseptni qabul qilayotganda tekshirish, dozasiga ahamiyat berish, tayyorlash, saqlash va boshqa jarayonlarni har tomonlama nazorat qilish.

Dori preparatlarini berishga qo’yiladigan umumiy talablar.


Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari
Dorixonada retseptlar o‘z ta’sir kuchini saqlash muddatiga ega bo‘ladi.
Narkotik dori vositalari yozilgan retseptlar 7 kun davomida o‘z kuchini saqlaydi.
Zaharli dori vositalari saqlagan retseptlar ham 10 kun.
Qolganlari esa 1 oygacha o‘z kuchini saqlaydi.
Tayyor va yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalariga yozilgan retseptlar surunkali kasallik bilan og‘rigan bemorlar uchun bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlash muddatiga ega. quyidagilar bundan mustasno:

          • miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari;

          • anabolik aktivlikka ega bo‘lgan dori vositalari;

          • bepul retsept bilan beriladigan dori vositalari;

yakka tartibda tayyorlanadigan spirt saqlovchi dori vositalari
Dorixonada olib qolinadigan retseptlarning saqlanish muddati belgilangan. bepul tarzda berilgan dorilar uchun yozilgan retseptlar dorixonada 3 yil, narkotik dorilar uchun yozilgan maxsus pushti rangdagi retsept bosma qog‘ozi 5 yil, zaharli hamda etil spirti saqlovchi, bangidevona ta’siriga ega bo‘lgan preparatlar, anabalik dori vositalari uchun yozilgan retseptlar bir yil davomida boshqa retseptlar bir oy muddatida saqlanadi.
«O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. SHadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomda(O‘zbekiston Respublikasi QT 2017 y., 14-son, 228-modda):
a) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish, saqlash va etkazib berishda ularning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hujjatli va elektron rasmiylashtirish tartibi va talablariga qat’iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi»;
b) 5-band quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
«xalqaro patentlanmagan nom — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasi (substansiyasi)ning qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish;
elektron retsept — yagona elektron retseptlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo‘lgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi»;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«6. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi kerak»;
g) 8-bandda:
birinchi xatboshiga «Dorixona filialining mudiri» so‘zlaridan keyin «oliy yoki o‘rta maxsus» so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarga ruxsat etiladi»;
d) 15-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi»;
e) 26-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ular haqidagi ma’lumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun ko‘rinadigan boshqa joylarga qo‘yish ta’qiqlanadi»;
j) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«27. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar, shu jumladan, elektron retseptlar bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi» orqali amalga oshiriladi»;
z) quyidagi mazmundagi 291-band qo‘shilsin:
«291. Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil ilovalarda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirishga majburdir:
yuridik shaxsning to‘liq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan holda;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tadbirkorlik sub’ektining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bog‘lanish telefon raqami;
litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, amal qilish muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi ma’lumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (etkazib beruvchi), qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun);
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar analoglari haqidagi ma’lumotlar;
hisob-kitob shakli, etkazib berish tartibi va narxi»;
i) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«31. Vrach retsepti bo‘yicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi»;
k) quyidagi mazmundagi 311-band qo‘shilsin:
«311. Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampi qo‘yilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.
Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qo‘shimcha ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yo‘qotilgan yoki u yaroqsiz xolga kelib qolgan xolatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi o‘rnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin.
Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt xodimi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi»dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi»;
l) 34-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«34. Favqulodda holatlarda, bemorning yashash joyidan jo‘nab ketishi, vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yo‘qligi va boshqa shu kabi holatlarda dori vositalari retsept bo‘yicha uch oygacha bo‘lgan muddat mobaynida qo‘llash uchun zarur miqdorda berilishiga yo‘l qo‘yiladi»;
m) 35-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
«Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga ushbu Nizomga muvofiq ma’lumotlarni kiritgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga qaytariladi»;
n) quyidagi mazmundagi 371-band qo‘shilsin:
«371. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-biriga nomutanosib dori vositalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, dorixona tomonidan unga «Retsept haqiqiy emas» shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor qilingan retsept haqidagi ma’lumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi noto‘g‘ri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining rahbariga noto‘g‘ri yozilgan retseptlar to‘g‘risida xabar beriladi hamda vrach tomonidan berilgan retseptga nomutanosib dori vositalari dorixona tomonidan berilganda, dori vositalari qaytariladi»;
o) quyidagi mazmundagi 391-band qo‘shilsin:
«391. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish mumkin. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish dorixona xodimi — farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassis bilan birga amalga oshirilishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni etkazib berish uchun ularning sifati va xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlovchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasida kerakli zarur harorat, namlik, shuningdek, toza havo ta’minlab turilishi lozim.
O‘lchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek, ta’mirlangandan so‘ng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan o‘tadi va (yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda ularning sifat ko‘rsatgichlari yo‘qolmasligi hamda dori vositalarining o‘ramlari va tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomalarda qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.
Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda tashqi muhit ta’siridan saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi»;
p) 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«41. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshiruvchi hududiy komissiyalarning ishchi organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga yuklanadi»;
Dori vositalarini imtiyozli berihs tartibi bo’yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar
Imtiyozli retseptlar asosida dori vositalar taminotini tashkil qilish


O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» hamda «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, shuningdek ayrim toifadagi shaxslarni imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan “Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalari ro‘yxati”, “Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan.
Imtiyozli dori preparatlari uchun yoziladigan retsept blankasi va uning kreshogi haqida ma’lumotlar
Vaqtinchalik dorixonada bo’lmagan dori vositalari bilan taminlash tartibi
Dorixonalardan dori vositalarini imtiyozli ajratish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha blankalarda davolovchi shifokorlar tomonidan yozilgan retseptlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Retseptni olish uchun bemorlar (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlar) ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatni ko‘rsatgan holda bemorlar ro‘yxatda turadigan joydagi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan joydagi ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qiladilar.
Dori vositalari reestrlari haqida ma’lumotlar
Dorixonaninmg imtiyozli dori vositalar taminoti bo’yicha hisoboti
Dori vositalario bilan imtiyozli taminlsh bo’yivcha harajatlarni moliyalashtirish tartibi bo’yicha tuziladigan shartnoma
Sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organi yoki ambulatoriya-poliklinika muassasasi tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq oldindan tanlov, tender yoki elektron savdolar o‘tkazmasdan, shuningdek maxsus axborot portallarida e’lon bermasdan yozilgan retseptlar asosida bemorlarga berilgan dori vositalari qiymatini to‘lash uchun dorixonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzadi.

Nazorat savollari


1.Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi
2.Retsept va uni yozish qoidalari
3.Retseptlarning tarkibiy qismlari
4.Retseptning funksiyalari
5.Shifokor tomonidan yoziladigan retseptura blankasining turlari
6.Retseptura blankasidagi asosiy va qo’shimcha rekvizitlar
7.Retseptlarni ekspertiza qilish, ro’yhatga olish va berish tartibi
8.Dori preparatlarini berishga qo’yiladigan umumiy talablar
9.Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari
10.Dori vositalarini imtiyozli berihs tartibi bo’yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar
11.Imtiyozli retseptlar asosida dori vositalar taminotini tashkil qilish
12.Imtiyozli dori preparatlari uchun yoziladigan retsept blankasi va uning kreshogi haqida ma’lumotlar
13.Vaqtinchalik dorixonada bo’lmagan dori vositalari bilan taminlash tartibi
14.Doriu vositalario bilan imtiyozli taminlsh bo’yivcha harajatlarni moliyalashtirish tartibi bo’yicha tuziladigan shartnoma
15.Dori vositalari reestrlari haqida ma’lumotlar
16.Dorixonaninmg imtiyozli dori vositalar taminoti bo’yicha hisoboti

1.6 DORIXONA SHAROITIDA DORI VOSITALARINI TAYYORLASH. DORI VOSITALARINI SIFATINI NAZORAT QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISH.


Reja:

              1. Dorixona sharoitida dori vositalari ishlab chiqarishning me’yoriy asoslari

  1. Ishlab chiqarish xonalari uchun sanitar tartib qoidalari. Nosterill dori vositalarini tayyolash uchun sanitar talablari

  2. Aseptik blok va jihozlari uchun sanitar talablar.

  3. Aseptik sharoitda dori vositalarini tayyorlash uchun qo’yiladigan sanitar talablar

  4. Dorixonada dori vositalariuni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan xodimlarga qo’yiladigan sanitar gigiyenik talablar

  5. Dorixona sanitar tartib qoidalarini nazorat qilish.

  6. Ishlab chiqarish xonalarini moddiy texnik taminoti

  7. Dorixonaga kelib tushgan dori vositalari va tibbiy texnika sifatini qabul qilishdagi nazorat

  8. Dorixonaga sifatsiz mahsulot kelib tushuishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar.

  9. Yozma nazorat, og’zaki nazorat, organoleptik nazorat, fizik nazorat, kimyoviy nazorat

  10. Dori vositasini berishdagi nazorat

  11. Steril dori vositalarini tayyorlash va nazorat qilishni alohida turlari




Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish