Фармацевтик маркетинг концепцияси


Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana03.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#137173
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Fanning maqsadi va vazifalari. Farmatsiyani rivojlanish tarixi (1)

Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi

Qadimgi Misrda tibbiyot holati haqidagi bilim manbalari bizning

davrimizgacha yetib kelgan 9 ta papiruslar, sarkofaglar, piramidalar,

ibodatxonalar ustunlari va turli xil madaniyat yodgorliklaridagi ieroglif

yozuvlari

bo‘lgan. Tibbiy-gigienik xarakterdagi ba'zi ma'lumotlar,

shuningdek, tibbiyotning rivojlanish darajasi va qadimgi Misrda tibbiy

yordam ko‘rsatish darajasi to‘g‘risida bilvosita dalillar diniy, hukumat va

diplomatik hujjatlar, adabiy asarlarda mavjud.

Har xil kasalliklar va ularni davolash haqida ma'lumot bir qator

papiruslarda mavjud. Hozirda Leypsig universitetida saqlanayotgan

Misrdan topilgan Ebers papirusi alohida ahamiyatga ega. Papirus har biri

22 qatordagi yozuv bo‘lgan 110 betdan iborat bo‘lib, "Tananing barcha

qismlari uchun dorilarni tayyorlash kitobi" degan yozuv mavjud. Ebers

papirusi miloddan avvalgi XVII asrda tuzilgan. Ushbu misrliklar

tibbiyotidagi darslikda taxminan 800 resept mavjud bo‘lib, ularning

ko‘pchiligi qusish, ichakni bo‘shatish, siydik ajratish, terlash, kekirish va

gaz chiqarishni chaqiruvchi vositalari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir.




Qadimgi Misrda teri kasalliklariga qarshi ishlatiladigan katta miqdorda

vositalar tufayli, u yerni tibbiyot tarixchilari dermatologiyaning tug‘ilgan joyi deb

hisoblashadi. Misrliklar hozirda ham tayyorlanayotgan pilyulalar, damlamalar,

qaynatmalar tayyorlashni, o‘simliklar sharbatini siqishni, surtmalar, plastirlar,

chekish vositalarini, malhamlarni, bug‘lashlarni tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, ularning afyun, kastor yog‘i, yong‘oq, archa yog‘i, pivo

xamirturushi, mirta, sharob va hokazolardan foydalanishganligi haqida ma'lumotlar

bizgacha yetib kelgan.

Miloddan avvalgi 3 - 4 ming yillar davomida qadimgi misrliklarda, dori

vositalarini tayyorlash huquqi faqat ruhoniylarning eng yuqori qatlamiga mansub

kishilarda bo‘lib, ularning e'tiqodlari bo‘yicha barcha davolash ishlari “tot” xudosi

homiyligida olib borilgan va uni “farmaki”, ya'ni "qutqaruvchi", "himoyachi",

"davolovchi" deb nomlangan. “farma” o‘zagiga ega bo‘lgan so‘zlar aynan shu davrda

hosil bo‘lgan va bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Misrliklar orasida dorilarni

tayyorlash nisbatan yuqori darajada bo‘lgan. Misrliklar, ayniqsa yiringlashga qarshi,

teriga surtiladigan va kosmetik mahsulotlarni juda yaxshi tayyorlashgan.




Qadimgi Misr kosmetikaning tug‘ilgan joyi hisoblanadi. Qadimgi

misrlik kosmetikalarning yuqori chidamlilikka ega ekanligi, terini bezovta

qilmaganiga va ba'zi holatlarda yallig‘lanishga qarshi va fotoprotektiv

ta'sirga ega ekanligiga guvohlik beradigan yozuvlar bizgacha yetib kelgan.

Jarrohlik amaliyoti yuqori rivojlangan. Qadimgi Misr shifokorlari

zamonaviy shinalar, longetlar va hattoki gipsli bog‘lamlarga o‘xshash

vositalardan singan suyaklarni davolashda foydalanishgan. Ma'lumki,

qadimgi Misrda amputasiya, bosh suyagi trepanatsiyasi, kataraktani olib

tashlash, umurtqa suyagi, eshitish organi jarrohliklari va boshqalar

o‘tkazilgan. Operatsiya davomida og‘riq qoldiruvchi vositalar ishlatilgan.

Qadimgi Misr shifokorlari yaralarning infeksiyasi xavfli ekanini bilishgan

va yallig‘lanishli hodisalarga qarshi kurashishga urinishgan, jarohatlarda

tol daraxti barglarini yopishgan va yallig‘lanish jarayonini kuydirish orqali

oldini olishni tavsiya qilganlar.





Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish