Farididdin Attor



Download 240,84 Kb.
bet1/65
Sana23.07.2022
Hajmi240,84 Kb.
#842732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Adiblar shartiga


  1. Farididdin Attor

 (taxallusi; asl ism sharifi Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim; taxminan 1148/51, Nishopur — 1219/21) — mutasavvif shoir. Asarlarida tasavvufni targʻib qilgan. Mansur HallojBoyazid Bistomiy taʼlimotidagi gʻoyalarni davom ettirgan. Attor falsafasining asosini tavhid (Allohning yagonaligini tan olish) ilmi tashkil etadi. Unga koʻra, tavhid faqat Allohning yagonaligini tan olish emas, balki u bilan qoʻshilishga intilish, yaʼni insonning mutlaq Ruh tomon intilishini anglatadigan jarayondir. Attorning "Bulbulnoma", "Mantiq ut-tayr", "Ushturnoma" asarlari ramziy-allegorik timsollar asosida yozilgan. "Javhar uz-zot", "Xayloj", "Asrornoma", "Sharh ul-qalb", "Musibatnoma" kabi dostonlari bevosita muhokama-mushohada, fikriy-shuuriy bayonlar tarzida bitilgan. Bundan tashqari, "Xusravnoma"-ga oʻxshab majoziy ishqni kuylagan romantik-sarguzasht asari ham bor. Attorning 2 qismdan iborat "Javhar uz-zot" asarida butun ruhiy va moddiy olamlar yagonaligi taʼriflangan. Iloh har bir zarrada mavjud, ammo uni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin emas. Alloh oʻz borligʻida ham pinhonu ham paydo, barcha ashyolar yolgʻiz javhardan kelib chiqqan. "Asrornoma"da bu fikr yanada aniqroq ifodalangan. Attor asarlarida xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. "Mantiq ut-tayr" (1175, bu asar "Maqomoti tuyur" deb ham nomlangan) asari mashhur. Alisher Navoiy bolalik chogʻida bu dostonni yod olib, uning taʼsirida "Lison ut-tayr" ("Qush tili") dostonini yozgan. Ushbu asar tasavvufning eng yirik adabiy yodgorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Attor "Pandnoma", "Besarnoma", "Devon", "Vuslatnoma," "Tazkirat ul-avliyo" kabi asarlar muallifi. Uning "Ilohiynoma" asari ham masnaviy yoʻlida bitilgan ishqiy-maʼrifiy, falsafiy-axloqiy dostondir. Masnaviyda 282 ta rivoyat, hikoyat va qissalar bayon etilgan. Attor Haq va haqiqat tushunchalarini hamma vaqt inson mohiyatiga bogʻlab tushuntirgan. Zero, tavhid mohiyati ham, haqiqat ham oxir oqibat inson mohiyati va haqiqati bilan izoxlangan. Shoirning 96 bobdan iborat "Tazkirat ul-avliyo" asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar boʻlib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoulloxlarning hayoti, kashfu karomatlari bayon etilgan. Asarning Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida 10 dan ziyod qoʻlyozma nusxalariBombay va Lohurda 1877, 1887, 1895, 1900, 1903 yillarda nashr qilingan bosma nusxalari hamda Xojashoh ibn Sayyid Axmad Xorazmiy oʻzbek tiliga tarjima qilgan 4 qoʻlyozma nusxasi mavjud. Ushbu asarning Mirzo Kenjabek tomonidan oʻzbekchaga qilingan tarjimasi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan (1997).
Shayh Farididdin Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim Attor, odatda, shunchaki Attor (“dorixonachi”), haqiqiy ismi — Abu Hamid Muhammad ibn Abu Bakr Ibrohim (yoki ibn Sa‘d ibn Yusuf, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noaniq) — XII asr fors so‘fi shoiri, ko‘plab dostonlar va she’rlar muallifi. Attorning she’rlari ilohiyot bilan birlashishga intilish va chuqur falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilgan.
Tug‘ilgan va vafot etgani haqidagi manbalar turlicha va isbotlanmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra Attor 1119 yil tug‘ilgan va vafot etgan sanasi aniqlanmagan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u XII asrning ikkinchi yarmida tug‘ilib, 1230 yil vafot etgan. 1119 yilda tug‘ilib, 1230 yilda vafot etganligi haqidagi ma’lumotga ko‘ra Attor uzoq umr ko‘rgan.
Yana bir manbalarga ko‘ra Attor 1145 yoki 1146 yil Nishopurda tug‘ilgan va 1221 yil Nishopur shahri Tuluy askarlari tomonidan qamal qilinib, mo‘g‘ullar istilosi vaqtida o‘ldirilgan.
“Mantiq uttayr” (1175), “Pandnoma” kitoblari juda mashhur; “Tazkirat ul avliyo” asari Brokgauz va Yefronlarning ensiklopedik lug‘atida ta’kidlanishicha, Attorning asarlari o‘zining chuqur va samarali boy g‘oyalari bilan bir nozik shaklga birlashgan.
2. Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850 — Qoʻqon — 1903.25.5) — shoir va mutafakkir. Oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan.
Hayoti[tahrir]
Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xoʻjandlik boʻlib, Qoʻqonda yashaganlar. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjada sheʼriyatga havas uygʻotgan. Muqimiy Qoʻqondagi Nodira bino qildirgan „Moxlar oyim“ madrasasida, soʻng Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864–1865; 1875–1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan faoliyati vaqtda amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan „Tanobchilar“ satirasini yozgan.
Ijodi[tahrir]
70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887–1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.
Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. „Oshiq boʻlibman“, „Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“ kabi sheʼrlari bunga misol.
Hajviyoti[tahrir]
Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktor boy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar)- „Saylov“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“).
Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar).
"Sayohatnoma" asari[tahrir]
Muqimiy oʻzbek adabiyotiga ishchilar mavzusini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi („Maskovchi boy taʼrifida“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli „Sayohatnoma“ asarini yozdi. Asar yengil, oʻynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining ogʻirligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni maʼqullab, goʻzallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan.
Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 sheʼriy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheʼrlari qoʻlyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.
Ijodiga nazar[tahrir]
Muqimiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqimiy“ toʻplamini (T., 1907) nashr qilgan, soʻng 1910–1912-yillarda „Devoni Muqimiy maa hajviyot“ nomi bilan asarlari toʻplami bosilgan. Keyingi davrlarda Gʻofur Gʻulom, Oybek, X. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻ. Karimov, A. Xayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qoʻqonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharcha, Toshkent koʻchalaridan biri, Oʻzbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla „Mavlono Muqimiy“ romani va „Muqimiy“ dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan.

Download 240,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish