Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
78 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yuzumga har ne sendin keldi, shobosh.  
Azimat ayla mohim sori, ey oh,  
Qoʻshay jonimni, qil oʻzunggʻa hamroh!  
Boqib sahrogʻa toʻkti ashki sofi  
Ki, ey dardu gʻam ahlining matofi!  
Rafiqi xokiyu hamvoru soda,  
Nekim vasf aylasam andin ziyoda.  
Base koʻrdung ayogʻim zarbidin ranj,  
Base roʻyam bila boʻldung alamsanj.  
Yoshim seli bila bagʻringni yordim,  
Yugurmak birla gardingni chiqordim.  
Bu soat mehnatimdin forigʻ oʻldung,  
Bihil qilgʻilki, ranjimdin qutuldung.  
Boʻlub bu motamidin dasht gʻamnok  
Ki, vodiydin yaqosin aylabon chok.  
Boqib qildi vasiyat togʻ sori,  
Dedi: «K-ey, ofarinish burdbori.  
Uluvvi qadring aylab koʻkka ohang,  
Shukuhi hilmdin zoting garonsang.  
Yetakdin notavonlargʻa ranahsen,  
Hajardin xastalargʻa tak’yagahsen.  
Sanga mendin yetibdur oncha yotliq  
Ki, yuzungdin uyotliqmen, uyotliq.  
Gahe bagʻring boʻlub tesham gʻilofi,  
Gahe jismingda metinim shikofi.  
Yuzung yoshimgʻa xunolud gohe,  
Damimdin boshing uzra dud gohe.  
Bori jurmumgʻa tigʻi afv surgil,  
Borur chogʻimda afv aylab kechurgil».  
Figʻoni birla togʻ afgʻoni ortib,  
Sadodin har zamon yuz nola tortib.  
gʻamidin bagʻrin aylab oncha rora  
Ki, qondin la’l oʻlub har rora xora.  
Boqib gardungʻa dedi: «K-ey, sitamkor,  
Jafoda kavkabi baxtimgʻa hamkor.  
Shioring har necha javru jafodur,  
Bihilmen, chun mening da’bim vafodur.  
Agarchi sendin oʻldi jonima ranj,  
Vale mendin ham oʻldung sen alamsanj.  
Ham afgʻonim bila rajmurda boʻldung,  
Ham ohim oʻtidin ozurda boʻldung.  
Yuzungga roʻyadin gardim yoyildi,  
Quyoshing dudi ohim tiyra qildi.  
Emastur anjumungning zarfishoni  
Ki, ohim oʻqlaridindur nishoni.  
Bukun ne oh qoldi, ne figʻonim,  
Ne ohu ne figʻon, nomu nishonim.  
Chu tufrogʻ oʻlgʻusi jismi jahongard,  
Zamiring ichra ondin qolmasun gard.  
Chu boʻldim yoʻq, meni yoʻq erdi tutqil,  
Agar bor erdi tutsang ham, unutqil».  
Falakning bu soʻzidin dardi oshib,  
Shafaqdin joni ichra oʻt tutoshib.  



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish