Farg’ona viloyatida 2015 yilning yanvar-iyun oylarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan ma’lumotnoma


Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish



Download 245,5 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2017
Hajmi245,5 Kb.
#1372
1   2   3

5. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish.

Viloyatda 2015 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2120-sonli qaroriga asosan 12 ta korxonada 15 ta loyiha, 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qaroriga asosan 15 ta korxonada 22 ta, jami 25 ta sanoat korxonalarida 37 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida “GM-Uzbekistan” korxonasida ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kir yuvish vositalari, gaz tashish va tarqatishga mo’ljallangan yarim tirkamali tsisternalar, isitish batareyalari, yumshoq bolalar o’yinchoqlari, poliefir tola, sendvich-panel, elektr choynaklari kabi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2015 yilning 1-yarim yilligida hududiy tasarrufdagi 22 ta loyihalarda 24,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan


16,9 mlrd. so’mlik mahsulotlar sotilib, 82 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Natijada 6,6 mln.dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.

6. Rivojlangan infratuzilmani, birinchi navbatda axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi PQ-2264-sonli qaroriga asosan joriy yilda 147 ta (145,5 mlrd. so’m) ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan 95,7 mlrd. so’mlik (66%) qurilish-montaj ishlari bajarildi xamda 91,3 mlrd. so’m (63%) mablag’lar moliyalashtirib berildi. Jumladan:

22 ta umumta’lim maktablarida 26,4 mlrd. so’mlik (90%), 14 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 7,6 mlrd. so’mlik (93%), 11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlarida 28,3 mlrd. so’mlik (85%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. 23 ta bolalar sporti ob’ektlaridan 22 ta ob’eklarda qurilish-montaj ishlar boshlanib, qolgan 1 ta ob’ekt (Beshariq tumanida Yopiq suzish xavzasi) qurilishi bo’yicha qayta tender savdolari 13 iyul kuniga o’tkazilish belgilangan.

57 ta ichimlik suvi ob’ektlarida (39 ta aholi yashash punktlari va 18 ta namunaviy massivlarni) 32 ta yangi quduq qazish, 54 ta yangi suv nasosi o’rnatish, 54,6 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilib, hisobot davriga pudrat tashkilotlari tomonidan 9,3 mlrd. so’mlik (88%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. (moliyalashtirish 7,4 mlrd.so’m (70%)).

Jumladan, 43 ta ob’ektda 48,9 km ichimlik suv tarmoqlari tortildi, 29 ta tik artezian kudug’lari kazildi, 48 ta yangi suv nasosi o’rnatildi, 27 ta suv minoralari qurilib foydalanishga topshirildi. Qolgan 14 ta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 15 noyabrdagi PQ-1641-sonli qaroriga muvofiq, Farg’ona shahridagi ob’ektlar uchun ajratilgan 16,7 mlrd. so’m mablag’ 20 ming o’rinli stadion va aeroport ob’ektlari qurilishiga yo’naltirildi.

Farg’ona shahar "Muruvvat" bolalar uyiga 200 o’rinli yotoqxona qurish, oshxona va mavjud binolarni rekonstruktsiya qilish bo’yicha 4.4 mlrd. so’mlik (87%),  So’x tumanidagi 2 ta (Sho’rbuloq va Sebeda sel yo’llari) soy qirg’oqlarini mustahkamlash ob’ektlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha 682 mln. so’mlik (74%), 7 ta kommunal drenaj ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha 675 mln. so’mlik (100%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Farg’ona Davlat Universitetida 3 ta va Farg’ona Politexnika institutida 5 ta ob’ektlarni kapital rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash bo’yicha 8,3 mlrd. so’mlik (45%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Viloyatda 2015 yil Dasturi (PQ-2282) doirasida 14 ta tumandagi 30 ta qishloq massivlarida quriladigan 1019 ta namunaviy uy-joylar uchun talabgorlar tomonidan 45,8 mlrd.so’m (100%) boshlang’ich badal to’lovlari hamda badal mablag’lari shakllantirildi.

Hozirgacha pudrat tashkilotlariga “Qishloqqurilishinvest” IK tomonidan 82,9 mlrd. so’m (52%) mablag’lar moliyalashtirildi va 102,6 mlrd. so’mlik (66%) qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Jumladan, 1019 ta uylarda er ishlari, 1019 ta uylarda fundament quyish, 1019 ta uylarda g’isht terish, 829 ta uylarda plita yopish, 543 ta uyni tom yopish, 353 ta uyni eshik va deraza o’rnatish, 828 ta uylarda ichki suvoq ishlari, 827 ta uylarda tashqi suvoq ishlari, 210 ta uyni pol qoqish ishlari yakunlandi. Ob’ektlarga 356 ta texnikalar jalb etilib, jami 10256 nafar ishchilar mehnat qilmoqda.

2015 yil 1 iyul holatiga 202 ta uylar foydalanishga topshirilib, tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilindi. 1 avgustga qadar 817 ta jami 1019 ta uylarda qurilish-montaj ishlarini yakunlab, foydalanishga topshiriladi.

Pudratchilarga 31589 tonna tsement (71%), 3125 tonna metall (77%), 30,1 mln. dona (89%) pishgan g’isht, 20456 ta tom yopish plitasi (91%), 6895 m3 yog’och (79%), 183 ming m2 (59%) metallocherepitsa etkazib berildi.

Qishloq massivlarida (reja 27,2 km.) 18,3 km. (67%) tabiiy gaz tarmog’i, (reja 36,8 km.) 26,4 km. (72%) ichimlik suv tarmog’i, (reja 22,1 km.) .17,1 km. (77%) elektr tarmog’i tortildi va 14 ta TP (64%) o’rnatildi, 21,8 km. ichki yo’llar qurilishi bo’yicha tender tanlovlari o’tkazilib, pudrat tashkilotlari aniqlandi. Bugungi kunda pudratchilar tomonidan 6,2 km. yo’llarga asos tayyorlash ishlari yakuniga etkazildi.

Shu bilan birga, 18 ta (jumladan 4 ta mahalla guzari, 1 ta savdo majmuasi, 4 ta bozor, 4 ta nonvoyxona, 5 ta maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi) ijtimoiy soxa va bozor infratuzilmasi ob’ektlarida 1024 mln. so’mlik qurilish-montaj ishlar amalga oshirildi.

2016 yil dasturiga asosan qurilishi rejalashtirilgan uy-joylarga 1095 ta talabgorlar ro’yxati shakllantirildi. Bugungi kunda talabgorlar tomonidan 1,9 mlrd.so’m (4%) boshlang’ich badal mablag’lari shaklantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 martdagi “2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya hamda yo’l transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2313-sonli qaroriga asosan 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya hamda yo’l transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi doirasida 2969,1 km elektr tarmoqlari tizimini va 717 ta TPlarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish, 70 km mavjud temir yo’llarni elektrlashtirish, 34,6 km avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, jumladan O’zbek milliy avtomagistrali tizimidagi yo’llarni modernizatsiya qilishni yakunlash hamda 287,3 km ichimlik suvi tarmoqlari tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish belgilangan. Shuningdek, Dastur doirasida 2015-2019 yillar mobaynida jami 290,6 mln.dollar investitsiyani o’zlashtirish hamda 719 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Mazkur qaror doirasida joriy yilda 103,7 km (reja 8538,3 mln.so’m) shundan 44,8 km. xo’jaliklararo va qishloq aholi punkti ko’chalari, 33,7 km shahar tipidagi posyolka ko’chalari va 25 km shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Hisobot davrida jami 91,5 km (88%) yo’l qurilishi ishlari (6929 mln.so’m) bajarildi.

Xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llaridagi 4 ta ob’ektlarda 41,3 mlrd. so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilanib, hisobot davriga (6 oy rejasi 11,8 mlrd.so’m) 9,2 mlrd. so’mlik (78%) rekonstruktsiya ishlari bajarildi, jumladan:

A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km (14,8 mlrd.so’m) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha (6 oy rejasi 2822 mln.so’m) 227 mln.so’mlik (8%) ishlar amalga oshirildi.

4R-140a “Farg’ona shahriga kirish yo’li” 5,3 km (5,7-11,0 km) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

4R-144 “Farg’ona-Xamzaobod” 3,6 km (16,5 mlrd.so’m) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha (6 oy reja 5900 mln.so’m) 5900 mln.so’mlik (100%) ishlar amalga oshirildi.

4R-17e “Qo’qon shahar aylanma yo’li” 5 km (4-9 km) qismini rekonstruktsiya qilish (10 mlrd.so’m) bo’yicha (6 oy reja 3074 mln.so’m) 3152 mln.so’mlik (102%) ishlar amalga oshirildi.

57 ta ichimlik suvi ob’ektlarida (39 ta aholi yashash punktlari va 18 ta namunaviy massivlarni) 32 ta yangi quduq qazish, 54 ta yangi suv nasosi o’rnatish, 54,6 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilib, xisobot davriga 9.3 mlrd.so’mlik (88%) qurilish-montaj ishlari bajarilib, 42 ta (73%) ob’ektlarda 25,9 km tarmoq tortilib, 25 tik ichimlik suv kudug’i qazildi va foydalanishga topshirildi. 15 ta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Joriy yilda 65 ta transformatorlar va 156,1 km elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish belgilangan. O’tgan 6 oyda xududlarda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida (reja 10653 mln.so’m) jami 4792 mln.so’m mablag’lar sarflandi. Jumladan, (reja 22 dona) 5 ta (23%) transformatorlar, (reja 71,6 km.) 15 km (21%) elektr tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi, (reja 20 dona) 8 dona (40%) yangi transformator punktlari hamda (reja 29,6 km) 4,3 km (15%) yangi tarmoqlar tortildi. Shuningdek, (reja 694 ta) 316 ta (46%) transformator punktlari va (reja 2255) 1043 km (46%) elektr tarmoqlari mukammal hamda (reja 1507ta) 791 ta (53%) transformator punktlari va (reja 4047 km.) 1739 km (43%) elektr tarmoqlari joriy ta’mirlandi.

Magistral telekommunikatsiya tarmog’ini kengaytirish uchun 30 km (888,5 mln.so’m) optik tolali aloqa liniyalari qurish (Farg’ona shahridan Chimyon shaharchasigacha bo’lgan oraliqda) rejalashtirilib, “Telekom Invest” filiali tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi va ekspertizadan o’tkazish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda CDMA-450 standartidagi (O’zmobayl) mobil aloqa tarmog’ini kengaytirish uchun hududlarda 17 ta (1894,0 mln.so’m) baza stantsiyalar (Farg’ona shahri, Beshariq va Farg’ona tumanlariga 2 tadan, Qo’qon, Quvasoy va Marg’ilon shaharlari, Buvayda, Bog’dod, Oltiariq, Yozyovon, Toshloq, Quva, Uchko’prik va O’zbekiston tumanlariga 1 tadan to’g’ri keladi) o’rnatish rejalashtirilib, hozirgi kunda loyihalash, antenna-machta qurilmalari va konteynerlar o’rnatish ishlari yakunlangan. “O’zbektelekom” AK “O’zmobayl” filiali tomonidan Baza stantsiyalarni ishlab chiqaruvchi horijiy kompaniyalar bilan tender savdolari o’tkazilmoqda. Shundan Sho’rsuv shaxarchasiga 1 ta CDMA-450 baza stantsiyasi o’rnatilib, ishga tushirildi. Shuningdek Sho’rsuv shaxarchasiga 14 km shisha tolali kabel yotqizildi, raqamli televideniya uchun machta antennalari montaj qilinib, ishga tushirildi.

Viloyatda 2013-2020 yillar davrida O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Umumiy sig’imi 157 mingta raqamga teng 109 ta telefon stantsiyalari orqali 122,6 mingta foydalanuvchilarga zamonaviy aloqa xizmatlari ko’rsatilmoqda. Shuningdek, internet xizmatlarini ko’rsatuvchi keng polosali qurilmalardan foydalanuvchilar soni 21283 ta, IP-TV xizmati abonentlari soni 1128 tani tashkil etmoqda. Mijozlarga 11 ta savdo ofislari orqali 10 dan ortiq zamonaviy axborot-kommunikatsiya va servis xizmatlari ko’rsatilmoqda.

Farg’ona shahrida telekommunikatsiya axborot-ma’lumot xizmatlari ko’rsatishga mo’ljallangan markaz (Call-Center) ishga tushirilib, aholi va tadbirkorlarga telekommunikatsiya hamda Internet-xizmatlari ko’rsatish yo’lga qo’yildi. 2015 yilda 149 km. optik aloqa liniyasi qurish rejalashtirilib, shundan 85,2 km qismini qurilishi yakunlandi.

Magistral telekommunikatsiya tarmog’ini kengaytirish bo’yicha Farg’ona shahar 244-ATS va Farg’ona tumani Chimyon ATS oralig’iga tortilishi rejalashtirilgan 30 km shisha tolali aloqa liniyalari qurish uchun “Telekom Invest” filiali tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib ekspertizadan o’tkazilmoqda. 2015 yil 3-chorakdan qurilishni boshlash va yil yakuniga qadar to’liq yakunlash rejalashtirilgan.

FTTx (do doma) texnologiyasi asosida keng polosali optik tarmoqlarni rivojlantirish uchun Farg’ona shahridagi 40 ta ko’p qavatli uylarga 30 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish rejalashtirilib, 6 oyda 12 ta ko’p qavatli uylarga 5 km (24,7 mln.so’m) shisha tolali aloqa liniyalari qurildi. Hozirda 300 ga yaqin FTTx abonentlari mavjud.

Joriy yilda CDMA-450 standartidagi mobil aloqa tarmog’ini kengaytirish maqsadida 17 ta baza stantsiyalari o’rnatish rejalashtirilib, hozirda loyihalash, antenna-machta qurilmalari va konteynerlar o’rnatish ishlari yakunlandi. “O’zbektelekom” AK “O’zmobayl” filiali tomonidan Baza stantsiyalarni ishlab chiqaruvchi horijiy kompaniyalar bilan tender savdolari o’tkazilib, shartnomalar imzolandi. Unga ko’ra joriy yil avgust-sentyabr oylarida Baza stantsiya qurilmalarini etkazib kelish va montaj ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

Viloyatda raqamli televidenie tarmog’ini kengaytirish loyihasi bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida raqamli televidenie qamrovi 95 foizga etkazildi. 2015 yilda 5 ta (Qo’qon shahrida 1ta, Farg’ona shahrida 1 ta, So’x tumanida 3 ta) raqamli teleuzatgichlar o’rnatish rejalashtirilib, Farg’ona va Qo’qon shaharlarida raqamli teleuzatkichlar o’rtatiladigan joy tayyorlandi, So’x tumanida joy tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

O’zbekiston tumani Sho’rsuv qishloq fuqarolar yig’ini hududida aloqa infratuzilmasini yaratish maqsadida “O’zbektelekom” AK Farg’ona filiali tomonidan Yaypan-Sho’rsuv oralig’ida 15 km optik tolali aloqa liniyasi qurildi va zamonaviy kichik hajmdagi ATS (MSAN) qurilmasi o’rnatilib ishga tushirildi. Buning natijasida Sho’rsuv QFY hududidagi aholi va korxonalarga keng polosali aloqa xizmatlarini (telefon, yuqori tezlikdagi Internet, IPTV, videotelefon va boshqalar) ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, CDMA-450 standartidagi mobil aloqa baza stantsiyasi ish tushirilishi natijasida Sho’rsuv QFY hududi to’liq mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlandi va mobil aloqa va mobil internet xizmatlari joriy etildi.

RRTM DUK Andijon RTUM tomonidan Antenna machta qurilmasini hamda 10 VT quvvatli teleuzatkich (analog), 10 VT quvvatli FM radiouzatkich va 100 VT quvvatli raqamli teleuzatkich qurilmalari montaj qilindi va natijada Sho’rsuv QFY hududida O’zTV-1 analog teleko’rsatuvi, O’zbekiston radiosi va O’zbekiston Respublikasining 12 ta ijtimoiy (O’zTV-1, Yoshlar, Sport, Mahalla, Bolajon, Navo, Madaniyat va ma’rifat, Dunyo bo’ylab, Kinoteatr, Oilaviy, Diyor, Toshkent) raqamli teleko’rsatuvlari joriy qilindi. Hozirda hududdagi aholi tomonidan DVB-T2 tyunerlari harid qilib, raqamli teleko’rsatuvlarni ko’rish imkoniyati yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi “ZiyoNET” ta’lim axborot tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 198-son qarori ijrosi doirasida 918 ta maktablardan 908 tasi, 145 ta kasb-hunar kollejlari va 12 ta akademik litseylar “ZiyoNET” axborot ta’lim tarmog’iga ulandi.

Shuningdek, o’tgan 6 oyda 5 ta kasb-hunar kollejlariga 25,18 km (646,9 mln.so’m) shisha tolali aloqa kabellari tortildi. (jumladan Qo’shtepadagi Qurilish va servis kollejiga 3,415 km (11,8 mln.so’m), Rishtondagi Tibbiyot kollejiga 2,33 km (8,4 mln.so’m), Yozyovondagi Iqtisodiyot kollejiga 1,52 km (5,5 mln.so’m), Toshloqdagi Ijtimoiy iqtisodiyot kollejiga 8,355 km (247,6 mln.so’m), Beshariqdagi Kompyuter texnologiyalari va servis kollejiga 9,56 km (373,6 mln.so’m).

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga joriy yilda jami 18 ta (6 oyga reja 4 ta loyiha) loyihalar kiritilib, bosqicha-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirda “Ijro nazorati”, “Uz-ASBO”, “Kadrlar Banki - 5”, “Mukofotlanganlar”, Paxta, G’alla va “Ijro intizomi” kabi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari joriy etilgan bo’lib hozirda ushbu tizimlardan samarali foydalanib kelinmoqda.

“E-hujjat” elektron hujjat almashish tizimi 100 dan ortiq va “E-xat” himoyalangan elektron pochta tizimi 200 dan otiq davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati organlarida joriy qilingan va hozirda ushbu tizimlardan samarali foydalanib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil


31 dekabr “O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 355-son qarori talablariga muvofiq
2015 yilning 6 oyida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini baholash reytingi natijalariga ko’ra Farg’ona viloyati hokimligi ko’rsatkichi 76,9 foizni tashkil etgan. Bugungi kunda sayt orqali 12 ta bazaviy va 13 ta qo’shimcha interaktiv xizmatlar taqdim etib kelinmoqda. 2014 yil va 2015 yil 1-yarim yilligi davomida 5 ta davlat axborot resurslari (DAR) va 8 ta axborot tizimlari (AT) www.reestr.uz saytida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil


27 martdagi 73-son qaroriga asosan, viloyatdagi 41 ta korxona va tashkilotlarning 5585 nafar xodimlarini AKT sohasida malakasini oshirishi bo’yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali bilan shartnomalar imzolandi xamda 6 oy davomida davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 538 nafar xodimlari malaka oshirish kurslarida o’qitildi.

O’zbek milliy avtomagistral tarkibidagi A-373 “Toshkent-O’sh” avtomobil yo’lining 95 km qismi viloyatimiz hududiga to’g’ri keladi. O’tgan davr mobaynida mazkur avtomobil yo’lining 51,0 km qismi jahon andozalari talablariga mos ravishda qayta ta’mirlanib, rekonstruktsiya qilindi (Mazkur ishlarga Respublika yo’l jamg’armasi hisobidan 146,0 mlrd.so’m mablag’lar sarflandi.) Shuningdek milliy avtomagistral yo’li yoqasida yo’l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida namunaviy loyihada 10 ta sanitariya va gigiena uzeli qurish ishlari olib borilmoqda.

Muxtaram Prezidentimizning 2015 yil 6 martdagi “2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya hamda yo’l transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2313-sonli qaroriga asosan 2015-2016 yillarda viloyatimizda A-373 “Toshkent-O’sh” avtomobil yo’lini 22,0 km (shundan 2015 yilda 8,0 km) qismini qayta qurish ishlariga 33,4 mln.doll (85,2 mlrd.so’m) mablag’lar sarflanishi, jumladan 2015 yilda jami 14 km (shundan 8 km milliy magistral, 2 km 4R-144 "Farg’ona sh- Xamzaobod q.", 4 km 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga”) avtomobil yo’llarida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Investitsiya Dasturiga muvofiq xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llaridagi 4 ta ob’ektlarda 41,3 mlrd.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilanib, xisobot davriga (6 oy rejasi 11,8 mlrd.so’m) 9,2 mlrd.so’mlik (78%) rekonstruktsiya ishlari bajarildi, jumladan:

A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km (14,8 mlrd.so’m) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha (6 oy rejasi 2822 mln.so’m) 227 mln.so’mlik (8%) ishlar amalga oshirildi.

4R-140a “Farg’ona shahriga kirish yo’li” 5,3 km (5,7-11,0 km) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

4R-144 “Farg’ona-Xamzaobod” 3,6 km (16,5 mlrd.so’m) qismini rekonstruktsiya qilish bo’yicha (6 oy reja 5900 mln.so’m) 5900 mln.so’mlik (100%) ishlar amalga oshirildi.

4R-17e “Qo’qon shahar aylanma yo’li” 5 km (4-9 km) qismini rekonstruktsiya qilish (10 mlrd.so’m) bo’yicha (6 oy reja 3074 mln.so’m) 3152 mln.so’mlik (102%) ishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 1 may “2015 yilda Xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarini mukammal ta’mirlash dasturi to’g’risida”gi 108-sonli qaroriga muvofiq joriy yilda 13 ta ob’ektda jami 17900 mln.so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. Shundan 6 oyda (reja 6,7 mlrd.so’m) 6,7 mlrd.so’mlik (100%) ta’mirlash ishlari bajarildi.

Joriy yilda 103,7 km (reja 8538,3 mln.so’m) shundan 44,8 km xo’jaliklararo va qishloq aholi punkti ko’chalari, 33,7 km shahar tipidagi posyolka ko’chalari va 25 km shaxar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Xisobot davrida jami 91,5 km (88%) yo’l qurilishi ishlari (6929 mln.so’m) bajarildi.

Viloyatda Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 fevraldagi 19-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2016-2018 yillarda viloyat aholisini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo’yicha Manzilli dastur ishlab chiqilib, viloyat xududiy komissiya tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu dastur doirasida 2016-2018 yillarda 282 ta aholi yashash punktlaridagi 222.0 ming aholini ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 148 ta ichimlik suv qudug’i qazish, 36 ta ichimlik suv qudug’ini ta’mirlash, 244 ta yangi suv nasoslari o’rnatish,133 ta suv minorasi qurish, 11 ta suv minorasini ta’mirlash va 460.6 km ichimlik suv tarmoqlari tortish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda viloyatda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 88,4 foizni tashkil etib, manzilli dasturni amalga oshirilishi natijasida ushbu ko’rsatkich 92,3 foizga etkaziladi.

Bugungi kunda 2016 yil dasturida ko’zda tutilgan 125 ta ob’ektlarga loyiha tashkilotlari biriktirilib, ob’ektlarning loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash xamda ajratilgan maydonlarni qurilishga tayyorlash ishlari yakunlanmoqda.

2015 yilda viloyatda 57 ta ichimlik suvi ob’ektlarida (39 ta aholi yashash punktlari va 18 ta namunaviy massivlarni) 32 ta yangi quduq qazish, 54 ta yangi suv nasosi o’rnatish, 54,6 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilib, xisobot davriga 9.3 mlrd.so’mlik (88%) qurilish-montaj ishlari bajarilib, 42 ta (73%) ob’ektlarda 25,9 km tarmoq tortilib, 25 tik ichimlik suv kudug’i qazildi va foydalanishga topshirildi. 15 ta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 25 fevraldagi “Respublika aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar to’g’risida”gi 41-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida suv ta’minoti korxonalariga ichimlik suvini tashish uchun 21 ta (shundan 3 ta ISUZU, 14 ta TTZ-80.10 traktor pretsepi bilan hamda 4 dona tsisternalar) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan maxsus texnikalar 2014 yil belgilangan grafik asosida mart-may oylarida 1 ta shahar va 15 ta tuman “Suvoqava” korhonalariga olib kelindi.

Ushbu 21 ta maxsus texnikalar uchun 1,4 mlrd.so’m mablag’lar o’tkazib berildi. Shundan mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 391,9 mln.so’m mablag’ (shundan “Asaka bank” 348,7 mln.so’m 25 foiz avans hamda 43,2 mln.so’m Andijon mexanika zavodiga 4 ta tsisterna uchun) moliyalashtirib berildi.

Qolgan 1,046 mlrd.so’m mablag’ “Asaka” bankning suv ta’minoti korxonalariga 7 foiz stavka bo’yicha 7 yil muddatga lizing asosida maxsus texnikalarni olishi va bu texnikalar suv ta’minoti korxonalari tomonidan “Avtosanoat Agrotexservis MTP”ning hududiy bo’linmalariga qo’shimcha to’lovlarsiz sublizinga berilishi belgilangan.

Hozirgi kunda “Suvoqava” korxonalari tomonidan biriktirilgan banklar bilan shartnomalar tuzib ushbu texnikalarning lizing to’lovlari belgilangan muddatlardan kechikmagan xolda to’lab berilmoqda.

Hozirgacha harid qilingan 8 ta TTZ-80.10 traktor va maxsus tsisternalarni (Bog’dod, Beshariq, Buvayda, Dang’ara, Yozyovon, Oltiariq, Rishton, O’zbekiston) tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalari balansidan ichimlik suv tashish uchun suv ta’minoti korxonalari balansiga kelgusida ularni ustav jamg’armasi (ustav jamg’armasida davlat ulushi) sifatida o’tkazib berildi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 yanvardagi 16-sonli yig’ilish bayoniga asosn markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti bo’lmagan 45 ta qishloqlardagi 16 mingdan ortiq xonadonlardagi 81 ming nafar aholi soni aniqlanib, ushbu hududlarning xaritalari tayyorlandi. Ichimlik suvi manbaasigacha bo’lgan masofa o’rtacha 8-10 km ni tashkil etib, 1 kunda 4035 m3 ichimlik suvi talab etilishi aniqlandi. Shuningdek, “Suvoqava” korxonasi tomonidan ichimlik suvi olinadigan manbaalari aniqlanib, Davlat sanitariya epidemologiya nazorati markazi tomonidan iste’molga yaroqlilik xulosalari tayyorlandi. (1 ta odamga 1 kunda o’rtacha 50 litr ichimlik suvi talab etiladi, 1 dona 50 litrlik ichimlik suv sig’imi narxi 14,5 ming so’m)

Ushbu aholi yashash punktlariga ichimlik suvini etkazib berish uchun 17 ta maxsus cuv tashuvchi vositalar (jumladan 3 ta ISUZI va 14 ta pritsepli TTZ traktor va 4 ta tsisternalar) uch tomonlama (“Suvoqava”, Asaka bank, Agrotexservis o’rtasida) shartnomalar asosida sotib olinib, 1 ta shahar va 15 ta tuman “Suvoqava” korhonalariga olib kelindi.

Bundan tashqari, Qo’qon mintaqaviy temir yo’llari uzeli bilan Andijon mexanika zavodi o’rtasida 29 dona 3,6 m3 sig’imli maxsus ichimlik suv tsisternalarini sotib olish uchun 290,0 mln.so’mlik shartnomalar tuzilgan va tsisternalar uchun maxsus telashkalar tayyorlanib, Andijon mexanika zavodi jo’natilgan.

Shu bilan birga qishloq aholisi uchun ichimlik suvini saqlash maqsadida 48 423 dona 50 litr sig’imdagi idishlar bo’yicha Toshloq tumanidagi “Sta-plast” MChJ hamda Dang’ara tumanidagi “Imkon” savdo korxonasi bilan viloyat “Suvoqava” IChDB o’rtasida shartnomalar tuzildi. Hozirgi kunda 16 mingdan ortiq xonadonlarga 48423 ta 50 litrli idishlar tarqatib berildi. (shundan TIF “Milliy bank” tomonidan 1 ta shaharga va 15 ta tumanlardagi 672 ta xonadonlarga 2000 dona 50 litrli ichimlik suv idishlari homiylik sifatida qo’shimcha ravishda etkazib berildi.)

Ichimlik suvi manbaalari mavjud bo’lmagan 45 ta aholi yashash punktlari va 23 ta ijtimoiy soha ob’ektlarining joylashuv masofasidan kelib chiqib, yagona tariflar ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 3 dekabr “Respublika axoli punktlarida sanitariya jixatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 315-sonli qarorida belgilangan vazifalarning to’liq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat xokimining 2014 yil 7 noyabr 272-sonli qarori qabul qilinib, shaxar, tuman xokimliklari va tegishli boshqarmalarga vazifalar belgilab berilib, bugungi kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi, jumladan:

Chiqindi yig’ish punkti qurish va konteynerlar bilan jixozlash bo’yicha 2015 yilda 279 ta chiqindi yig’ish punktlari qurish va ularni 1161 ta konteynerlarlar bilan jixozlash belgilangan. Quriladigan chiqindi yig’ish punktlari dislokatsiyalari tasdiqlanib, er ajratish bo’yicha tuman xokimlarining tegishli qarorlari qabul qilindi hamda barcha chiqindi yig’ish punktlari uchun ekologik ekspertiza xulosalari olindi. 279 ta chiqindi yig’ish punktlari qurilishiga 5580 mln.so’m mablag’ talab etiladi. Harid qilinadigan 1161 ta konteynerlar uchun 639 mln.so’m (1 ta konteyner 550 ming.so’m) mablag’ ajratish daromadlarning ortirib bajarilgan qismi xisobidan amalga oshiriladi.

Poligonlar qurish va atrofini o’rash bo’yicha Yozyovon, Toshloq va Uchko’prik tumanlarida yangi quriladigan poligonlar uchun (260 mln.so’m) tuman xokimlarining tegishli qarorlari qabul qilinib, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingan. Hozirgi kunda Yozyovon, Toshloq va Uchko’prik tumanlarida poligon qurilishi uchun loyixa –smeta xujjatlari tayyorlanib, pudrat shartnomalari tuzildi. Toshloq va Uchko’prik tumanida yangi quriladigan poligonlarga 92 mln.so’m mablag’ moliyalashtirilib, atrofini o’rash ishlari boshlandi. Yozyovon tumanida quriladigan poligonga 80 mln.so’m mablag’ni moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli 6 ta (Rishton, Yozyovon, So’x Beshariq, O’zbekiston, Buvayda) poligonlarini atrofini o’rash (430 mln.so’m) bo’yicha loyixa-smeta xujjatlari tayyorlanib, pudrat shartnomalari tuzildi. Rishton, So’x Beshariq, O’zbekiston, Buvayda tumani poligonlarini atrofini o’rash 105,5 mln.sum mablag’ moliyalashtirib berildi. Jami yangi kuriladigan va mavjud poligonlar uchun (reja 690 mln.so’m) 197,5 mln.so’m (29%) mablag’lar moliyalashtirildi.

Sanitar korxonalarga qarashli 2 ta poligonlarni atrofini o’rash belgilanib, Oltiariq tumanida poligon atrofini o’rash ishlari yakuniga etkazilgan. Quva tumanidagi poligonlarni atrofini o’rash bo’yicha loyixa-smeta xujjatlari ishlab chiqildi.

Texnikalar sotib olish bo’yicha 2015 yilda jami 128 ta (shundan 84 ta musuravoz, 12 ta buldozer, 8 ta avtopogruzchik, 12 ta samasval, 12 ta avtotorozi) sotib olininishi belgilangan. Shundan byudjet mablag’lari xisobiga jami 101 ta (shundan 64 ta musuravoz,10 ta buldozer, 7 ta avtopogruzchik, 10 ta samasval, 10 ta avtotorozi), qolgan 27 ta texnikalar kredit mablag’lari xisobiga sotib olinishi belgilangan.

Byudjet mablag’lari xisobiga tuman obodonlashtirish boshqarmalariga sotib olinadigan 64 ta musurovoz va 10 ta samasval uchun byudjet parametrlarida 10,6 mlrd.so’m ajratilgan hamda shartnomalar tuzilgan.

Yanvar-iyun oyida 53 ta musuravozga 8157 mln.so’m, 10 ta samasvalga 950 mln so’m, jami 9106 mln.so’m mablag’ moliyalashtirib berildi. Xozirgi kunga qadar belgilangan grafik bo’yicha jami 63 ta, shundan 53 ta musuravoz va 10 ta samasval olib kelindi.

Poligonlar uchun qolgan 27 ta (4.6 mlrd.so’m) texnikalarni moliyalashtirish maxalliy byudjet xisobidan amalga oshiriladi.

4 ta shaxarlardagi sanitar korxonalar tomonidan 2015 yilda sotib olinadigan 20 ta texnikalardan 5 ta (Farg’ona shaxar 3 ta, Qo’qonda 1 ta, Quvasoy 1 ta ) texnikalar bank kreditlari hisobiga olib kelindi.

Qolgan 15 ta (Farg’ona shaxar 5 ta (Milliy bank), Marg’ilon shaxar 3 ta (Xamkorbank), Qo’qon shahar 7 ta texnikalar uchun kredit xujjatlarini rasmiylashtirilmoqda.

Quva va Oltiariq tumanidagi sanitar korxonalarga qarashli poligonlarga 7 ta maxsus texnikalarni (2 ta buldozer, 1 ta avtopogruzchik, 2 ta samasval, 2 ta avtotorozi) sotib olish bo’yicha kredit xujjatlari rasmiylashtirilmoqda.

Viloyatda 2014 yilda foydalanishga topshirilgan 6 ta ko’p qavatli “Kamolot” uylaridagi jami 267 ta xonadonlarga talabgorlar ro’yxatini shakllantirish bo’yicha quyidagilar bajarilgan.

Bugungi kunga qadar Uchko’prik, Toshloq va Quvasoy shaxridagi 131 ta xonadonlarga talabgorlar tomonidan 348 ta arizalar kelib tushdi. Viloyat komissiyasi tomonidan yuqoridagi arizalardan 131 tasi saralab olindi va joriy yil bugungi kunga qadar 95 ta nomzodlarning tegishli xujjatlari Respublika komissiyasiga yuborildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining


2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli farmoniga muvofiq Quvasoy shahridagi “Kamolot uyi”dagi kvartirani imtiyozli ipoteka krediti asosida sotib olish uchun 28 nafar nomzodlarning hujjatlari Respublika komissiyasiga taqdim etiladi. Qolgan 13 ta (Toshloq) uylarga nomzodlar hujjatlarni jamlash va o’rganish ishlari davom etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil
11 maydagi 40-sonli yig’ilish bayoniga asosan 2015 yilda Farg’ona, Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida jami 3 ta 144 ta xonadonli
(2 ta rekonstruktsiya va 1 ta yangi qurilish)
“Kamolot” uylari qurish hamda kredit ajratish uchun “Milliy bank” mas’ul etib belgilandi. Ushbu uylarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun tanlov asosida Marg’ilon shahriga - “Farg’ona zulfizar omadi” XK, Farg’ona shahriga - “Chimyon imkon qurilish” MChJ, Qo’qon shahriga - “Mega ta’mir qurilish” XK pudrat tashkilotlari biriktirilgan.

Marg’ilon shahridagi “Kamolot” uyida pudratchi “Farg’ona Zulfizar omadi” xususiy korxonasi tomonidan o’z mablag’lari xisobiga 457 mln.so’mlik qurilish montaj ishlari amalga oshirilgan. Binoning tomi yopilgan, tashki suvok ishlari bajarilgan. Parda devorlarni tiklash ishlariga kirishilgan.

Farg’ona shahridagi “Kamolot” uyi (pudratchi "Fartibkurilish" xG’k) ob’ektida demontaj ishlari yakunlanib, devor yuzalarini eski bo’yoqlardan tozalash va 1-qavatda sanuzel xonalarida g’ishtli parda devorlarni tiklash ishlari olib borilmokda.

Qo’qon shaxrida “Kamolot uyi” qurilishi uchun A. Xo’qandiy mavzesidan er ajratish bo’yicha shaxar xokimining 2015 yil 28 may №275- sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan arxitektura rejalashtirish topshirig’i tayyorlanmoqda. Xozirgi kunda qurilish ob’ekti xududida qurilish maydonini axlatlardan tozalash va er ishlari olib borilmoqda. (pudratchi Mega kurilish ta’mir" MChJ)

Viloyatdagi Qo’qon, Farg’ona, Quvasoy va Marg’ilon shaharlaridagi 2255 ta ko’p qavatli uylarga 325 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, ularga 229 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko’rsatadi. O’tgan 3 yil davomida 1600 dan (71%) ortiq ko’p qavatli uylarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 260 ta ko’p qavatli uylarda 165 ming m2 tom qismi mukammal ta’mirlandi, 680 ta ko’p qavatli uylarda 102 ming m2 tom qismi joriy ta’mirlandi, 750 ta ko’p uylarni erto’lasini tartibga keltirildi, 1350 ta kirish yo’laklari ta’mirlandi, 1100 ta kirish yo’laklariga temir eshiklar va 645 ta eshiklarga kodli qulflar o’rnatildi, 250 ta bolalar maydonchalarini ta’mirlandi, 180 ta bolalar maydonchalari qurildi hamda 1200 ta noqonuniy qurilmalar buzildi.

Shaharlardagi 229 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 19 ta tijorat banklari tomonidan mas’ul xodimlar (dublyorlar) biriktirilib, shirkatlardagi mavjud debitor qarzdorlikni kamaytirish choralari belgilandi. Jumladan, shirkatlarning yil boshidagi mavjud 320 mln.so’m muddati o’tgan debitor qarzdorligi to’liq undirildi. Olib borilgan ishlar natijasida, ko’rilgan 35 ta “qoniqarsiz” baholangan shirkatlar “o’rta” toifaga o’tkazildi.

Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy va Qo’qon shaxarlarida ko’p qavatli uy-joy fondini 2015-2016 yil kuz–qish mavsumiga puxta tayyorlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturini qayta ishlab chiqildi. Dastur doirasida jami 11,1 mlrd.so’m (shundan XUJMShlardan 1852 mln.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 8405 mln.so’m, homiylardan 878 mln.so’m) mablag’lar sarflanishini belgilandi.

Jumladan, 93 ta ko’p qavatli uylarda, 52311 m2 tom qismini mukammal, 228 ta ko’p qavatli uylarda 34953 m2 tom qismini joriy ta’mirlash, 366 ta uylarni erto’lasini tartibga keltirish, 409 ta kirish yo’laklarini ta’mirlash, 409 ta kirish yo’laklariga temir eshiklar o’rnatish, 214 ta eshiklarga kodli qulflar o’rnatish, 4804 m2 framuga oynalarni almashtirish, 416 ta elektr taqsimlovchi shitlarni, 64 ta bolalar maydonchalarini ta’mirlash, 48 ta bolalar maydonchalarini qurish, 8709 pG’m irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, 334 ta garajlarni ta’mirlash va 225 ta noqonuniy qurilmalarni buzish belgilangan.

Shaharlardagi ko’p qavatli uylarni kuz–qish mavsumiga puxta tayyorlash maqsadida 229 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga Marg’ilon shahriga Hamkor bank, Farg’ona shahriga Milliy bank, Quvasoy shahriga Hamkorbank va Qo’qon shahriga Asaka bank mas’ul etib belgilandi. Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan 105 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (reja 8405 mln.so’m) 6205 mln.so’m (74%) kredit mablag’lari ajratib berildi. (shundan 3205 mln.so’m (74%) tratuarlarga ajratildi)

Natijada, bugungi kunga qadar 84 ta ko’p qavatli uylarni 46515 m2 (89%) tom qismi mukammal, 194 ta ko’p qavatli uylarni 32318 m2 (92%) tom qismi joriy ta’mirlandi, 453 ta (92%) ko’p uylarni erto’lasi tartibga keltirildi, 1165 ta (92%) kirish yo’laklari ta’mirlandi, 896 ta (100%) kirish yo’laklariga temir eshiklar va 572 ta (98%) eshiklarga kodli qulflar o’rnatildi, 4627 m2 (96%) framuga oynalari almashtirildi, 394 ta (95%) elektr taqsimlovchi shitlar, 67 ta (105%) bolalar maydonchalari ta’mirlandi, 48 ta (100%) bolalar maydonchasi qurildi, 8364 pG’m (96%) irrigatsiya tarmoqlari ta’mirlandi, 342 ta (102%) garajlar tartibga keltirildi, 235 ta (104%) noqonuniy qurilmalar buzildi.

Quvasoy, Farg’ona, Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida ko’p qavatli uylarning old qismidagi yo’laklari (trotuar)ni beton qorishmasi bilan qoplash bo’yicha ishlab chiqilgan Manzilli dastur doirasida 685 ta ko’p qavatli uylar oldidagi jami 116,4 ming m2 (eni 3 metr) trotuar qismini beton qorishmasi bilan qoplash uchun 8285 mln.so’m mablag’lar sarflanishi ko’zda tutilgan. (shundan 4421 mln.so’m kredit)

Shaharlarda yo’lak va ichki yo’llarni beton qoplamalari bilan ta’mirlaydigan 2-3 tadan maxsus tashkilotlar aniqlanib, barcha kerakli uskunalar bilan ta’minlandi hamda tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlar tashkil etildi.

Bugungi kunda 47 ta (Farg’ona sh-da 14 ta, Marg’ilonda 8 ta, Quvasoyda 6 ta, Qo’qonda 19 ta) xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ko’p qavatli uylar oldidagi 103650 m2 (eni 3 metr) (89%) (Quvasoy 987 m2, Marg’ilon 13433 m2, Qo’qon 30977 m2, Farg’ona 58253 m2) trotuar qismi beton qorishmasi bilan qoplandi. Ushbu ishlarga 4664 mln.so’mlik mablag’lar sarflandi.


Download 245,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish