QASHQADARYO VILOYATI
CHIROQCHI TUMANI MAKTABGACHA
TA’LIM BO’LIMI
TASARRUFIDAGI
15-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
DIREKTORI
D.Murodovaning 2021 yil noyabr-dekabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha
YILLIK HISOBOTI
Chiroqchi tumani 2021 yil
15- Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida umumiy
M A ‘ L U M O T:
Nomi: 15–sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
|
|
Telefon raqami : 99-666-59-37
|
|
Manzili: Chiroqchi tumani Kishmishtepa MFY
|
|
DMTTdirektori: Murodova Dilshoda Egamberdiyevna
|
|
DMTT metodisti: Elmirzayeva Madina Abdulla qizi
|
|
DMTT xamshirasi: Farmonova Manura Azamat qizi
|
|
DMTT xo‘jalik mudiri: Axmatov Otabek Abdulla o’g’li
Tarbiyachilar soni: 14 nafar
|
|
DMTT binosi :1984 yilda qurilgan
|
|
Bino turi: Tipavoy
|
|
Holati: yaxshi
Binoning umumiy maydoni: 99 sotx
|
|
DMTT quvvati 360 o’rinli
|
|
Mavjud guruhlar soni 12 ta
|
|
Ish tartibi 8.00 dan 17.00 gacha 5 kunlik
|
|
15- Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hodimlari haqida
M A ‘ L U M O T
Direktor – 1ta ma’lumoti oliy (mutaxasis)
Metodist - 2 ta ma’lumoti oliy (mutaxasis)
Psixolog - 1ta ma’lumoti oliy (mutaxasis)
Hamshira – 2ta ma’lumoti o’rta (mutaxasis)
Xo’jalik muduri – 1ta malumoti o’rta (mutaxasis)
Musiqa raxbari – 4ta shundan 1ta oliy 3 ta o’rta maxsus
Jismoniy tarbiya yo’riqchisi -2ta ma’lumoti oliy (mutaxasis)
Ikkinchi til o’qituvchisi – 1ta ma’lumoti oliy (mutaxasis, rus)
Tugaraklar – 2ta shaxmat-shashka, gimnastika ma’lumoti o’rta (mutaxasis)
Tarbiyachilar – 14 ta shundan 3 tasi oliy ma’lumotli (mutaxasis)
10 tasi o’rta maxsus 9 tasi ( mutaxasis)
1 ta to’liqsiz oliy (mutaxasis)
Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida 2020-2021 o’quv yili yakunlari:
HISOBOTI
Qashqadaryo viloyati chiroqchi tumani 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti Kishmishtepa MFY da joylashgan. 15- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021- yil -iyul oyida ochilgan bo’lib, 1- noyabrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 12 ta guruh, 360 o’ringa mo’ljallangan. Hozirda 12 ta guruhi faoliyat ko’rsatmokda. Ta’lim –tarbiya ishlari o’zbek va rus tilida olib boriladi. Chiroqchi tuman Davlat xizmatlar markazi tomonidan berilgan yo’llanma asosida bolalar MTT ga qabul qilinadi. MTT bolalar yoshiga mos jihozlar va o’yinchoqlar bilan ta’minlangan, bola hayoti havfsizligi qoidalariga va gigienik talablarga javob beradi.
Har bir guruh xonasi keng, yorug’, bolalar yoshiga mos jihozlar va o’yinchoqlar bilan ta’minlangan. Guruh xonalari ozoda, toza va gigienik talablarga javob beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisi keng va obodonlaashtirsh ishlari olib borilgan.
O’quv yili davomida barcha bayram ertaliklari musiqa rahbarlari hamda tarbiyachilar tomonidan yillik rejaga asoslangan holda olib borildi.
DMTT tarbiyalanuvchilari o’rtasida “ Oltin kuzim saxiy kuzim”, “Bayrog’imiz faxrimiz g’ururimiz“, “Men ham vatan himoyachisiman” “Konstetutsiya baxtimiz poydevori”, “Ertak qahramonlarining bayram sarguzashtlari”bayram tadbiri o’tkazildi. Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2020-2021 o’quv yilining asosiy vazifalariga tayangan holda yil davomida 4 ta pedagogik kengash rejalashtirilib, barcha pedagogik kengashlar reja asosida olib borildi. Pedagogik kengashlar davomiyligida talaygina muammolar o’z yechimini topdi va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ijrosi belgilandi.
Ta’lim –tarbiya faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tashkilotning barcha pedogoglari o’quv yili boshida “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga ko’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk kadam” Davlat o’quv dasturi, “Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandilar. O’quv yilining so’ngi may oyi davomida tashkilotning maktab ta’limiga yo’l olayotgan jami 75 nafar tarbiyalanuvchilarga O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan rus va o’zbek tillarida chop etilgan “ Ish daftari” tarqatildi. Daftar asosida DMTT pedogoglari tarbiyalanuvchilar bilan tushintirish ishlarini olib borib ularni maktab ta’limiga to’laqonli tayyorlashga erishtilar.
Davlat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bir qancha ta’limiy o’yin va o’yinchoqlar, rivojlantiruvchi kartochkalar taqdim etildi. Pedogoglarning metodik shkaflari “Ilk kadam” Davlat o’quv dasturi asosida zamon talablariga javob beradigan turli ko’rgazma va tarqatma materiallar bilan boyitishda davom etadi. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi pedagogik kengashlarda, nazariy va amaliy seminarlarda o’rganib borildi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy-sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish, bolalarni chiniqtirish, to’g’ri va sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish bo’yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. “Sog’lom avlod uchun” dasturi bo’yicha tashkiloti salomatlik kunlari tashkil etildi. “Bola hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasi” ishlab chiqildi. Tashkilotga yangi kelgan bolalarni DMTTga moslashuvi bo’yicha guruh tarbiyachisi ish olib bordi.Tashkilotda muntazam ravishda ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar yo’lga qo’yilgan. Umumiy ota-onalar yig’ilishlari dekabr oyida o’tkazildi. Yig’ilishda “2021-2022 o’quv yilining asosiy vazifalari va ota-onalar bilan hamkorlikdagi ish rejasi”, muxokama etildi. Ota-onalar qo’mitasining o’quv yili rejasi, Kuzatuv kengashi yig’ilishining rejalari tahlil etildi.
Tashkilotning -maktab bilan hamkorlik ish rejasiga ko’ra 1 yillik majburiy ta’lim guruhlari tashkil etilib tarbiyalanuvchilar maktab binosi, sinf xonalari va kutubxona bilan tanishtirildi, 1-sinf o’quvchilarining dars jarayonlari bilan tanishtirildi. Tarbiyalanuvchilar “Alifbe” bayramida qatnashdilar, maktabga chiqqan bolalarni moslashuvi va o’zlashtirish darajalari tahlil qilindi. Jamoaning ma’naviy va siyosiy ongini oshirish maqsadida oynoma va ro’znomalarga obuna bo’lindi. “Kishmishtepa” mahallasi bilan hamkorlikda yil davomida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Tashkilotda o’tkazilgan bayramlarga mahalla faollari ham taklif etildi.
15-sonli DMTT direktori: D.E.Murodova
Metodist:
Do'stlaringiz bilan baham: |