Shaharlari Viloyatda 9 ta shahar bor. Farg‘ona muhim sanoat, transport va madaniyat markazidir. Shahar suv bilan yaxshi ta’minlangan, yozi birmuncha salqin. Shaharda ikkita IEM ishlab turibdi. Iqtisodiy rayonning birlashgan energetika tizimi shu IEMlar asosida shakllangan. Shaharda Farg‘ona davlat universiteti, politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutlarining filiallari faoliyat ko‘rsatadi. Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Madaniyat va istirohat bog‘lari, favvoralar, xiyobonlar, soya-salqin maydonlar shaharga o‘zgacha tarovat beradi. Buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg‘oniy shu makonda tavallud topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |