Ayirish sistemasi. Yomgir chuvalchangining ayirish sistemasi oq planariyanikidan farq qiladi. Har bir tana bognida bir juftdan sirtmoqqa oxshash burilgan ingichka uchun naychalar ayirish sistemasi vazifalarini bajaradi. Naychalarning bir uchi tana boshligiga, ikkinchi uchi esa, teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana boshligiga ochilgan uchi voronkaga oxshash kengaygan va juda kop kiprikchalar bilan taminlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga otadi va teri yuzidagi teshikchalar orqali organizmdan chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |