Darsning texnik chizmasi:
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I
|
Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Davomat
Kun yangiligi
|
5 daqiqa
1daqiqa
1daqiqa
3daqiqa
|
II
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
1. “ Blits savollari”
2. Onlayn test bilan ishlash. Monitoring orqali.
|
10 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu:
“Aqliy hujum”.
Yangi mavzuni bayoni
|
15 daqiqa
2 daqiqa
13 daqiqa
|
IV
|
Yangi mavzu ustida ishlash, mustahkamlash
1. “Klaster” usulidan foydalanish.
2. Muammoli vaziyat ustida ishlash.
|
10 daqiqa
5 daqiqa
5 daqiqa
|
V
|
Darsni yakunlash:
Baholash
Uyga vazifa berish.
|
5 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
|
VII. Darsning borishi: a.Tashkiliy qism:
---davomatni aniqlash;
---ma’naviyat daqiqasini o’tkazish;
b.O’tgam mavzuni mustahkamlash:
“Blits” savollari----- 1.Ijtimoiy hakorlikning zidi nima?
2.Mustaqil va erkin hayotning asrashning eng muhim sharti nimada?
3.Ijtimoiy hamkorlik nimani anglatadi?
4.Komillik qanday fazilatlarda namoyon bo’ladi?
5.A.Navoiy komillik to’g’risida nima degan?
6.I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch” asarining birinchi bobi qanday nomlanadi?
7.Komil insonni tarbiyalash qanday g’oya?
d.Yangi mavzu ustida ishlash.
REJA: 1.O‘zbekiston – ko‘p millatli mamlakat.
2.“Bu aziz Vatan – barchamizniki” g‘oyasining ma’no-
mazmuni.
3.Millatlararo hamjihatlik va totuvlik g‘oyasi.
4.Xalqimizga xos bo‘lgan do‘stlik, birodarlik fazilatlari.
5.Millatlararo hamjihatlikka raxna soluvchi illatlar
- “Aqliy hujum”---Nima uchun biz “O’zbekiston- umumiy uyimiz” degan ezgu fikrni ko’p aytamiz?
-„Tutkiston- umumiy uyimiz” degan ezgu fikrni mohiyati nimada?
Birinchi Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk kunlaridan tinchlik va farovonlikni ta’minlashning muhim omili sifatida millatlararo totuvlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratildi. Jumladan, Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilgan tarixiy nutqida “Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarining konstitutsiyaviy huquqlarini muhofaza etish, ularning madaniyati, milliy urf-odatlari rivojlanishiga, ona tilida so‘zlashishi va o‘qishiga barcha sharoitlarni yaratish uchun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Mustaqil O‘zbekistonning siyosati — insoniylik, ezgulik qonunlariga asoslanadi hamda fuqarolar osoyishtaligi va milliy murosa siyosati bo‘lib qoladi”, deb davlatimizning bu boradagi siyosatini belgilab bergan edi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni musathkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elatlar istiqomat qilmoqda. Mamlakatda 138 ta milliy madaniy markaz va 34 ta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-yanvardagi qarori bilan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi va milliy madaniy markazlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi. Ta’kidlash joizki, ushbu markaz jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda Dastlabki Milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. Oʻzbekiston mustaqilligi munosabati bilan ularning samarali faoliyat kursatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada Milliy-madaniy markazlarm. soni yil sayin ortib bordi. Agar 1992 yil 10 ta Milliy-madaniy markazlarm. ish olib borgan boʻlsa, 1995 yilda ularning soni 72 taga, 2003 yilga kelib esa 135 taga yetdi. Ular respublika madaniy markazlari, viloyat, shahar, tuman madaniy markazlaridan iborat
. tinchlik va barqarorlikka xavf soladi.
V XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH HAMDA CHUQUR O‘YLANGAN, O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TASHQI SIYOSAT SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish;
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |