Shor |
|
Gavda ort qismi bo’ylab qo’ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o’lchanadi.
|
27. Tirsakkacha qo’l uzunligi
| Dqo’l.tir |
|
Yelka nuqtasidan tirsak nuqtasigacha bo’lgan oraliq vertikal o’lchanadi.
|
28. Qo’lning bilakkacha uzunligi
| Dqo’l.bil |
|
Yelka nuqtasidan bilkkacha vertikal o’lchanadi.
|
Izoh: Bolalar qomatidan o’lcham olish ham shunday tarzda amalga oshiriladi.
INSERT jadvali
Mustaqil o‘qish vaqtida olgan ma’lumotlarni, eshitgan ma’ruzalarni tizimlashtirishni ta’minlaydi;olingan ma’lumotni tasdiqlash,aniqlash,chetga chiqish,kuzatish. Avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash qobiliyatini shakllantirish shakllantirishga beradi.
O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI:
Asosiy o’lcham belgilarini ko’rsating.
A) R; Sk ; Obo’k;
B) R; Ok1; Obo’k, Obel;
C). R; Obo’k; Shk; Shor;
D) Ok1 Obo’k; Vk; Sk.
Bo’yin nuqtasi, bo’yin asos nuqtasi ko’krak uchki nuqtasi orqali qaysi o’lcham o’lchanadi?
A) yelka qiya balandligi;
B) yeng o’miz balandligi;
C) ko’krak balandligi;
D) old belgacha uzunlik.
Ayollar qomat o’lchamidan nechta ko’krak aylana o’lchami olinadi?
A) 1;
B) 2;
C) 3;
D) 4.
Proektsion o’lchanadigan o’lchamlarni aniqlang.
A) R; Vel;
B) Vel.qiya; Sk;
C) Sk; Vel;
D) Sk; Shor .
Bel aylanasi (Obel) o’lchami kattaligi qanday yoziladi?
A) 1|2;
B) to’liq;
C) 1|3;
D) 1|4.
Bo’yin aylanasi (Ob) o’lchami o’lchashda santimetrli lenta qanday o’tadi?
A) bo’yin nuqtasining ustidan;
B) bo’yin nuqtasi orqali;
C) bo’yin nuqtasining tagidan;
D) to’g’ri javob yo’q.
Ko’ndalang qomat o’lchamlari nima yordamida o’lchanadi?
A) antropometr bilan;
B) tsirkul bilan;
C) santimetr lenta bilan;
D) santimetr chizg’ich bilan.
Quyidagi antropometrik nuqtalardan qaysi biri odam qomatidan balandroq joylashgan?
A) yelka nuqtasi. ;
B) bo’yin asos nuqtasi;
C) ko’krak uchki nuqtasi;
D) bo’yin nuqtasi.
Erkaklar qomatining yetakchi o’lcham belgilarini aniqlang.
A) OKII; R; Ob; Obo’k;
B) R; OKIII, Obo’k;
C) OKIII; Obo’k; Obel; R;
D) R; OkIII, Obel.
10 Ayollar qomatining yetakchi o’lcham belgilarini aniqlang.
A) OkII; R; Obel; Obo’k;
B) R; OkIII; Obel;
C) OkIII, R; Obel; Obo’k;
D) R; OkII, Obo’k.
TEST JAVOBLARI (kalit)
Tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr:
М.K.Rasulova, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” o‘quv qo‘llanma. Tоshkеnt 2011 yil
М.K.Rasulova, “Tikuv buyumlari texnologiyasi” fani bo‘yicha tikuv buyumlarning bo‘linmas operatsiyalirini ketma-ketligi to‘plami. Tоshkеnt TTYSI 2011 yil.
M.Jаbbоrоvа «Tikuvchilik tехnоlоgiyasi». Tоshkеnt, 1989 y. «O‘qituvchi»
nаshriyoti.
«Uy-ro‘zg‘оr ensiklоpеdiyasi». Tоshkеnt, 1982 yil.
А.T.Truхаnоvа «Tikuvchilik tехnоlоgiyasi аsоslаri». Tоshkеnt: «O‘qituvchi» n.. 1996 yil.
B. Ziyomuhammadov “Ta’lim texnologiyalari” (metodik qo‘llanma)
Toshkent. 2012y.
13-MAVZU
|
Andozalarni ishlab chiqish
|
(Amaliy mashg’ulot – 6 soat)
O’QUV MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI MODELI
Talabalar soni: ___
|
O’quv soati: 6 soat
|
Amaliy mashg’uloti shakli:
|
Amaliy
|
Amaliy masg’ulot rejasi:
|
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi loyiha chizmasidan andoza olishga tayyorlash;
Bo’laklar qirqimlaridan chok haqqini belgilash;
Andozada tanda ip yo’nalishi va undan chetga chiqish miqdorini aniqlash;
Andozada bo’laklarni raqamlash
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
qomatdan o’lcham olish uchun zarur antropometrik nuqtalarni aniqlash va ko’rsatish.
kiyim konstruktsiyasini yaratish uchun zarur gavda o’lchamlarini aniqlash;
qomatdan o’lcham olish uchun zarur shartlarni aniqlash;
qomat o’lchamlarini olish.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyatining natijalari:
|
berilgan bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi loyiha chizmasidan andoza olishga tayyorlash;
|
berilgan bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi loyiha chizmasidan andoza olishga tayyorlash usullarini o'rganadilar
|
bo’laklar qirqimlaridan chok haqqini belgilash;
|
bo’laklar qirqimlaridan chok haqqini belgilash qoidalarini biladilar
|
andozada tanda ip yo’nalishi va undan chetga chiqish miqdorini aniqlash;
|
andozada tanda ip yo’nalishi va undan chetga chiqish miqdorini aniqlash qoidalari;
|
andozada bo’laklarni raqamlash;
|
andozada bo’laklarni raqamlash qoidalarini o’rganadilar
|
Ta’lim metodlari
|
Ma’ruza, namoyish etish, Blist-so’rov savollari
|
Ta’lim vositalari
|
Ma’ruza matni, video proyektor, slaydlar, markerlar, dazmol, qaychi, mato.
|
O’qitish shakllari
|
Frontal, jamoaviy, guruhlarda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalardan foydalanishga, kerakli jihozlar va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Savol-javob, Nazorat savollari
|
O’QUV AMALIYOTI MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Ish bosqichlari va vaqti
| Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi
|
O’qituvchi
|
1-bosqich:
O’quv mashg’ulotiga kirish. _ daqiqa.
|
Mavzuni e’lon qiladi. Mavzu bo’yicha vazifalarni tushuntiradi. Bajariladigan ishlar ketma-ketligi bilan tanishtiradi.
|
Eshitadi.
|
2-bosqich: Asosiy
____ daqiqa.
|
Mazkur mavzu bo’yicha o’quv materialini bayon qiladi. Har bir o’quvchining nazariy bilimlarini baholash uchun test savollari beradi.
Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asos chizmasida modellash bosqichlarini chizib ko’rsatadi. Texnik shartlar asosida ko’ylak bo’laklarining andozasini tayyorlash usulini ko’rsatadi. O’quvchilar yo’llanma xaritasi bilan ta’minlanadi.
O’quvchilarning bajarayotgan ishlarini kuzatadi va joriy yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi.
|
Eshitadi. Test savollariga javob beradi.
Diqqat bilan kuzatadi. Usta bajarayotgan ishlarni ketma-ket bajaradi.
Modellashtirilgan ko’ylak bo’laklarini kalka qog’ozga tushiradi. Bo’lak andozalarini qirqimlaridan texnik shart asosida chok haqqi qoldirilib chizib chiqadi. Chizilgan chiziqlar asosida andoza qirqib oladi. Andozaga bo’laklar nomi raqami tanda ipi yo’nalishi va undan chetga og’ish chiziqlarini chizib, bo’laklarni raqamlab qo’yadi.
|
3-bosqich
Yakuniy ish
____ daqiqa
|
Har bir o’quvchi bajargan ishlarni qabul qiladi va yakun yasaydi. Bajarilgan ishlardagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatadi, baholarni e’lon qiladi, uyga vazifa va uni bajarish uchun tavsiyalar beradi.
|
Bajargan ishlarni topshiradi. Usta bergan ko’rsatamlarni va baholarni eshitadi.
Uy vazifasini daftarga yozib oladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |