Farg’ona viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi farg’ona transport va servis texnikumi



Download 4,23 Mb.
bet60/87
Sana20.07.2022
Hajmi4,23 Mb.
#827022
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
Keng assortimentdagi kiyimlarning andozasini tayyorlash, bichish va tikish

12-Mavzu: O’lcham olish
Reja:

  1. Qomatdan o’lcham olish uchun zarur antropometrik nuqtalar

  2. Kiyim konstruktsiyasini yaratish

  3. Qomat o’lchamlarini olish

Tikuvchilik kiyimlarini tayyorlash uchun avvalo odam qomat tuzilishi haqida keng va har tomonlama ma’lumotga ega bo’lish kerak.


O’lchamlari olinayotgan shaxs qat’iy muayyan holda turishlari darkor: qomatni otadagi holatda saqlab, to’g’ri, zo’riqmasdan turish; bosh, ko’z, quloq gorizontalidan oshmasligi, qo’llar pastga tushirilgan, barmoqlar yozilgan, tizza bukilmagan holda osoyishtalik bilan nafas olinadi. O’lchanadigan odam holatining o’zgarishi tanaga oid ayrim o’lchamlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi, shu bois o’lchamlar qat’iy muayyan holatda olinadi. O’lchanadigan shaxs to’g’ri, qo’llari tushirilgan, tovonlari birlashtirilgan, oyoqlarining uchi 15-20 sm ga surilgan, qomatini o’rgangan holatda saqlab turishi kerak.
Barcha chiziqli va yoysimon o’lchamlar 1 mm gacha aniqlik bilan olinadi. O’lchash jarayonida va undan avval barcha uskuna hamda moslamalar sinchiklab tekshiriladi. Bu talab dastavval santimetrli lentaga tegishli, chunki u o’lchamlar natijasida cho’zilib, ishlatishga yaroqsiz holatga kelishi mumkin.
O dam qomatini o’rganish va undan o’lcham olish qomatdagi mo’ljal nuqtalarini bilishni talab etadi. O’lchamlarning aniqligini oshirish uchun ular muayyan antropometrik nuqtalar orasida o’lchanadi. O’lcham belgilari tarmoq standarti 16 ta antropometrik nuqtani ko’rib chiqadi.

Konstruktsiyalash maqsadida quyidagi nuqtalardan foydalaniladi:


a-cho’qqi nuqtasi (bosh eng cho’qqi nuqtasi);
b-bo’yin nuqtasi (ettinchi bo’yin umurtqasining o’tkir o’simta uchi);
v-bo’yin asosining nuqtasi (bo’yinning ayoana chizig’i yelka qiyaligi chizig’i bilan kesishgan nuqtasi);
g-o’mrov suyagining nuqtasi (o’mrov suyagining tosh suyagiga birikkan yuqori nuqtasi);
-to’sh suyagining yuqori nuqtasi (to’sh suyagi yuqorisidagi qirqimning o’rtasi);
e-to’sh suyagi o’rtasidagi nuqta (to’sh suyagining o’rta chizig’ida to’rtinchi juft qovurg’alar uchi birikkan sathda joylashgan);
j-elka akramial nuqtasi (ko’krak akramial o’simtasining yon tomonidagi eng bo’rtgan nuqtasi)
z-elka nuqtasi;
i-tirsak nuqtasi (bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqori uchi);
k-ko’krak uchi nuqtasi;
l-qirra nuqtasi (yonbosh suyak qirrasining chetga eng ko’proq turtib chiqqan nuqtasi);
m-tizza nuqtasi (tizza qopqog’ining markazi);
n-qo’ltiqning oldingi burchagi (qo’l pastga tushirilgan holda qo’ltiq chuqurchasining oldingi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi);
o-qo’ltiqning orqa burchagi (qo’l pastga tushirilgan holda, qo’ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi);
n-dumba nuqtasi (dumbaning eng bo’rtiq nuqtasi);
r-bel chizig’ining balandlik nuqtasi.

Kiyim konstruktsiyalashda ishlatiladigan odam tanasining o’lchamli xarakteristikasi aholining o’rganish dasturiga va davlat standartlari talablariga binoan tuzilgan. Standartlarda o’lcham belgilarining qisqartirilgan harfli belgilari keltirilgan. O’lchamlar yoniga mayda harf qo’yilgan bosh harf bilan belgilanadi. Bosh harflar o’lchamlarning turlarini va yo’nalishini bildiradi:
R-bo’y:
O-aylanalar;
S-yarim aylanalar;
D-uzunliklar, masofalar va bo’ylama yoylar;
V-balandliklar;
Sh-kengliklar va ko’ndalang yoylar;
S-markaz nuqtalari orasidagi masofa;
d-diametrlar;
G-chuqurliklar.
Mayda harflar o’lchanadigan joylarni bildiradi:
Vk.n-ko’krak nuqtasining balandligi; Shor-orqa kengligi va hk.
Qomat santimetrli lenta bilan o’lchanadi. Gavdani isituvchi qatlamlar yelka tagliklari va hokazolar qo’yilgan kostyum yoki boshqa katta hajmli kiyimda qomatni o’lchab bo’lmaydi. Qomat o’lchanayotganda qomatni bo’sh qo’yib, qomatni odatdagi holatda saqlab, qo’llarni tana bo’ylab to’g’ri tushirib, tovonlarni birlashtirib turish kerak. Santimetrli lenta tanani deformatsiyalamay, unga yopishtirilib o’lcham olinadi.

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish