III.Yakuniy qism:
- Qangay ertaklarni bilasiz?
Qaysi qatordagi O‘quvchilar ko`proq ertak nomini aytish o`yinini o`ynash.
O‘quvchilarning javoblarini tinglash.Xattaxtaga osilgan ertak namunalari
yuzasidan suhbat uyushtirish uning Sinf soati ahamiyatini yoritish.
D ars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________ sana______ _______ 20___yil
13-mavzu: Qomusimiz – baxtimiz
I.Kirish:
Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi:
O‘quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish. O‘quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish. O‘quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: DVD,disk,plakatlar : mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari,
Konsitutsiya kitobi
Sinf soati mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti. O‘quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Madhiya kuylanadi O‘qituvchi.
Bugungi mashg‘ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz. Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor. Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.UlargaO‘qituvchi,O‘quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim. Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab-avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |