7-mavzu: Tejamkorlik haqida suhbat
Sinf soati maqsadi: O‘quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, tejamkorlikka o`rgatish, iqtisodiy tarbiya nima ekanligini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
F oydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mol-milkni behuda isrof qilish –aqlsizlik, boylikni o`ylamasdan sarflash – tanazzul alomatidir”
O‘qituvchi:
Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan.
Iqtisodiy tarbiyaga tegishli ma’lumotlarni ilohiy kitob – Qur’oni karimda va muqaddas kitob Hadisi sharif hamda “Avesto” bitiklarida ham topish mumkin. Iqtisodiy tarbiya Sharqa mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsimlash bo`yicha alohida xodim faoliyat ko`rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb qilingan. Bu borada Forobiyning “Inson o`z mablag`ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg`anchilik qilish xasislikka olib keladi”. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”, degan fikri o`rinlidir.
“Tejamkor odam yaxshi yeydi, yaxshi ichadi, pokiza kiyinadi, xushhavo uylarda yashaydi, keraksiz narsalarni sotib olavermaydi, haqiqiy zarur narsalarnigina xarid qiladi. Birovlarga qo`lidan kelgancha yordam qiladi.Yaxshilik yo`lidagi ishlarga pulini ayamaydi, saxovatli bo`ladi. Vatani va xalqi uchun molini ham, pulini ham ayamaydi”. Xayoliddin al-Hasaniy.
Aslida, har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Biz amalga oshirilayotgan islohotlarimizda ana shunday natijalarga erishish uchun barcha o’zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlarini qo’ydik.
Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko’rish, kuzatish qiyin emas.
Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda keng islohotlar amalga oshirilmoqda, bunda ham biz davlat mulkidan tejamkorlik bilan foydalanishimiz lozimligini vijdonan his etishimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |